1-mavzu Organik olam evolutsiyon obyektiv jarayon sifatida. Hayotning tuzilish darajalari va asosiy tasnifi. Hayot asoslari


Download 14.78 Kb.
bet2/5
Sana07.05.2023
Hajmi14.78 Kb.
#1438241
1   2   3   4   5
Bog'liq
evolutsiyadan mustaqil Xasanova

To‘qima. To‘qima tuzilishi jihatidan o‘xshash hujayralar va hujayralararo modda yig‘indisidan tashkil topgan bo‘lib ma’lum bir umumiy vazifani bajaradi.
Organlar – bu maʼlum bir funksiyani bajarish uchun tashkil etilgan ikki yoki undan ortiq toʻqimalardan iborat tuzilmalardir va tegishli funksiyalarga ega boʻlgan organlar guruhlari turli xil organ tizimlarini tashkil etadi.
Organizm (yun. όργανον (organon) - "aʼzo, asbob, olat") individual yashayotgan tizimdir. Organizmlar oziqlanish, oʻsish, koʻpayish, tashqi taʼsirlardan reaksiyalanishga qodir.
Populatsiya- (lot. populus — guruh, uyushma, xalq) — erkin chatisha oladigan (yoki chatishish imkoniyatiga ega boʻlgan), aniq yashash arealini egallagan va maʼlum darajada zamon va ma-konda bir-biriga oʻzaro taʼsir kursa-tadigan organizmlar guruhi.ilan bog’liq.

2-mavzu Hayotning paydo bo'lishi
Hayotning paydo bo’lish masalasi, o’lik tabiatni tirik tabiatdan farqli xususiyatini hamda hayot evolyutsiyasini aniqlash jihatidan ham juda qiziqarli.SHunday ekan, biz quyida eng avval koinot bo’shlig’ida Yer qurrasini shakllanishi, unda hayot paydo bo’lganga qadar mavjud bo’lgan muhit, so’ngra esa hayotning ilk davri va nihoyat hayotning bunyodga kelishi va uning taraqqiyoti haqida fikr yuritamiz.Adabiyotlarda ta‘kidlanishicha, 20 mlrd. yil muqaddam koinotning qaysi bir bo’shlig’ida ulkan vodorod buluti vujudga kelgan. Gravitatsiya (tortish kuchi) ta‘sirida bu bulut siqila boshlagan, Gravitatsion energiya (kuch) asta-sekin issiqlik energiyasiga o’ta borgan, natijada mavjud bulut yulduzga aylangan. Shundan so’ng yulduz ichida mavjud energiya million (gradus)gacha yetgach, yadro reaktsiyasi boshlanib, vodorod atomi geliy atomiga aylangan va vodorodning to’rt atomidan bitta geliy atomi hosil bo’lgan. Geliy hosil bo’lish jarayonida vodorod atomlarining qo’shilish reaktsiyasi davomida kuchli energiya hosil bo’lishi davom etgan. Vodorod jamg’armasining cheklanganligi tufayli uning yadro reaktsiyasi asta-sekin to’xtab yulduz ichi bosimi sekinlashib borgan. Lekin gravitatsiya kuchiga to’sqinlik qiluvchi qarama-qarshi kuch bo’lmaganligi tufayli yulduz yanada siqila borgan.

Gravitatsion siqilish haroratning qayta, takroriy ravishda yangitdan ko’tarilishiga sabab bo’lgan va geliyni har uch atomi uglerod yadrosiga aylangan. Geliy uglerodga nisbatan tez yonganligi tufayli yangitdan vujudga kelgan. Yulduzning ichki issiqlik bosimi kuchi gravitatsion kuchga nisbatan ustun chiqadi va yulduz yangitdan kengaya boshlaydi. Bu bosqichda u juda issiq va mahkam yadrodan iborat bo’lib, unda geliyning yonishi davom etib geliy va yonib ulgurmagan kaliy vodorod zanjiridan tashkil topgan jild (qobiq) vujudga kelgan. Astronomlar ta‘biriga ko’ra bunday yulduzlarni qanotli yulduzlar deb ataydilar.Yulduz ichida yadrolarning to’qnashuv va o’zgarish jarayonlari tuhtovsiz davom etgan. Geliy yadrolarini uglerod yadrolari bilan birikishi natijasida kislorod yadrosi, so’ngra neon, magniy, kremniy, oltingugurt va shu singari boshqa elementlarning yadrolari shakllangan. Yadro yonilg’i qoldiqlari oxiriga qadar yonib bo’lgach, yulduzlar o’z muvozanatini yo’qotishi natijasida qayta portlash hodisasi bo’lishi vaqt-vaqti bilan davom etgan. Bu portlashlar natijasida yanada yangiroq yulduzlar paydo bo’la borgan.Yulduzda sodir bo’ladigan portlashlar oqibatida juda ko’p miqdorda (cheksiz ko’p og’ir ximiyaviy element sintezi kuzatilgan, bu og’ir ximiyaviy elementlarning bir qismi kosmosga otilib chiqqan (uloqirilgan) va vodorod bilan birikkan. Natijada kosmik koinotda Yer qurrasida uchraydigan barcha ximiyaviy elementlar sintezi sodir bo’lgan. Vodorod va vodorodli birikmalardan tashkil topgan yulduzlarning kelgusi avlodida, boshdanoq (yulduzlarning shakllanish davrida) og’ir ximiyaviy elementlar aralashmasi (qotishmasi) mavjud bo’lgan.



Download 14.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling