1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy – metodologik asoslari, manbalari va axamiyati. Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi


Me'morchilik va tasviriy san'at yuksalishi


Download 53.86 Kb.
bet5/7
Sana08.01.2022
Hajmi53.86 Kb.
#236792
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
№1 маруза

Me'morchilik va tasviriy san'at yuksalishi

Biz ko’zdan kechirayotgan asrlar Sharqda ilm-fan va madaniyatning yuksak darajada ravnaq topganligi ayni chog’da boshqa sohalarda, xususan, me'morchilik hamda tasviriy san'atda ham o’z ifodasini topdi. Bunda ko’p jihatdan bu davrda o’lka hududlarida hukm surgan tinchlik, osoyishtalikning sha'rofati ham katta bo’ldi. Shu davrda mahalliy hukmdorlarning sa'y-harakatlari tufayli sharqlarda noyob tarixiy obidalar, xashamatli binolar, ilmiy-madaniy maskanlar, kutubxonalar, masjidu-madrasalar qad ko’tardi. Ayniqsa xalq ichidan chiqqan mahalliy ustalar, naqqoshlar, kulollar, zargarlar tomonidan yurt dovrug’ini olamga tanitgan, ajoyib me'morchilik obidalari, tasviriy san'at namunalari yaratildi. Bu davr shaharsozligida xom g’isht va paxsalardan keng foydalanilgan. Ularning shinamligi va ko’rinishini yanada ko’rkamlashtirishda ohakli qorishmalar ishlatilib, gajakdor qilib ishlov berilgan. Qurilgan ayrim masjidlarning mehroblari esa silliqlangan gishtlar, o’yma ganjlar va hatto tillo suvlari bilan ham bezatilgan. Har bir shahar markazlarida kitob do’konlari, madaniy mollar bo’lishiga alohida e'tibor qaratilgan. O’rta Osiyo Uyg’onish davrinig yirik me'moriy obidalari sirasiga Buxorodagi Ismoil Samoniy Maqbarasi (Xasr), Samarqand yaqinidagi Tim qishlog’idagi Arab ota maqbarasi (977-978), Uzun (Surxondaryo) tumanidagi Xuja Naxshron maqbarasi (IX-X asr), Namozgoh, Marvdagi Sulton Sanjar (X1asr), O’zgandagi Qoraxoniylar maqbarasi, G’azna yaqinidagi marmar qotishmalaridan tiklangan G’aznaviylar yozgi saroyi, Buxorodagi Minorai Kalon (1127), Vobkent minorasi (1192), Jarqo’rg’on minoralari va boshqa ko’rkam me'morchilik inshootlarini nisbat berish mumkin. Bu davrda me'moriy binolardan tashqari yo’nilgan g’isht va suvga chidamli qurilish qorishmalaridan turli-xil o’lchamli, g’oyat puxta ishlangan inshootlar, suv omborlari-bandlar, novlar, ko’priklar, sardobalar va hovuzlar qurilgan. X asrdan boshlab binokorlikda sinchli imoratlar qurilishi keng tarqalgan. Yakkasinch va qo’shsinchli binolar asosan yog’ochlarni qurilish uslubida qurib, sinchlarning orasi xom g’isht yoki guvalalar bilan urib chiqilib, somon loylar yoki qumli loylar bilan suvalgan. Bunday qurilgan imoratlar XII asrda ham shahar me'morchiligida asosiy o’rin egallagan hamda, zilzila silkinishlariga o’ta chidamli bo’lgan. Ajdodlarimizning Uyg’onish davri me'morchiligi sohasidagi bunyodkorliklari bunga qadar ham saqlanib qolgan. Ushbu tarixiy ma'lumotlarni olimlarimiz Afrosiyob, Varaxsha, Buxoro, Poykant va boshqa shaharlar xarobalari misolida ham tadqiq etadilar.

Sharqiy o’lkalarda IX-XII asrlarda me'morchilik bilan birga tasviriy san'at, naqqoshlik, sopol ishlash va ganch san'ati ham ancha rivoj topib borgan. Imoratlarni o’ymakor ustun va to’sinlar bilan, devorlarni esa bo’yoqli yoki ganchkorlik naqshlari bilan bezash keng tarqalgan. Bunga misol qilib, Zarafshonning yuqori oqimidagi Oburdom degan manzilda X asrda barpo etilgan naqshinkor bino namunasini ko’rsatish mumkin. Inshootda o’ziga xos yangilik, go’zallik, ya'ni mahalliy an'ana, badiiy shakl ko’zga yaqqol tashlanadi. Shuningdek, XI-XII asrlarga tegishli Samarqand bilan Buxoro oralig’ida bunyod etilgan Rabota Malik karvonsaroyi peshtoqiga ishlangan ganch o’ymakorligi ham tahsinga loyiqdir. Naqqoshlik san'atining taraqqiyoti va o’z navbatida kulolchilik, misgarlik va zargarlikning rivojlanishiga ham turtki bo’ldi. Samarqand, Buxoro, Toshkent va boshqa shaharlar ushbu sohalarda rivoj topgan markazga aylandi. Bu davrda ishlangan sopol buyumlar nihoyatda chidamli bo’lib, shahar va qishloq aholisining kundalik hayotiga kirib borgan, shuningdek, bu mahsulotlar chet mamlakatlarga ham chiqarilgan. Kulolchilik mahsulotlarini tayyorlash jarayoni esa butun boshli ishlab chiqarish jarayonlarini o’zida qamrab olgan. Shu bilan birga bu davrda kumush, mis, bronzadan naqshinkor badiiy san'at buyumlari, chiroyli va bejirim idish-tovoqlar, qadaxtlar yasash ham rasm bo’lgan va ularnpng ko’rinishlari san'atkorona tarzda bezatilgan. Bu sohada Samarqand, Farg’ona, Toshkent, Xorazm, Naxshob, Kesh shaharlarining o’ziga xos maxsus maktablari faoliyat ko’rsatgan. Bunday jarayonlarning rivojlanishi xattotlik san'atining ham keng yoyilishiga bois bo’ldi. Hali kitob bosish hal etilmaganligi, qo’lyozma kitoblardan nusxalar xattotlar tomonidan qo’lda ko’chirilishi sabab xattotlik san'ati ancha rivoj topdi. Usta xattotlar va husnixat egalari o’z san'atlarini kitoblar bezash, masjid, madrasa xonaqohlarining peshtoqlari, gumbazlari, eshiklari va devor ustunlariga har xil oyatlar yozish, saroylarda xonlar, amirlar, sultonlar va hokimlar sha'niga madhiyalar bitish kabi ishlarda namoyon etganlar, ularning mehnatlari esa juda qadrlangan. Shu narsa diqqatga sazovorki, Uyg`onish davriga xos me'morchilik va unda ishlangan me'moriy naqsh uslublari o’z navbatida ajdodlarimizning hayotida ijodkor va bunyodkor bo’lganligini to’la tasdiq etadi. Ularning yaratgan noyob ishlari san'at asarining durdonalari sifatida hozirga qadar ham ajdodu avlodlar e'zozu xurmatiga sazavor bo’lib kelmoqla. Biz avlodlar o’tmishda Vatanimiz hududida shunday qo’li gul, yuksak yaratuvchilik saloxiyatiga ega bo’lgan, xalqimiz va madaniyatimizni dunyoga tanitgan bunday ulug’ ajdodlarimiz bilan xaqli ravishda faxrlana olamiz.


Download 53.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling