1-mavzu: O‘simlik hujayrasi fiziologiyasi. Reja


Download 1.13 Mb.
bet1/8
Sana17.06.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1533956
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Mavzu-Kirish-Suv muvozanati


1-mavzu: O‘simlik hujayrasi fiziologiyasi.

Reja:


  1. Hujayra o‘simlik organizmining elementar struktura va funksional birligi

  2. Hujayra tuzilishining struktura asoslari.

  3. Protoplazmaning fizik kimyoviy xossalari.

  4. Bioenergetikaning asosiy tushunchalari


  5. Таyanch iboralar: invaginasiyalar, organoid, parenximatik va prozenximatik, polipeptid, pektin moddalar, protoplast, kompanent invertaza, fosfotaza, askarbatoksidaza ferment, enzimatik uglevodlar, lipidlar, terpenoidlar, xloraplastlar va mitoxondriy, glioksalat, Goldji apparati, Endoplazmatik to`r, Ribosomalar, Peroksisoma, Glioksisoma, Sferasoma. Lipoproteidli, gomogen va geterogen.
    Hujayraning adenilat sistemasi

1. Hujayra o‘simlik organizmining elementar struktura va funksional birligi.
Butun o‘simliklarning asosiy struktura birligini hujayralar tashkil etadi. Ularning tiriklik xususiyatlari shu hujayralarda belgilanadi. Chunki modda almashuvi deb ataluvchi assimilyasiya va dissimilyasiya jarayonlari, ularning birligi faqat hujayradagina sodir bo‘ladi. Ana shu ikkala jarayonning birligi tiriklik deb ataluvchi materiyaning harakat formasini belgilaydi.
Yashil o‘simliklar har xil organlar yigindisidan iborat bo‘lib, bu organlar o‘z navatida to‘qimalar va hujayralar birlashmasidan to‘zilgan. Yuksak to‘zilishga ega bo‘lgan har bir o‘simlik organizmi murakkab sistema sifatida bir-biri bilan uzviy ravishda aloqada bo‘lgan organlar va funksiyalar yigindisidan iboratdir. Bu birlikning asosini hujayralar tashkil etadi. Tirik hujayra yarim o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan membrana bilan chegaralangan bo‘lib, o‘zini qayta qurish qobilyatiga ega. Tabiatdagi organizmlar ikki gruppaga bo‘linadi:

1-prokariotlar – hujayrasida shakllangan yadro bo‘lmaydi, ularga bakteriya va ko‘k-yashil suvo‘tlari kiradi.


2- eukariotlar – hujayrasida albatta shakllangan yadro bo‘ladi. Ularga o‘simlik va xayvon organizmlari kiradi (1-jadval).
Prokariot hujayrada shakllangan yadro bo‘lmasligi bilan birga unda ribosomalar soni eukariot hujayradagiga nisbatan ming barobar ko‘p bo‘ladi. Bundan tashkari prokariot hujayrani eukariot hujayradan farqi, unda organoidlari bo‘lmadi, ularning vazifalarini sitoplazmatik membrana invaginatsiyalari bajaradi.
Har bir o‘simlik hujayralardan to‘zilgan bo‘lib, ularning tiriklik xususiyatlari shu hujayralarda belgilanadi. Modda almashinish jarayoni faqat hujayradagina sodir bo‘ladi. Bu jarayonning birligi tiriklik materiyasining harakat formasini belgilaydi.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling