1-mavzu: O’zbekiston Resrublikasi Davlat tili haqidagi qonunlari hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi kabi davlat hujjaylarida o’zbek tilini Davlat tili sifatida o’qitish


QONUN HUJJATLARI VA UNING TIL XUSUSIYATINI O‘RGANISH


Download 304.87 Kb.
bet10/18
Sana09.06.2023
Hajmi304.87 Kb.
#1471194
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
onatili 15-ta

8. QONUN HUJJATLARI VA UNING TIL XUSUSIYATINI O‘RGANISH

Reja:

1. Sog‘lom va bilimli yosh avlod tarbiyasi – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida.
2. Me’yoriy-huquqiy xujjatlar tushunchasi va turlari.
Sog‘lom va bilimli yosh avlod tarbiyasi – davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanganligini ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol shaxs bo‘lib yetishishlarini ta’minlovchi qonunchilik bazasining takomillashtirilayotganligida ko‘rishimiz mumkin. Sog‘lom va bilimli yosh avlod mamlakat boyligi, millat ravnaqini ta’minlaydigan mustahkam poydevordir. Shu bois yosh avlod kelajagi yo‘lida alohida va doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan. Mamlakatimizda yoshlarning sifatli ta’lim olishi va salomatligini mustahkamlash uchun har tomonlama qulay shart-sharoit yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda. Darhaqiqat, aholisining uchdan ikki qismini yoshlar tashkil etadigan mamlakatda bolalar manfaatini hisobga olmaslikning aslo iloji yo‘q. Shuning uchun ham “Oila yili” (1998), “Ayollar yili” (1999), “Mustahkam oila yili” (2012), “Obod turmush yili” (2013),
“Sog‘lom bola yili” (2014), “Sog‘lom ona va bola yili” (2016) kabi Davlat dasturlarida aynan, bolalar sog‘ligi va ularning tarbiyasi uchun to‘laqonli sharoitlar yaratish masalalariga katta e’tibor qaratilgan. Jumladan, “Obod mahalla yili” (2003), “Mehr va muruvvat yili” (2004), “Ijtimoiy himoya yili” (2007), “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” (2009), “Kichik biznes va tadbirkorlik yili” (2010), “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” (2017) Davlat dasturlarida ham yoshlar, jumladan, bolalar manfaatlari, ularni ma’nan yetuk, ma’rifatli va jismonan barkamol qilib voyaga yetkazish, ularning salomatligini mustahkamlash bilan bog‘liq muammolar yechimi ko‘zda tutilgani barchamizga ma’lum. Aynan mana shu jihatlari bilan o‘tgan yillarga bag‘ishlangan bir nechta Davlat dasturlari alohida ajralib turadi: ular 2000 yil - “Sog‘lom avlod yili”, 2001 yil - “Onalar va bolalar yili”, 2008 yil - “Yoshlar yili”, 2010 yil - “Barkamol avlod yili”, 2016 yil - “Sog‘lom ona va sog‘lom bola yili”, 2017 yil - “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ga bag‘ishlangan Davlat dasturlaridir. Mamlakatimizda yoshlar siyosati masalasida olib borilayotgan yuqoridagi Davlat dasturlaridan ham ko‘rinib turibdiki, sog‘lom bola masalasi avval-boshdanoq mustaqil O‘zbekistonimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Shuning uchun ham mustaqillik yillarida ijtimoiy-gumanitar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo‘naltirilgan davlat xarajatlari bir necha barobar ko‘paydi, xalqimiz turmush darajasi sezilarli ravishda oshdi. Buning natijasida onalar o‘limi 2 barobardan ko‘proq, bolalar o‘limi 3 barobar kamaydi. Xususan, yaqinda “Bolalarni asraylik” xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon reytingida O‘zbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash borasidagi katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan eng ilg‘or yetakchi o‘n mamlakat qatoridan joy oldi. Bu yutuqlarning barchasi mamlakatimizda bolalar huquqi himoyasi borasida mustahkam huquqiy baza yaratilganligi sababli qo‘lga kiritildi. Bola huquqlarini himoya qilishning qonunchilik asosi avvalo, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan me’yorlar va qonunlarga tayanadi.
Milliy qonunchilikdagi ustuvor yo‘nalishlardan biri – bu bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha BMT xalqaro konvensiyalari qoidalarini implementatsiya qilishdan iborat bo‘lib, hozirda mazkur yo‘nalishda BMTning YUNISEF tashkiloti bilan faol hamkorlik olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyasiga 1992 yil 9 dekabrda qo‘shilgan. Mamlakatimiz “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risida”gi konvensiyaga (Jeneva, 1973 yil 26 iyun) hamda “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va ularga barham berishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risida”gi konvensiyaga (Jeneva, 1999 yil 17 iyun) ham qo‘shilgan va ushbu hujjatlar qoidalaridan kelib chiqadigan o‘z majburiyatlarini izchil bajarib kelmoqda. Shu bilan birga, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlarining oilaviy muhitdan mahrum bolalarning ta’lim olishi, davolanishi va ularning boshqa huquqlarini himoya qilish borasidagi sa’yi-harakatlarini muvofiqlashtirish borasida institutsional mexanizmni yo‘lga qo‘yish bugun tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunda kompleks idoralararo komissiyani tuzish, oilaviy muhitdan mahrum bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi barcha davlat muassasalarida asab tizimi va jismoniy rivojlanishdagi nuqsoni bor bolalar uchun tabaqalashtirilgan davolash dasturlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Shuni ta’kidlash joizki, mamlakatimizda oila muhitidan mahrum bo‘lgan bolaraning huquqlarini ta’minlash tizimi yaratilgan. Xalq ta’limi vazirligi tizimida bugungi kunda jami 25 ta Mehribonlik uyi, 2 ta Bolalar shaharchasi, 6 ta Oilaviy bolalar uyi, 18 ta kam ta’minlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan oila farzandlari uchun mo‘ljallangan maktab-internat hamda 88 ta maxsus maktab-internat faoliyat olib bormoqda.
Olib borilayotgan ushbu keng ko‘lamli ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizdagi har bir bolani ta’lim-tarbiya jarayoniga tortish orqali kelajakda ularni har tomonlama yetuk, barkamol shaxslar etib tarbiyalashdir.
Bolalar haqida gapirganda albatta, 2017 yil 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan quyidagi fikrlarini ta’kidlash maqsadga muvofiq bo‘lardi: “Ayni paytda farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining zamon talablariga mos kelmasligi ham sir emas. Ushbu sohaga bir paytlar e’tiborimizni susaytirib yuborganimiz oqibatida ko‘pgina muammolar yig‘ilib qolganini ochiq aytish lozim.
Bog‘cha tarbiyasini ko‘rgan bolaning ongi, dunyoqarashi qanday yuqori bo‘lishini bugun kimgadir isbotlab o‘tirishning, o‘ylaymanki, hech qanday hojati yo‘q.
Bu holatlarning barchasini hisobga olib, Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Mazkur vazirlik zimmasiga ma’muriy islohotlar doirasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, bir qator muhim vazifalar yuklandi.
Bu borada qabul qilingan dasturga muvofiq yaqin 3-4 yil mobaynida yurtimizdagi barcha hududlarda, bu katta shaharlar bo‘ladimi yoki olis qishloq va ovullar bo‘ladimi, minglab yangi bog‘chalarni qurishimiz zarur. Ularni zamonaviy talablar asosida jihozlab, malakali tarbiyachi va mutaxassislar, yangi metodika bilan ta’minlashimiz kerak.
O‘zingiz tasavvur qiling, qishloqda yashayotgan onalar uchun, opasingillarimiz uchun o‘z farzandini bog‘chaga berish imkoniyati qanday yangi, qanday keng sharoitlar tug‘diradi. Bola bog‘chada sog‘lom turmush asosida, maktabga tayyor bo‘lib voyaga yetadi.
Hurmatli ayollarimiz bolasidan ko‘ngli to‘q bo‘lib, ijtimoiy mehnat bilan, uy-ro‘zg‘or ishlari bilan bemalol shug‘ullanadi. Qolaversa, ularda dam olish, o‘z sog‘lig‘i haqida o‘ylash uchun ozgina bo‘lsa ham sharoit paydo bo‘ladi.
Shuning uchun maktabgacha ta’lim sohasida ana shunday ulkan islohotlarni hayotga joriy etish biz uchun ham qarz, ham farzdir. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu tarixiy vazifani amalga oshirishimiz shart va uni barchamiz birgalikda albatta bajaramiz.”
Bu so‘zlarning amaliy isbotini kundan-kunga amalga oshirilayotgan ishlar misolida yaqqol kuzatish mumkin. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning dunyoqarashini kengaytirish, fikrlash doirasini oshirish maqsadida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar, tadbirlarning mazmuniga e’tibor qaratilayotganligi quvonarli xol albatta. Yuqorida aytilgan fikrlarning me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinayotganligi ishning tizimli tashkil etilishiga zamin yaratadi.

9. MIKRO VA MAKRO MATN


Reja:

Download 304.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling