1-Mavzu: O‘rnatilgan tizimlarga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari, O‘rnatilgan tizimlarning aloqa sohasida tutgan o‘rni qo‘llanilishi va istiqbollari Fanni maqsadi


Download 491.76 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2023
Hajmi491.76 Kb.
#1623027
Bog'liq
1-Mavzu



1-Mavzu: O‘rnatilgan tizimlarga kirish.
Fanning maqsadi va vazifalari, O‘rnatilgan tizimlarning aloqa sohasida 
tutgan o‘rni qo‘llanilishi va istiqbollari 
Fanni maqsadi - o’rnatilgan tizim tushunchasi, o’rnatilgan tizimlarning 
tuzilishi va ishlash printsiplari, o’rnatilgan tizimlarning sinflanishi va asosiy 
qo’llanilish sohalari, o’rnatilgan tizimlarning aloqa sohasida tutgan o’rni, 
qo’llanilishi va asosiy vazifalari, o’rnatiladigan operatsion tizimlar va ularning 
tizimlarni loyihalashda qo’llanilishi, o’rnatilgan aloqa tizimlari, ularning apparat va 
dasturiy ta’minotini loyihalash, ularning qo’llanilishi, vazifalari va imkoniyatlari, 
tarkibiy va tashkiliy qismlari va ularning ishlash tamoyillarini o’rgatish hamda 
egallangan bilimlar bo’yicha ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. 
2 xil tizim mavjud 
1.Yumshoq tizim
2.Qattiq tizim (aniq belgilangan vaqtda ishlaydigan tizim) 
1.1.-rasm. O‘Tda ishlatiladigan protsessorlar va dasturiy ta’minot. 


1.2.-rasm. O’T da ishlatiladigan dasturlar 
1.3.-rasm. Pechatnaya plata shabloni keltirlagan. Unda ulanishlar 
ko‘rsatilgan 


Protsessorlar ma’lumotlarni xotiraga va qurilmalarga uzatish uchun rasmda 
keltirilgan shinalar orqali amalga oshiradi. Shina adres ma’lumotini saqlaydi, va 
shina orqali qanday ma’lumot bajarilayotganini o‘qiydi yoki yozadi. 
1.4.-rasm. Dastur yozish va ulanish sxemasi 
1.5.-rasm. Shakfga misol 
Ushbu shkaf TMIO ConnectIO o‘rnatilagn tizim xisoblanadi.Tayyorlashdan 
oldin maxsulotlarni sovitishi xam mumkin. 


Ularni uzoqdan Internet yoki telefon orqali boshqarish mumkin. U OS 
Windows Embedded CE OS foydalanadi. Uyga ketayotib unga telefon qilsangiz bas, 
u ovqatingizni tayyorlab qo‘yadi. 
O‘T elektron qurilma bo‘lib, tadbiq etishda kompyuterdan foydalaniladi. O‘rT 
dan foydalanuvchi xattoki foydalanayotgan qurilmasida kompyuter borligini 
bilmaydi. PK dan farqli dastur kodi ROM da saqlanadi,qattiq diskda emas . 
Foydalanuvchi yangi dastur yaratmaydi.Tish shetkasidagi MK dasturiy 
boshqariladi. Yuqori sifatli avtomobillar yuzdan ortiq o‘rnatilgan MK ga ega. 
1.6.-rasm. MK ga ega tish chotkasi 
O‘T yana bir afzalliklari aniq vaqt ichida ishlash. Misol tariqasida 
avtomobilning xavfsizlik yostiqchasini olamiz. Xavfsizlik yostiqcha datchiklari 
xavfni sezishi bilan 10 ms ichida xavfsizlikni ta’minlashi kerak, aks xolda xaydovchi 
rul yoki g‘ildirakka urilib ketadi.
Qo‘llaniladigan 
soxalar: 
Avtomobil 
va 
Aviatsiya 
tarmoqlarida, 
Kommunikatsiya soxalari va hokazo. 
Dasturiy ta’minot 
Xar bir O‘T to‘liq buyruqlarini bir necha guruxga ajratish mumukin. 
1- gurux ma’lumotlarni joylashtirish komandalari. Ushbu komandalar 
yordamida protsessor bir turdagi xotira tarkibidagi ma’lumotlarni ichki registrlardan 
biriga joylashtiradi.


2- gurux bu qayta tiklash guruxlari.YA’ni qo‘shish,ayirish,mantiqiy 
opreatsiyalar v.x. 
3- guruxga boshqaruvni uzatish komandalari kiradi. 
Misol. MPT boshqaruv tugmachasiga ega.Xar bir tugmacha o‘z vazifasiga. 
Misol tariqasida xar bir tugma bosilganda kerakli yo‘nalishlarga o‘zgartirilishi 
kerak.Uning natijasida dastur xar doim tugmacha xolatini nazorat qilib turishi kerak. 
Shartli va shartsiz o‘tish komandalari 
Ushbu komandalar dastur ish jarayonini o‘zgartirib yuboradi.Shartli o‘tish 
komandalari belgilangan shartning bajarilishiga qarab o‘tishlarni tashkil 
qiladi.Shartsiz o‘tish komandalari esa yo‘naltirilgan belgi asosida o‘tishlarni tashkil 
qiladi. 
1.7.-rasm. Shartli va shartsiz o’tish komandalari ish jarayoni 
Sikllarni tashkil qilish komandalari 
Sikl komandalarning bajarilishi dastur kodlarining qisqartirilishiga imkon 
yaratadi. Shunday dasturlar mavjudki bir operatsiyani bir necha marta takrorlashga 
to‘g‘ri keladi.Shunday xolatlarda sikl operatoriga murojaat qilinadi. 
1.8.-rasm. Sikl operatorining ish jarayoni 
Uzilishlar mexanizmi 


2 xil rejimlar mavjud 
1-uzilish rejimi 
2-xotiraga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat rejimi.
Agar umumiy dasturga portga kelib tushayotgan impulslar so‘rovlar natijasida 
protsessor boshqa operatsiyalar bilan mashg‘ul bo‘lishi mumkin. Natijada bir 
qancha impulslar o‘tkazib yuborilishi mumkin. Ana shunday xolatlarni bartaraf etish 
maqsadida xam uzilishlar mexanizmi o‘ylab topilgan. 
Ixtiyoriy protsessor xech bo‘lmaganda bitta maxsus uzilishlarga so‘rovlar 
kirishiga ega bo‘ladi. Aynan shu kirishga xisoblarni amalga oshirishda impulslarni 
berish kerak. Uning natijasida asosiy dastur uziladi va boshqaruv uzilishlarni qayta 
ishlash protsedurasiga uzatiladi. Ushbu dastur asosiy dasturning asosiy qismlaridan 
biri xisoblanadi. Ular uchun maxsus komandalar tizimi mavjud. 

Download 491.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling