1. A harfi. Bu harf ikki uchi ilgakli tayoqchadan iborat. Ilgakning biri o’ngga, biri chapga qaragan. Qaysi birining o’ngga qaragan bo’lishining ahamiyati yo’q. SHuning uchun bu harf ikki ko’rinishga ega. Biroq ustki ilgak o’ngga, pastki ilgak chapga qaragan bo’lib, ___bu O’rxun yodnomalariga xos. Ikkinchisida aksincha - ustki ilgak chapga va pastki ilgak o’ngga qaragan:__ Enisey bitiklarida har ikkala ko’rinishi ham bor. Bu harf til oldi ә va til orqa a tovushini bildiradi. A yoki ә ekanligini undosh tovushlarni ifodalovchi harflardan bilish mumkin. A harflari so’z boshida t tovushini, ikkinchisi a tovushini bildiruvchi harf bo’ladi.
Boshqa yozuvdagi yodnomalarni ilmiy ravishda o’qishni ta’minlash maqsadida transliteratsiya va transkriptsiyadan foydalaniladi. Transliteratsiya (harf ag’darish)da bitikdagi harflar, transkriptsiyada esa tovush yoki fonemalar maxsus belgilar bilan aniq beriladi. Demak, transliteratsiya yozuvni aniq aks ettirsa, transkriptsiya talaffuzni aniq aks ettiradi.
A harfining transliteratsiyasi uchun ‘ belgisi qabul qilinadi.
2. I harfi. Bu harf bir ilgakli tayoqchadan iborat bo’lib, ilgak yuqoriga va o’ng tomonga qaragan:__. Agar ilgak chapga qaragan bo’lib yuqorida bo’lsa, p ni bildiruvchi harf, pastda bo’lsa__, qalin l tovushini anglatuvchi harf bo’ladi. I harfi til oldi i va til orqa ы tovushini bildiradi va a harfidan farq qilib, so’z boshida ham ishlatiladi. Bu harf transliteratsiyada ь belgisi bilan ifodalanadi.
Lablanmagan unlilar uchun qo’llanadigan bu ikki harf tovushlarning qatordagi farqini aks ettirmaydi, faqat tor-kengligini ko’rsatadi. Ikki ilgakli a harfi keng unlilarni va bir ilgakli i harfi tor unlilarini anglatadi.
3. O’qu harfi. Bu harf uchi o’ngga qaragan burchak shakliga___ ega.
O’qu harfi lablangan til orqa o va u unlilarini bildiradi. Bu harf transliteratsiyada v belgisi bilan ifodalanadi.
4. O’ku harfi. Bu harf bir butun va ikki yarim tayoqchadan tuzilib, yarim tayoqchalar burchak hosil qilgan holda butun tayoqchaning o’ng tomoniga, yarmidan yuqorisiga quyidagi ilgaklarda birlashtiriladi:____
O’qu harfi lablangan til oldi ә va ү unlilarini
bildiradi. Bu transliteratsiyada belgisi bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |