25. Quyidagi qaysi shaxs “Turkiston – umumiy uyimiz” degan g‘oyani ilgari surgan?
A) Sharof Rashidov B) Fayzulla Xo’jayev
C) Islom Karimov D) Akmal Ikromov
26. … - submintaqaviy xalqaro tashkilot bo‘lib,
Yevroosiyo hududining 61% ni egallaydi.
A) Shanxay Hamkorlik tashkiloti
B) Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi
C) Birlashgan Millatlar Tashkiloti
D) Yevropa Iqtisodiy Jamiyati
27. ShHTning rasmiy tili (1), ramzi esa (2) bayroq bo‘lib, uning markazida tashkilotning gerbi joylashgan.
A) 1-rus va xitoy tili, 2-oq
B) 1-xitoy tili, 2-qizil
C) 1-ingliz va rus tili, 2-oq
D) 1-rus, 2-qizil
28. ShHTning shtab – kvartirasi qaysi shaharda joylashgan?
A) Tokioda B) Moskvada
C) Shanxayda D) Pekinda
29. …da Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat rahbarlarining sammitida chegara hududlari bo‘yicha harbiy sohada o‘zaro ishonchni mustahkamlash bilan bog‘liq shartnoma imzolandi.
A) Tokioda B) Moskvada
C) Shanxayda D) Pekinda
30. Chegara hududlari bo‘yicha harbiy sohada o‘zaro ishonchni mustahkamlash bilan bog‘liq shartnoma qachon imzolangan?
A) 1996-yil 26-aprel B) 1997-yil 26-avgust
C) 1995-yil 6-aprel D) 1996-yil 16-sentabr
31. Qachon «Shanxay beshligi» vujudga kelgan edi?
A) 1996-yil 26-aprel B) 1997-yil 26-avgust
C) 1995-yil 6-aprel D) 1996-yil 16-sentabr
32. 1997–1999-yillarda ...da bo‘lib o‘tgan sammitlarda «Shanxay beshligi»ning holati yanada mustahkamlanib, o‘zaro ishonch va hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarildi.
A) Ostona, Moskva, Ashxobod
B) Moskva, Almati, Bishkek
C) Almati, Pekin, Bishkek
D) Ostona, Bishkek, Ashxobod
33. Qachon O‘zbekiston Respublikasi ShHTning sammitida birinchi marta kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan?
A) 2001-yil B) 2002-yil
C) 2004-yil D) 2000-yil
34. O‘zbekiston Respublikasi ShHTning …dagi sammitida birinchi marta kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan?
A) Bishkek B) Ashxobod
C) Dushanbe D) Almati
35. …da Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo‘ldi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etib, O‘zbekistonning «Shanxay forumi»ga to‘la huquqli a’zo bo‘lishi to‘g‘risida»gi Bayonotni imzoladi.
A) 2001-yil B) 2002-yil
C) 2004-yil D) 2000-yil
36. Qachon «ShHTni tuzish to‘g‘risida»gi deklaratsiya hamda «Terrorchilik, ayrimachilik va ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida Shanxay konvensiyasi» imzolangan?
A) 2001-yil B) 2002-yil
C) 2004-yil D) 2000-yil
37. 2002-yilda ShHTga a’zo mamlakatlar rahbarlarining navbatdagi … sammiti bo’lib o’tadi.
A) Moskva B) Shanxay
C) Sank-Peterburg D) Pekin
38. 2002-yilda ShHTga a’zo mamlakatlar rahbarlarining navbatdagi sammiti bo’lib o’tadi. Unda imzolangan uchta hujjatni aniqlang.
1. «Terrorchilik, ayrimachilik va ekstremizmga qarshi
kurash to‘g‘risida Shanxay konvensiyasi»
2. ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining deklaratsiyasi
3. ShHT Xartiyasi
4. ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi (MATT) haqidagi Bitim
5. «ShHTga a’zo davlatlarning 20 yilga mo‘ljallangan savdo – iqtisodiy hamkorlik dasturi»
A) 2, 3, 5 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 5
39. Savdo – iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor berilgan ShHTning sammitini qachon bo’lganligini aniqlang.
A) 2001-yil B) 2005-yil
C) 2004-yil D) 2003-yil
40. 2005-yil mamlakat rahbarlari kengashib, uchta Osiyo mamlakati …ga kuzatuvchi maqomi berilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
A) Hindiston, Mo’g’uliston va Pokiston
B) Hindiston, Eron va Pokiston
C) Afg’oniston, Eron va Pokiston
D) Hindiston, Eron va Mo’g’uliston
41. ShHTning oliy organi bo’lgan «Tashqi ishlar vazirlari Kengashi»ning birinchi majlisi qachon bo‘lib o‘tgan?
A) 2001-yil B) 2005-yil
C) 2004-yil D) 2002-yil
42. ShHTning oliy organi bo’lgan «Mintaqaviy Antiterror tuzilmasi (МАТТ)» qachon tuzilgan?
A) 2001-yil B) 2005-yil
C) 2004-yil D) 2002-yil
43. ShHTning oliy organi bo’lgan «Vazirlar va (yoki) idoralar rahbarlari Yig‘ilishi» ning birinchi majlisi …da bo’lib o’tgan.
A) 2001-yil B) 2005-yil
C) 2000-yil D) 2002-yil
44. ShHTning oliy organi bo’lgan Kotibiyat qachon o’z faoliyatini boshlagan?
A) 2001-yil dekabr B) 2005-yil yanvar
C) 2000-yil fevral D) 2004-yil yanvar
45. …dan ShHTning bosh kotibi lavozimi joriy etildi.
A) 2007-yil 1-yanvar B) 2008-yil 1-sentabr
C) 2007-yil 1-dekabr D) 2008-yil 1-yanvar
46. ShHTning bosh kotibi lavozimida 2016-yildan … vakili Rashid Alimov faoliyat ko‘rsatmoqda.
A) Qozog’iston B) O’zbekiston
C) Turkmaniston D) Tojikiston
47. ShHTning ...gi Toshkent sammitida Hindiston va Pokistonning ShHTga aʼzo davlat maqomini olish yoʻlidagi majburiyatlari toʻgʻrisidagi memorandumlar imzolandi.
A) 2016-yil B) 2015-yil
C) 2017-yil D) 2014-yil
48. ShHTning qaysi shahardagi sammitda Hindiston va Pokiston tashkilotga aʼzo sifatida qabul qilindi?
A) Ashxobodda B) Toshkentda
C) Ostonada D) Pekinda
49. Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik Xitoy Xalq Respublikasiga oʻtgan yilni aniqlang.
A) 2016-yil B) 2015-yil
C) 2017-yil D) 2014-yil
50. Hindiston va Pokiston ShHTga aʼzo sifatida qabul qilingan yilni aniqlang.
A) 2016-yil B) 2015-yil
C) 2017-yil D) 2014-yil