O’ZBKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI
DIREKTOR VA MUTAXASISLARNI QAYTA
TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI
OSHIRISH INSTITUTI
41-GURUH TINGLOVCHISI
DOSHONOVA FARIZANING
BOLALAR NUTQINI O’STIRISH FANIDAN TAYYORLAGAN
Mavzu: «Ikki echki» o’zbek xalq ertagi asosida qayta hikoya qilishni mashq qilish
Maqsad: Asarni qayta hikoya qilib berishga o’rgatishni davom etish.
Vazifalar: Bog’langan nutqni rivojlantirish. So’zlarni aniq va burro aytish. «X»tovushini to’g’ri va aniq talaffuz etishga erishish
.
Kutilayotgan natijalar: Bolalarning bog’langan nutqi va tovush madaniyati rivojlanadi. Bolalar tarbiyachi yordamida ertakni hikoya qilib bera oladilar.
Kerakli jihozlar: Ertak asosida qahramon persanajlari.
Mashg’ulotning borishi.
Tarbiyachi: «Bugun bolalar, men sizga ikkita o’jar echki haqidagi ertakni o’qib beraman. (Tarbiyachi ertakni o’qib beradi). So’ngra bolalar bilan savol-javob o’tkazadi.
Ertak bo’yicha savollar:
1. Kunlardan bir kuni qanday voqyea yuz beribdi?
2. Echkilar nima qilishibdi?
3. Echki qanday qilib do’q qilibdi? Ohangini keltirib
aytib bering.
4. Ikkinchi echki qanday do’q bilan javob beribdi?
Ohangini keltirib aytib bering.
5. Echkilar uchrashuvi nima bilan tugabdi?
Endi kim ertakni boshidan qayta hikoya qilib beradi?
(3-4 bola javoblari).
Barmoqlar mashqi.
Tarbiyachi bolalar bilan barmoqlar mashqini o’tkazadi. Buning uchun bolalar ikki guruhga bo’linib turadilar, tarbiyachi she’rni o’qib turadi va bolalar harakatni bajaradilar.
Shoxdor echki
Shohdor echki kelmoqda,
Bolalarni ko’rmoqchi.
Kim ichmasa sutini,
Kim yemasa oshini,
Suzib oladi uni.
Qo’lning ko’rsatkich barmog’i va jimjilog’idan boshqalari bukilgan. Bu -"echki". "Suzib oladi uni" qatori aytilganda, bolalar bir- birlariga qarab barmoqlarini qimirlatadilar.
Ertakni sahnalashtirish. ( barmoq, soya, paxmoq, qo’g’irchoq teatri bo’lishi mumkin)
Tarbiyachi mashg’ulot yakunida barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Kunlardan bir kuni qanday voqyea yuz beribdi?
2. Echkilar nima qilishibdi?
3. Echki qanday qilib do’q qilibdi?
4. Ikkinchi echki qanday do’q bilan javob beribdi?
5. Echkilar uchrashuvi nima bilan tugabdi?
6.Endi kim ertakni boshidan qayta hikoya qilib beradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |