1-mavzu: Oʻzbekiston respublikasining tibbiyot sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari reja
Download 104.38 Kb.
|
1 mavzu ma’ruzalar ma’tni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchisi – huquqiy sabablar
- Toʻrtinchisi – ijtimoiy sabablar yoki jamiyatdagi muhit
Birinchisi – iqtisodiy sabablar: Korruptsiyaning bu koʻrinishi ijtimoiy va iqtisodiy hayotni bevosita ma’muriy yoʻl bilan boshqarishga intilgan hokimiyat va byurokratiyaning mavqei baland boʻlgan davlat sharoitida rivoj topadi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan oʻrnatilgan turli xildagi cheklashlar, amaldorlarning keng, nazoratdan holi, cheklanmagan yoki ruxsat berish, yoki taqiqlash vakolati korruptsiyaga zamin yaratadi. Shu bilan bogʻliq holda, yirik mablagʻlarga ega boʻlgan ayrim ishbilarmonlar oʻz daromadlarini koʻpaytirish maqsadida va raqobatda alohida imtiyozlarga ega boʻlish uchun hukumat amaldorlarini pora evaziga sotib olib, ularni oʻz ixtiyorlariga boʻysundirishga intiladilar.
Ikkinchisi – huquqiy sabablar: Korruptsiyaning rivoji qonunlarning sifatiga bogʻliqdir. Mukammal boʻlmagan qonunlar ishlamaydi va ayrim uddaburonlar bundan ustalik bilan foydalanadilar. Uchinchisi – institutsional sabablar: Ularga avvalo, davlat boshqaruvi tizimidagi nuqsonlar, demokratik institutlarning kuchsizligi, shuning natijasida, hukumat faoliyatining yopiqligi yoki fuqarolik nazoratidan xoliligi kiradi. Toʻrtinchisi – ijtimoiy sabablar yoki jamiyatdagi muhit: Aholining huquqiy bilimi, madaniyat darajasi, ma’naviyati, uyushqoqligi va jamoat faolligi pastligi kabi omillardir. Xulosa shundaki, korruptsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab turgan jamiyat yaratgan tizimning nosogʻlom yashashida namoyon boʻladi. TAYANCH SOʻZ VA IBORALAR: «NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR» – qonun hujjatlaridir va ular Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari majmuini tashkil qiladi, Konstitutsiya va qonunlar, Oliy Majlis palatalarining qarorlari qonunlar deb atalsa, Prezident farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruq hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonun osti hujjatlari hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari deganda esa Konstitutsiyamiz, qonunlar, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezident farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruq va qarorlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari tushuniladi. Qayd etilgan normativ huquqiy hujjatlarni vakolat doirasidan kelib chiqib va hujjatning turiga qarab Oliy Majlis palatalari, Prezident, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki mansabdor shaxslariga qabul qilish huquqi berilgan. Download 104.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling