1-Mavzu: Ovozlarni har xil mashqlar orqali yo’lga qo’yish


M.Glinka musiqasi. N.Zabeliy so’zi


Download 1.68 Mb.
bet135/135
Sana10.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1762918
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135
Bog'liq
8 Xor va xorshunoslik

M.Glinka musiqasi. N.Zabeliy so’zi.


Darsning xronologik xaritasi–80 minut:
– Tashkiliy qism 5 minut
– Talabalar bilim darajasini oshirish 10 minut
– Yangi mavzu bayoni 50 minut
– Mavzuni o’zlashtirish bo’yicha tekshirish va mustahkamlash 10 minut
– Uyga vazifa 5 minut


Dars rejasi:

  1. Ovoz qizdirish. 10 minut

  2. Asarning dinamikasi ustida ishlash. 15 minut

  3. Asardagi shtrixlar ustida ishlash. 15 minut

  4. Asarning badiiy ijrosi ustida ishlash. 10 minut



Dars maqsadi:
1. O’rgatuvchi: Musiqa asarini tahlil qilish, asarning ijro imkoniyatlarini aniqlab ulardagi dinamik tuslarga e’tibor berish.
2. Rivojlantirish: Xor partiyalarini tinglab, xorda ansambl hosil qilish, asardagi dinamik tuslarning aniq ijrosiga erishish.
3. Tarbiyalovchi: Musiqa asari shakllarning xilma-xilligi, ularni tahlil qilish, asarning tarbiyaviy ahamiyati.


Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar:
Asosiy dinamik tuslar, yetakchi ovoz, shakl, gomofonik, polifonik qism, xalq qo’shiqlari, bir ovozlik, ko’p ovozlik, shaxsiy, vertikal, gorizontal va umumiy ansambl, nafas, diktsiya, talaffuz.


Dars o’tish vositalari:
Fortepiano, audio yozuvlar, video yozuvlar, DVD, VCD, CD disklar, izohli lug’atlar.


Dars o’tish usuli:
O’tgan asarlarni takrorlash, musiqa asaridagi dinamik belgilarning tahlili, suhbat va
savol-javob, baxs-munozara (mavzuni o’zlashtirish va mustahkamlash) amaliy ijro tarzida jonli muloqot o’tkaziladi (talabalarni mustaqil, erkin fikrlash, fikr-mulohazalarini bayon qilish, har bir talabaga dars mavzusining ma’nosidan kelib chiqib savol berish, ularning fikrlarini yakuniy muhokama qilish); iboralarga izohlar berib borish.
O’quv materiallari:

  • Amaliy dars mavzusi: “Voyet veter v chistom pole” qo’shig’i.

  • Amaliyot topshirig’i: Xalq qo’shiqlari, oddiy bir va ikki qismli asarni o’rganish, tahlil qilish.

  • Mavzuning axborot manbai: Disklar, o’quv qo’llanma va ko’rsatmalar, darsliklar, musiqa darsliklari, internet tarmog’i, musiqa studiyalari.

  • Mavzuning axborot manbai ta’minoti vositalari: Kafedra fondi, kutubxonalar, internet kafe, musiqa studiyalari.



Mustaqil ish turlari:

  • takrorlash va mashq qilish: Takrorlash, tahlil qilish, mavzuni mustahkamlash, chuqurlashtirish, amaliy ijro qilish malakasini shakllantirish.

  • Yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtirish: Asarlarni tahlil qilish, axborot manbaini izlab topish va asarning badiiy ijrosini mustahkamlash.

  • Ijodiy xarakterdagi ishlar: Musiqa asarini tinglash, adabiyot va musiqa san’atining bog’liqligi, mumtoz musiqa va zamonaviy, jahon musiqa asarlarini tinglab tahlil qilish.





Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling