1-mavzu: Oʻtish jarayonlari toʻgʻrisida umumiy tushunchalar
Download 299.57 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- elektromagnit o‘tish jarayoni
- Qisqa tutashuv
O‘tish jarayoni ─ bu elektr qurilmaning turg‘unlashgan barqaror rejimidan
boshqa rejimga o‘tish jarayonidir. Qurilmadagi har qanday o‘tish jarayoni, masalan generatorda, elektromagnit holatning o‘zgarishi kuzatiladi va tegishlicha aylanayotgan mashina validagi moment bilan elektromagnit momentning o‘rtasidagi balansning buzilishi ro‘y beradi. SHuning uchun o‘tish jarayoni elektr qurilmadagi elektromagnit va elektromexanik o‘zgarishlarining birgalikda o‘zaro bog‘liq holda o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Aylanayotgan mashinalar anchagina jiddiy mexanik inersiyasi sabab o‘tish jarayonining boshlang‘ich stadiyasi (bosqichi) elektromagnit o‘zgarishlarning ustunligi bilan xarakterlanadi. Fanni o‘rganish davomida avariya rejimlariga tegishli elektromagnit va elektromexanik o‘tish jarayonlari bilan tanishamiz. Ma’ruza mashg‘ulotlari davomida avariya rejimlariga tegishli elektromagnit va elektromexanik o‘tish jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Elektr qurilmadagi elektromagnit o‘tish jarayoni ─ elektr qurilma faqat elektromagnit kattaliklari qiymatlarining o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Elektr qurilmadagi elektromexanik o‘tish jarayoni ─ elektr qurilma holatini belgilovchi (aniqlovchi) elektromagnit va mexanik kattaliklarining bir vaqtda o‘zgarishini xarakterlovchi o‘tish jarayonlaridir. 2.2. Elektr tarmoqlarda qisqa tutashuvlar. Elektr qurilmalar uchun eng xavfliligi qisqa tutashuv rejimlaridir. Tutashuv ─ elektr qurilmalar turli nuqtalarining o‘zaro yoki «er» bilan har qanday tasodifiy va normal ish rejimi qasddan ko‘zda tutilmagan hollarda elektrik ulanib qolishi. Qisqa tutashuv ─ elektr qurilmaning (bir nuqtasi) yuzaga kelish nuqtasiga qo‘shiluvchi shohobchalardagi toklar davomli rejimda eng katta ruxsat etilgan tokdan keskin ortib ketadi. Elektr qurilmaning tutashuv nuqtasida elektr yoyi yuzaga keladi, yoyning o‘tish qarshiligi orqali qisqa tutashuv toki oqa boshlaydi. Qisqa tutashuvlar (QT)ning asosiy sabablari: 1) issiqlik va elektrik teshilish (ruscha proboy), izolyasiyaning eskirishi natijasida izolyasiyaning buzilishi; 2) havo uzatish liniyalaridagi tashlanmalar (irg‘itmalar); 3) havo liniyasi silarining uzilib qolish hollari; 4) izolyasiyaning mexanik shikastlanishi; 5) o‘ta kuchlanish ─ ichki va atmosferadan (to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqmoq urishi); 6) tabiat hodisalari; 7) operativ qayta ulab-uzishlar va boshqalarda xodimlarning noto‘g‘ri hatti harakatlari; 8) Avvalroq yuzaga kelgan shikastlanishlarni tezroq o‘chirish maqsadida maxsus apparatlar ─ qisqa tutashtirgich yordamida ataylab qisqa tutashtiriladi. Qisqa tutashuvlar fazalar o‘rtasida, faza bilan nul simi o‘rtasida bo‘ladi. Faza simining korpusga tutashuvi metali tutashuvni hosil qiladi. Qisqa tutashuv paytida shikastlangan fazadagi tok ishchi tokdan ko‘p karra ortib ketadi. Tokning ortishi simlarda va kontaktlarda energiya isroflari ortadi, bu ortiqcha qizishga olib keladi. Bu esa izolyasiyaning issiqlikda teshilishiga, yonib ketishiga, kontaktlarning payvandlanib qolishiga, o‘tkazgich elementlarning mexanik butunligi buzilishiga olib kelishi mumkin. Qisqa tutashuv joyiga va oqibati davomliliga bog‘liq holda mahalliy yoki barcha tizim uchun umumiy bo‘lgan xarakterda bo‘lishi mumkin. Elektr elementlarga issiqlik ta’siridan boshqa tutashuv toklari katta miqdordagi mexanik yuklamalarni yaratadi. Shikastlangan fazalar magnit oqimlarining o‘zaro ta’sirlarida elektrodinamik yuklamalar rivojlanadi. Ularning o‘zi shinalarni egib yuborishga, qattiq izolyasiyaning mexanik va ularning uncha etarli bo‘lmagan mustahkamligida tok o‘tkazuvchi qismlarning buzilishiga olib keladi. Qisqa tutashuv tokining Download 299.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling