1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy – metodologik asoslari, manbalari va axamiyati. Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi


Yaqin va O'rta Sharqda islom dinining tarqalishi


Download 53.86 Kb.
bet3/7
Sana08.01.2022
Hajmi53.86 Kb.
#236792
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
№1 маруза

Yaqin va O'rta Sharqda islom dinining tarqalishi. Fanda yirik, salmoqli ma'rifiy yuksalish uyg‘onish, ya'ni renessans deb atalgan. Fransuz tilidan olingan bu so‘z "tiklanish", "uyg‘onish" ma'nosida tarjima qilinib, adabiyotga kirib kelgan. Renessans, odatda, u yoki bu hududda, mamlakatda yuz bergan moddiy, ma'rifiy, ma'naviy jihatdan katta yuksalish davrini tasnif etishda ishlatiladi.

Yaqin Sharqda arab xalifaligining shakllanishi va rivoji bilan uzviy bog'liqdir. Bu halifalik islom bayrog'I ostida asta-sekin Arabiston chegarasidan chiqib, O'rta Sharq tomon yurish boshlab, u yerdagi mamlakatlarni bosib ola boshladi. Bu jarayon isiomni tarqatish bilan uzviy holda olib borildi. VIII asr oxiri XI asrning o'rtalariga kelib arab xalifaligi Sharqda eng kuchli rivoj topgan imperiyaga aylandi. Xususan, xalifalar Mansur, Xorun ar-Rashid, Ma'mun davrlarida halifalikning markaziy shaharlari, xususan, Bag'dod iqtisodiy va madaniy jihatdan eng rivoj topgan shaharlardan biriga aylandi. Madaniyat, ilm-fan taraqqiy etdi. Bu yerda turli ilmiy, diniy muzokaralar avj oldi, turli mamlakatlardan kelgan ilm vakillari tomonidan keng ilmiy muhokamalar uyushtiriladigan bo'ldi, ilmgohlar vujudga keldi, kitob ko'chirish, turli tillardan arab tiliga ilmiy kitoblar o'girish avj oldi, maxsus tarjimonlar maktabi vujudga keldi, asar yozishga qiziqish kuchaydi. Bu jihatdan Xorun ar-Rashid va Ma'mun davri muhim ahamiyat kasb etadi13.



Bu davrda birinchi akademiya - "Donolik uyi" tashkil topdi va bu yerda turli ilmlarning rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Sharq madaniy uyg’onishining o’ziga xos muhim jihatlaridan biri shundaki, bu yuksalish jarayoni bir vaqtning o’zida ham xalifalik markazida va hamda uning Mag’ribu Mashriq tomonlarida (Ispaniya Andalusiyasi va Markaziy Osiyoda) birdek namoyon bo’ldi. Masalan: IX- asr boshlarida xalifalik poytaxti Bag’dod bir vaqtning o’zida ham islomiy madaniyat va dunyoviy madaniyat, ilmu-urfonning yirik markazlaridan biriga aylangandi. Bu allomalarning talay qismi O’rta Osiyo namoyondalari bo’lganliklari esa biz uchun alohida g’urur va e'tiborga arzirlidir.

Bu davr dunyoviy ilm-fanning yana bir muhim yutug’i shundaki, arab va ajam olimlarining katta sa'y-harakatlari, izlanishlari tufayli Hind tillarida bitilgan son-sanoqsiz noyob ilmiy asarlar, qo’lyozmalar topilib, ular arab tiliga tarjima etildi va hayotga ijodiy tadbiq etila boshlandi.

Bu tarjimalar tufayli qadimgi yunonning mashhur mutafakkir olimlari Platon, Aristotel, Evklid, Plotin, Arximed, Galen, Gippokrat, Porfiriy, Sokrat kabilarning falsafa, riyoziyot, falakiyot, tabobat, she'riyat, mantiq ilmi va ruhshunoslikka oid asarlari musulmon ofamida keng tarqaldi. Natijada qadimgi yunon ilmi va falsafasining boy yutuqiari (arab tilida tarqalgan) musulmon o'Ikalarining rivojiga katta ta'sir ko'rsatdi. Musulmon olimlari bu boy merosning asosiy merosxo'ri bo'ldilar. Movarounnahr va Xuroson olimlari qadimgi yunon madaniyatining ilg'or g'oyalari va boyliklarining olamshumul mohiyatini tushunib, birinchi bo'lib qabul qildilar, rivojlantirdiiar va targ'ib etdilar.


Download 53.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling