20-Mavzu: “Guluzorim” A.Navoiy g’azali. H.A.Abdurasulov musiqasi
Darsning xronologik xaritasi–80 minut:
– Tashkiliy qism 5 minut
– Talabalar bilim darajasini oshirish 10 minut
– Yangi mavzu bayoni 50 minut
– Mavzuni o’zlashtirish bo’yicha tekshirish va mustahkamlash 10 minut
– Uyga vazifa 5 minut
Dars rejasi:
Asarning so’z matni muallifi haqida ma’lumot. 10 minut
Asar kompozitori hayoti ijodi haqida ma’lumot. 10 minut
Asarning umuiy tahlili. 10 minut
Asarni eshittirish. 10 minut
O’zbek xalq maqomlari haqida tushuncha berish. 10 minut
Dars maqsadi:
1. O’rgatuvchi: Musiqa asarini tahlil qilish, asarning ijro imkoniyatlarini aniqlab va xor ovozlarini partiyalarga ajratish.
2. Rivojlantirish: Xor partiyalarini tinglab, xorda ansambl hosil qilish, ovozlarga, asarning badiiy matniga va uni aniq talaffuziga erishish.
3. Tarbiyalovchi: Musiqa asarini, shakllarning xilma-xilligi, ularni tahlil qilish, asarning tarbiyaviy ahamiyati.
Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar:
Yetakchi ovoz, shakl, gomofonik, xalq qo’shiqlari, bir ovozlik, ko’p ovozlik, shaxsiy, vertikal, gorizontal va umumiy ansambl, nafas, diktsiya, talaffuz, o’zbek klassik she’riyati bilan talabalarni tanishtirib uning ijro yo’llarini o’rgatish.
Dars o’tish vositalari:
Fortepiano, audio yozuvlar, video yozuvlar, DVD, VCD, CD disklar, izohli lug’atlar, entsiklopediyalar o’zbek xalq musiqa asboblari jo’rligida.
Dars o’tish usuli:
O’tgan asarlarni takrorlash, musiqa asarining tahlili, suhbat va savol-javob, baxs-munozara (mavzuni o’zlashtirish va mustahkamlash) amaliy ijro tarzida jonli muloqot o’tkaziladi (talabalarni mustaqil, erkin fikrlash, fikr-mulohazalarini bayon qilish, har bir talabaga dars mavzusining ma’nosidan kelib chiqib savol berish, ularning fikrlarini yakuniy muhokama qilish); iboralarga izohlar berib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |