1-mavzu: Oʻzbekiston respublikasining tibbiyot sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari reja
Download 104.38 Kb.
|
1 mavzu ma’ruzalar ma’tni
- Bu sahifa navigatsiya:
- «BYUROKRATIYA»
«RAQAMLI IQTISODIYOT» – bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qoʻllash asosida amalga oshirish tizimidir. Ba’zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. 1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte «raqamli iqtisodiyot» terminini amaliyotga kiritdi. Hozirda buni butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar – deyarli barcha qoʻllamoqda.
Raqamli iqtisodiyotning oddiy iqtisodiyotdan farqi nimada? Masalan, xaridorga poyafzal kerak. Uni bozorga tushib oʻzi bevosita tanlasa va naqd pulga sotib olsa, bu an’anaviy iqtisod. Telegramdagi biron savdo boti orqali oʻziga ma’qul tovarni tanlab, tovar egasiga pulni elektron toʻlov tizimi orqali toʻlash va tovarni yetkazib berish xizmati orqali olish – raqamli iqtisodiyot deyiladi. Aslida, hammamiz allaqachon raqamli iqtisodiyot ichidamiz, uning qulayliklaridan foydalanamiz. Masalan, oyliklarimiz plastik kartalarga tushadi, elektron toʻlov orqali kommunal xizmatlar, telefon, internet va boshqa mahsulot va xizmatlarga toʻlov qilamiz, elektron tarzda soliq deklaratsiyasi topshiramiz, kartadan kartaga pul uzatamiz, uyga taom buyurtma qilamiz va hokazo. Raqamli iqtisodiyot – bu noldan boshlab yaratilishi lozim boʻlgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga koʻchirish deganidir. «BYUROKRATIYA» (frants. bureau byuro, idora; yun. kratos – kuch, hokimiyat, xukmronlik) – dastlab hukumat idoralarining rahbarlari va amaldorlari hokimiyati; keyinchalik jamiyatning turli sohalarida paydo boʻlgan yirik tashkilotlardagi xizmatchilar qatlamini ifodalagan. Byurokratiyaga xos xususiyatlar: quyi mansabdorlarning yuqori mansabdorlarga bosqichma bosqich boʻysunishi, qattiq ish tartiboti, maxsus ma’lumotni taqozo etuvchi rasmiylashgan vazifalarni amalga oshirishda mehnat va mas’uliyat taqsimoti. Tashkilot koʻpchilik a’zolarining mustaqil ravishda imtiyozli qatlamga aylanishga intilishi oqibatida rasmiyatchilik, oʻzboshimchalik, avtoritarizm va sharoitga moslashish kuchaya boradi, tashkilotning tartib-qoida hamda maqsad-vazifalariga boʻysundirilishi asosan byurokratiyani mustahkamlash va saqlab qolish uchun xizmat qiladi. Bu hol ayniqsa avtoritar tizimlarda yaqqol namoyon boʻladi. Mansabdor shaxs tomonidan oʻz vazifasiga vijdonsizlik va sovuqqonlik bilan qarash, fuqarolarning taklif, ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibini buzish, ularga toʻralarcha munosabatda boʻlish hollari davlat va jamiyat manfaatlariga, fuqarolarning qonun bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadi. Demokratik jamiyat byurokratiyaning mazkur salbiy xususiyatlarini bartaraf etish va cheklashga qaratilgan nazorat hamda boshqaruv shakllarini ishlab chiqishga harakat qiladi. Download 104.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling