8Mavzu: Takrorlash.
Darsning xronologik xaritasi–80 minut:
– Tashkiliy qism 5 minut
– Talabalar bilim darajasini oshirish 10 minut
– Yangi mavzu bayoni 50 minut
– Mavzuni o’zlashtirish bo’yicha tekshirish va mustahkamlash 10 minut
– Uyga vazifa 5 minut
Dars rejasi:
1. Ovoz qizdirish. 10 minut
2. O’tilgan darslarda o’rganilgan asarlarni takrorlash. 10 minut
Ayollar ovozi (soprano, al’t) partiyalari ustida ishlash. 10 minut
Erkaklar ovozi (tenor, bas) ovozlari ustida ishlash. 10 minut
Barcha ovozi partiyalarini birglikdagi ijrosini mustahkamlash 10 minut
Dars maqsadi:
1. O’rgatuvchi: Barcha o’rganilgan asarlarni nazariy hamda musiqiy tahlil qilish, takrorlash.
2. Rivojlantirish: Xor partiyalarini tinglab, xorda ansambl hosil qilish, ovozlarga, asarning badiiy matniga va uni aniq talaffuziga erishish.
3. Tarbiyalovchi: Musiqa asarini, shakllarning xilma-xilligi, ularni tahlil qilish, asarning tarbiyaviy ahamiyati.
Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar:
Yetakchi ovoz, shakl, gomofonik, xalq qo’shiqlari, bir ovozlik, ko’p ovozlik, shaxsiy, vertikal, gorizontal va umumiy ansambl, nafas, diktsiya, talaffuz.
Dars o’tish vositalari:
Fortepiano, audio yozuvlar, video yozuvlar, DVD, VCD, CD disklar, izohli lug’atlar.
Dars o’tish usuli:
O’tgan asarlarni takrorlash, musiqa asarining tahlili, suhbat va savol-javob, baxs-munozara (mavzuni o’zlashtirish va mustahkamlash) amaliy ijro tarzida jonli muloqot o’tkaziladi (talabalarni mustaqil, erkin fikrlash, fikr-mulohazalarini bayon qilish, har bir talabaga dars mavzusining ma’nosidan kelib chiqib savol berish, ularning fikrlarini yakuniy muhokama qilish); iboralarga izohlar berib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |