1. mavzu o'zbek bolalar kitobxonligining dastlabki ko'rinishi bolalar adabiyoti
Download 139.54 Kb.
|
KONSPEKT
Tez aytish
Insoniyat odobining va odamiylik asosining ulug` qasri ustunlaridan biri – so`zlash va nutqning qimmatbaho gavharini muloyimlik va odob parmasi bilan teshmoq hisoblanadi. Axloq arkining yuqorisida o`tiruvchilarning aytishicha, insoniyatning kamoloti va bilimining baland martabalaridan biri chiroyli gapirish va chiroyli so`zlash bo`lib, bu bog`ning guli ilk bahoristonning nasimi bilan ochiladi va saodatning yorqin javohir dasturxonini aql savdogarigina yoza oladi. Yoqimli va qimmatbaho so`zlari donolik va iqbol arbobining toji bo`lgan yunon hakimlarining aytishlaricha, til har bir aql sohibi fazilati xazinasining kalitidir va har kimsaning bilimi miqdori uning so`zlari orqali ma’lum bo`ladi. Inson yuragidagi fikrini, yutuq va quvonchini, dard va alamlarini o`zgalar bilan dardlashishi, baham ko`rishi lozim. Chiroyli, burro, dona-dona qilib gapirish ham bir mahorat, san’at hisoblanadi. Xalqda chaqaloq olamga kelishi va unga parvarish ishlari boshlanishi bilanoq ota-ona, buvi-bobolar birinchi navbatda uning ko`zi, tiliga ko`proq e’tibor beradilar. Ko`zlarining nurafshon, tilining burro bo`lishi uchun bor kuch, mahoratlarini ayamaydilar. Inson gapirmasa, soqov bo`lsa bu og`ir ish, mushkul savdo hisoblangan. Shunga ko`ra qadim-qadim zamonlarda bolaga alla-qo`shiq aytishda onalar bu haqdagi ezgu niyatlarini mana bunday misralarda ifoda etishgan: Uyingga bug`doy to`lsin, Tiling burro bo`lsin, Alla, bolam, alla-yo, Jonim bolam, alla-yo. Ko`rar ko`zim, alla-yo, So`zlar so`zim, alla-yo! Xalqda buni tez aytish deyiladi. Demak, xalq og`zaki ijodining eng ko`p tarqalgan va muhim janrlaridan biri tez aytish ekan. Tez aytish bolaning tilini ravon, burro qilishdan tashqari, aqliga – aql qo`shadi, ongini rivojlantiradi, xotirasini mustahkamlaydi, ota-onasiga, el-yurtiga, o`zini qurshab olgan olamga nisbatan mehr-muhabbatini oshiradi. Boshqacha ibora bilan aytganda, yangi avlod har gal o`zidan avvalgi avlodlar kashf etgan narsalarni hisobga oladi, o`zlashtiradi. Bu yo`l, shubhasiz, boshqalariga qaraganda oqilona, foydali, porloq kelajak yo`lidir. Tez aytishni qayta-qayta mashq qildirish, berilgan matnni osongina diliga, tiliga jo qilib olish har tomonlama foyda so`z o`yini bilan ijro etiladigan har bir tez aytish zamirida bir nechta vazifalar yotgan bo`ladi. Shulardan birinchisi qayta-qayta mashq qilish, tinimsiz takrorlash natijasida bolaning nutqi chiqadi, tili ravon bo`ladi. Bularning hammasi yig`ilib bola tarbiyasiga bog`lanadi. Bola olamga kelishi bilanoq uni kelajakda komil inson bo`lib o`sishi uchun mana shunday chora-tadbirlarni qo`llashga to`g`ri keladi. Aks holda bu ish kechiktirilsa, ko`zlangan natija chiqmay qolishi mumkin. Novvoy non yopar, Nonni novvot deb sotar, - deyilgan tez aytish shu asosda yuzaga kelgan. Download 139.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling