1-Mavzu: O‘zbek tili tarixi fanining obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari. Turkiy tillar, o‘zbek tilining tarixiy ildizlari, davrlashtirilishi, o’zbek tilining shakllanishi va taraqqiy etish dinamikasi. Fonetika. Grafika. Singarmonizm


Download 98.83 Kb.
bet10/13
Sana15.12.2022
Hajmi98.83 Kb.
#1008039
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1-Mavzu O‘zbek tili tarixi fanining obyekti, predmeti, maqsad v

Singarmonizm
Qadimgi turkiy tilda singarmonizm qonuni amaldagi qonuniyat bo’lgan. Bu davrda birinchi bo’g’inning qattiq va yumshoqligiga ko’ra so’z yoki butun bir jumla qattiq va yumshoq talaffuz qilingan.
Singarmonizm deb so’zdagi tovushlarning bir-biriga hamda o’zakka qo’shimchalarning talaffuz jihatdan uyg’unlashishiga aytiladi. Masalan: kөrur, kөzum kөrməztəg, bilir biligim bilməz təg boltы. Qadimgi turkiy tilda singarmonizmning ikki qonuni mavjudligi aniq:
1) tanglay uyg’unligi yoki palatal attraktsiya;
2) lab uygunligi yoki labial attraktsiya.
Tanglay uyg’unligi — so’zdagi tovushlarning bir-biriga va qo’shimchalarning o’zakka qatorda va qalin-ingichkalikda moslashuvidir:
Yashыmqa (yoshimda) әlig (elni, davlatni)
ilgәrү (oldinga) og’uzg’aru (o’g’uzga)
bәrtimiz (bordik) bilig (bilim)
Lab uyg’unligi - birinchi bo’g’indagi unliga keyingi bo’g’indagi unlining yoki o’zakdagi unliga qo’shimchadagi unlining lablanish jihatdan moslashuvidir.
ishig (ishni) kүchүg (kuchni)
inim (ukam) kөzүm (ko’zim)
әlimiz (davlatimiz) sүmүz (lashkarimiz)
Demak, singarmonizm qonunida so’zning birinchi bo’g’inidagi unli fonema qanday bo’lsa, qolgan bo’g’inida ham shu unli fonemaga moslashadi, ya’ni so’zning birinchi bo’g’inida til orqa unlisi bo’lsa, uning hamma bo’g’inlarida ham til orqa unlisi bo’ladi. So’zning birinchi bo’g’inida til oldi unlisi bo’lsa, qolganlarida ham til oldi unlisi bo’ladi.
Qadimgi turkiy tilda singarmonizm qonuniyatining ba’zan tanglay yoki lab garmoniyasi buzilganligi ham kuzatiladi, biroq uning qattiq-yumshoqligi har doim saqlanib qoladi. Masalan: …budunlыg’ yoңshurtuqin үchүn Tүrk budun әllәdүk (T).
YOpiq bo’g’inli so’zlarda lablangan unlilarning ishlatilishi doimiy hodisa sifatida saqlanib qoldi. Lab garmoniyasi ko’proq fe’lning shaxs-son formalarida uchraydi. SHuningdek, egalik, so’roq yuklamasi, ravishdosh, sifatdosh, fe’l zamonlari qo’shimchalarida ham ko’rinadi. Masalan: əzum, өzuң, ichikdim, olur va h.
Mahmud Qoshg’ariy lablangan va lablanmagan unlilarning o’rni haqida fikr yuritib, bunga o’tgan zamon fe’lining birinchi shaxs birligini misol qilib ko’rsatadi. Uning ma’lumotiga ko’ra, fe’lning bu formasi turklarda bardыm, o’g’uzlarda esa bardum shakliga ega.
Bundan ko’rinadiki, o’sha davrdayoq dialektlarda singarmonizm qonunining buzilishi boshlangan.
Singarmonizm hodisasi hozirgi bir guruh turkiy tillarda to’la aks etgan bo’lsa-da, hozirgi bir guruh turkiy tillarda kuchsizroq xususiyatga ega. Turkiy tillarda singarmonizm qonuni mavjudligini birinchi bo’lib XI asrdayoq M.Qoshg’ariy tasdiqlagan. U turkiy so’zlarning o’zak xarakteriga qarab qattiq o’zakli so’zlarga qattiq affikslar, yumshoq o’zakli so’zlarga yumshoq affikslar qo’shilishini aytib o’tgan.


Test

1. 0 (ota, ona) va e unlilarining shakllanish davrini belgilang:


A. Eng qadimgi turkiy til.
B. Qadimgi turkiy adabiy til.
D. 0 ‘rta Osiyo turkiy tili.
E. Eski o ‘zbek adabiy tili.
2. j (jurnal), w undoshlarining qo‘llanish davrini aniqlang:
A. Qadimgi turkiy adabiy tili.
B. 0 ‘rta Osiyo turkiy adabiy tili.
D. Eski o ‘zbek adabiy tili.
E. Hozirgi o ‘zbek adabiy tili. www.ziyouz.com kutubxonasi
3. ü, o unlilarining qo‘llanish davrlarini bclgilang:
A. Qadimgi turkiy adabiy til.
B. 0 ‘rta Osiyo turkiy adabiy tili.
D. Eski o ‘zbek adabiy tili.
E. Hozirgi o'zbek adabiy tili.
4. So‘z boshida va oxirida qo‘sh undoshlarning qoilanishi:
A. Asliy turkiy so‘zlarda.
B. Ajnabiy so‘zlarda.
D. Eski o‘zbek adabiy tilida.
E. A va B.
5. It, nt, nch, rt tovush birikmalarining qo‘llanish davrlarini ko‘rsating.
A. Qadimgi turkiy adabiy til.
B. 0 ‘rta Osiyo turkiy adabiy tili.
D. Eski o‘zbek adabiy tili.
E. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.
6. Quyidagi so‘zlarda qanday fonetik hodisa ro ‘y berganini aytib bering (singarm oniya, tushish, p ro te za, m etateza, geminatsiya, assimilatsiya, dissimilatsiya): I. alar, qog'urmach, ew, bichaq, ag‘zin, qilqi, avueh, qadg% bohun, ikindi, yag'mur, hm , tu/raq, qag(any taqag'u, uwut. II. qag‘un, adaq, qanda, emdi, sirjuq, kirpik, eki, achi, sari, oküz, yatti, ailimda, qilsamen, qaduq, neräk. 7. d undoshning asrlararo o‘zgarishni ko‘rsating: A. z, d, s, k B. t, y, d, z D. 1, m ; n, d E. d, z, sh, s 8. ä (ota) unlisining qo‘lIanish davrlarini ko‘rsating:
A.VI—IX asrlar
B .X I-X III asrlar www.ziyouz.com kutubxonasi
D. XV—XVII asrlar E. X II-X V III asrlar
9. Runn yozuvining qoMlanish davrlarini ko‘rsating:
A. VI—IX asrlar
B. X I-X IÏI asrlar
D. VI—XV asrlar
E. V I-X V II asrlar
10. Turkiy («Uyg‘ur») yozuvining qo‘Uanish davrlarini ko‘rsating:
A. VI—X asrlar
B .V I-X ÏI asrlar
D. VI—XV asrlar
E. VI—XVII asrlar
11. Turkiy so‘zlarda birlamchi unlilarning qo‘llanishi:
A. VI—IX asrlar
B.IX—XI asrlar
D. X I-X II asrlar
E. XI—XV asrlar
12. Turkiy so‘zlarda /v a w undoshlarining qo‘llanish davrlarini ko‘rsating:
A. VI—X asrlar
B.VI—XI asrlar
D. X I-X V asrlar
E. X II—XVI asrlar



Download 98.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling