5. E harfi. Bu harf O’rxun yodgorliklarida yo’q. Buning shakli ayqashgan yoki yondoshgan ikki yoy yoki burchakdan iborat:___ Bu harf e tovushini biddiradi.
Quyidagi harflar lab undoshlarini bildiradi:
1. Pi harfi. Bu harf i harfidan ilgagining chap tomonga
qaraganligi bilan farqlanadi___va p fonemasini anglatadi. Pi
harfi transkriptsiyada ham transpliteratsiyada ham, p harfi bilan
ifodalanadi. Harf faqat muayyan bir fonemani bildirganda
transkriptsiya bilan transliteratsiya belgisi bir xil bo’ladi. P
tovushining oldiga lablangan unli qo’shib talaffuz qilinadigan
harf ham bor. Bu O’p harfi bo’lib, shakllariga ega. Bu
transliteratsiyada p harfi bilan beriladi___.
2. Ab harfi. Bu harfning asosiy ko’rinishi____ shaklida bo’lib, enisey yodnomalarida tik va yopiq shakllariga ega. Ab harfi b fonemasining qalin variantini bildiradi. Undoshlarning qalin variantini bildiruvchi harflarga esa ikki raqami qo’yib ifodalanadi.
3. ab harfi. Bu ќarf b fonemasining ingichka variantidir. YOzuvda _____ shakllarga ega. CHap tomondagi birinchi shakl enisey yodnomalarida ә unlisini, O’rxun yodnomalarida esa faqat mazkur undoshni ifodalaydi. Enisey yodnomalarida eb harfining yana ____ ko’rinishlari bor. Eb harfi transliteratsiyada _ bilan beriladi.
4. Mi harfi. Bu harf m fonemasini anglatadi va ________shakllarga ega. Transkriptsiyada ham, translitertsiyada ham m harfi bilan ifodalanadi.
O’rxun yodnomalarida quyidagi harflar til oldi-tish undoshlarini bildiradi:
1. At harfi. Bu harf t fonemasining qalin variantini bildiradi. YOzuvda __________ shakllarga ega. At harfi transliteratsiyada t harfi bilan ko’rsatiladi.
2. Әt harfi. Bu harf t fonemasining ingichka variantini anglatadi va ____ shakllarga ega. Agar bu harfni yon tomonga aylantirilsa aq harfi, yuqorisi pastga akdarilsa o’qu harfi hosil bo’ladi. Әt harfi t fonemasining ingichka variantini bildiradi. Transliteratsiyada t harfi bilan ko’rsatiladi.
3. Ad harfi. Bu harf d fonemasining- qalin variantini bildiradi va _____shakliga ega. Enisey yodnomalarida shakliga ham ega. Transliteratsiyada d bilan beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |