1-mavzu. “O‘zbek tili” fanining maqsadi va vazifasi, uni o‘rganishning ahamiyati. Davlat tili va yangi alifboni joriy etish to‘G‘risidagi qonunlar, ularning ijrosi


Download 0.89 Mb.
Sana10.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1763848
Bog'liq
To\'lqinova Sohiba

1-MAVZU: “O‘ZBEK TILI” FANINING MAQSADI VA VAZIFASI, UNI O‘RGANISHNING AHAMIYATI. DAVLAT TILI VA YANGI ALIFBONI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDAGI QONUNLAR, ULARNING IJROSI

  • REJA:
  • 1. “O‘zbek tili” fanining maqsadi va vazifasi, uni o‘rganishning ahamiyati.
  • 2. “Davlat tili haqida”gi qonun va uning ijrosi.
  • 3. Yangi alifboni joriy etish to‘g‘risidagi qonun va uning ijrosi.
  • Prezidentimiz 2019-yil 21-oktyabr kuni «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmon qabul qildi. Unga binoan 21-oktabr sanasi yurtimizda «O‘zbek tili bayrami kuni» deb belgilandi.
  • Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir.
  • SH.M.MIRZIYOYEV
  • 1989-YIL 21-OKTYABR O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN

  • FANNI OʻQITISHDAN MAQSAD
  • “O‘zbek tili” fanining asosiy maqsadi va vazifasi talabalarning o‘zbek tilidan olgan bilimlarini yanada boyitish, o‘z fikr-mulohazalarini o‘gzaki va yozma ravishda erkin bayon eta olishlariga erishish. Fan va taʼlim integratsiyasi mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda innovasiyalarni taʼlim tizimiga keng jalb etish, zamonaviy axborot-kommunikasiya tizimidan keng foydalanish.

Fanning vazifasi – o‘qituvchi va talaba oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi

  • nutqiy kompetensiyani rivojlantirish:
  • og‘zaki va yozma nutqda sohaviy terminlarni samarali qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish
  • ixtisoslikka oid matn tuzish, uni tahlil va tahrir qilish malakalarini hosil qilish
  • sohaviy hujjatlarni tuza olish, shu jumladan, elektron hujjatlarni to‘ldirish va rasmiylashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish
  • talabalarga muayyan nutqiy mavzular doirasida zaruriy grammatik bilimlarni berish, ixtisoslik doirasida og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, turlicha tipdagi matnlarni erkin tuza olish malakalarini o‘stirish
  • 1991-yil 31-avgustda O'zbekistonning mustaqil Davlat sifatida ajralib chiqishi, BMTga a'zo bo'lib kirishi (1991-yil 1-iyul) munosabati bilan, O'zbekiston hududida hamma millat, xalqlar o'rtasida yaqinlik, hamjihatlikni o'rnatish niyatida O'zbekiston Oliy Kengashi 1995-yil 21-dekabrda "Davlat tili haqida" gi qonunning yangi tahririni qabul qildi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling