1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy – metodologik asoslari, manbalari va axamiyati. Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi


IX-XII asrlardagi Sh`arq Uyg’onish davri va uning asosiy omillari


Download 53.86 Kb.
bet4/7
Sana08.01.2022
Hajmi53.86 Kb.
#236792
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
№1 маруза

IX-XII asrlardagi Sh`arq Uyg’onish davri va uning asosiy omillari.

IX-XII asrda jahon sivilizatsiyasi tarixiy taraqqiyoti davomida birinchi bo’lib Sharq mo’jizasi yuz berdi. Huddi shu davrda qadimgi Sharq mintaqasiga mansub Misr, Mesopatamiya, Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo hududlari insoniyat sivilizatsiyasining ilk sarchashmalari sifatida shakllandi.

Bu jarayonda ko’p ming yillik tarixga ega bo’lgan, Sharqu g’arbni tutashtirgan, o’zaro madaniyat, dinu e'tiqod, urf-odat, udumu-an'analar almashinuvini ta'minlagan Buyuk ipak yo’lining o’rni katta bo’ldi. Ko’hna Xitoy yurtidan boshlangan bu yo’l avvalo Sharq xalqlarini bir-biri bilan bo’lgan, ularning iqtisodiy, savdo-sotiq, madaniy-ma'naviy aloqalarini rivojlanishi, turmush tarzini bilishida sezilarli turtki bo’ldi. Sharq xalqlari, elatlarining tili, urf-odatlari, musiqasi, to’yu - marakalari, diniy rasm-rusumlardagi o’xshashlik jihatlarining mavjudligi ham buni yaqqol isbot etadi.

IX-XII asrlar davomida xalifalik tasarrufidagi mamlakatlarda islomiy hamda dunyoviy madaniyatning yonma-yon rivojlanishiga keng yo’l ochildiki, bu yo’l oxir-oqibatda Sharq dunyosini ulkan o’zgarishlarga olib keldi. Bu jarayonlarning kuchayishiga shu yurtlar hukmdorlarining o’z davrining donishmand, bilimdon, ilmparvar siymolari sifatida adolat, qonun ustuvoligiga amal qilib, faoliyat yuritganligiga ham ma'lum ma'noda turtki bergan. Buni xalifalik hukmdorlari sanalgan Xorun ar - Rashid, Ma'mun yoxud ona yurtimiz ma'rifatparvar hukmdorlari: Nasr, Ismoil Samoniylar, Maxmud G’aznaviy, Malikshox, Nizomulmulk, Jaloliddin Otsiz, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Husayn Boyqaro va boshqalar timsolida aniq-ravshan ko’rishimiz mumkin14.

Sharq Uyg’onish davri o’z mazmun mohiyatiga ko’ra quyidagi muhim omillar va xususiyatlari bilan yaqqol ajralib turadi:

1. Madaniyatda dunyoviy bilimlar, Islom ahkomlari, aqidalarining rivojlanishi, ularning jamiyat va odamlar manfaatlari nuqtai nazaridan talqin etilishi;

2. Turli davlatlar, xalqlarning (arab, eron, yunon, xind, turkiy va boshqa) madaniy meroslari, qadriyatlari, yutuqlari ma'naviy boyliklardan foydalanish zarurligi;

3. Astronomiya, matematika, minerologiya, jo’g’rofiya, kimyo va tabiiy fanlar rivoji;

4. Uslub (Metodologiya)da ratsionalizm, (oqiloniylik), mantiqning ustuvorligi;

5. Insoniy do’stlik, yuksak axloqiylik g’oyalarining targ’ib etilishi, komil inson shaxsini shakllantirib voyaga yetkazish;

6. Falsafa va tarix fanlarining o’sishi;

7. Adabiyot, musiqa badiiy madaniyat notiqlikning keng rivoj topishi;

8. Bilimdonlik, donishmandlikning qomusiy tarzda keng e'tirof topishi va hk. Uyg’onish davrining bu asosiy omillari va hususiyatlari dunyoviy ilm-fanning rivojlanishi-bular, shubhasiz, bashariyat man'aviyati yuksalishining muhim o’lchov mezonlari bo’lib xizmat qildi.

Shunday qilib, VIII-XII asrlarda O'rta Osiyoda ilk O'rta asr musulmon madaniyatining shakllanishi, rivojlanishi va yuksak cho'qqilarga ko'tarilishida madaniyatlarning o'zaro ta'siri, qorishuvi muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

Bu davr madaniyati adabiyotlarda Yaqin Sharqda Uyg'onish davri madaniyati sifatida talqin etiladi. Haqiqatda ham bu davrdagi Yaqin Sharqdagi arab tilidagi madaniyat o'z mazmuni, yo'nalishi, yutuqlari bilan Uyg'onish davri madaniy yuksalishini o'zida ifoda etdi. Uyg'onish davri madaniyati boshqa o'lkalardagi so'nggi madaniy yuksalishga katta ta'sir ko'rsatdi.

Yaqin va O'rta Sharqda yangi shakllagan musulmon o'lkalari o'rtasida iqtisodiy-madaniy aloqalar avj oldi. Madaniyat namunalari bilan almashuv, o'zaro ma'naviy ta'sir kuchaydi. Qadimgi hind, eron, arab, yunon madaniy boyliklari qorishib, adabiyotlarda "musulmon madaniyati" deb nom olgan yangi madaniy qatlam vujudga keldi.

Qadimgi madaniyat an'analariga nihoyatda boy bo'lgan, O'rta Osiyo xalqlari bu davr ichida o'z madaniyatini yuksaklikka ko'tara oldi. Shaharlar, shahar madaniyatining tez rivoji hamda madaniy aloqalarning kuchayishi samarasi bo'lgan Uyg'onish, Renessans shu davrda boshlandi, O'rta Osiyo ilm-fan, ma'naviyat, tarixda misli ko'rilmagan namunalar yaratdi.



Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Firdavsiy, Rudakiy, Buxoriy, Ahmad Yugnakiy, Mahmud Qoshg'ariy, Zamaxshariy kabilar shu davr madaniy yuksalishning qoyalari, cho'qqilaridir. Hattoki arab xalifasi Ma'mun O'rta Osiyo olimlarini xalifalikning markaziga olib ketgani va ular Bag'dod akademiyasining ko'rki bo'lib, ilm uchun xizmat qilganliklari tarixan ma'lum. Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Javhariy, Ibn Mansur Marvarudiy kabi olimlar shular jumlasidandir. O'rta Osiyoda bu davrda uchta tilda: arab, fors, turkiy tillarda ijod etildi, tafakkur mevalari yozuvlarga muhrlanib, Sharqning turli burchaklarigacha yetib bordi.

Bu davr madaniyati o'zining kuchli gumanistik ruhi insonparvarlik nafasi, odamlarni o'zaro do'stlikka chaqirishi, aqlni e'zozlashi bilan umuminsoniy qadriyatlar yuksakligiga ko'tarila oldi.

Bu davrning buyuk qomusiy olimi va faylasufi Abu Nasr Forobiydir (873-950). O'trorda tug'ilib, boshlang'ich ma'lumotini Shosh, Buxoro, Samarqand shaharlarida olgan. So'ng Bog'dodda uzoq yashab, zamonasining olimiari bilan ilmiy muloqotda bo'lgan. Umrining oxirini Xalabda o'tkazgan. Ularning turli sohalariga oid 160 dan ortiq risolalar yaratgan. U yunon ilmining yutuqlari, xususan, Aristotel merosini chuqur bilgani, ularni Sharqda rivojlantirgani uchun "Al-muallimi as Soni" ("Ikkinchi muallim", Sharqda Aristotel Arastu "Birinchi muallim" deb tanilgan) unvoniga sazovor bo'lgan15.

Uning risolalari riyoziyot, falakiyot, tibbiyot, axloqshunoslik, musiqashunoslik, davlatni boshqarish, ayniqsa, falsafa va mantiq ilmi masalalarini o'z ichiga oladi.

Aristotelning barcha falsafty asarlariga yozilgan sharhlari, "Uyun al-masoil" ("Masalaiar bulog'i"), "Ixso al-ulum" ("Ilmlar tavsifi"), "Fusus al-hikam" ("Hikmat sulolasi"), "Taoliq fi-1 hikmat" ("Falsafaga oid izohiar"), "Kitob fi-f lug'at" ("Lug'atlar haqida kitob") kabi asarlar shular jumlasidandir. Musiqaning ham amaliy, ham nazariy jihatlarini ifodalab bergan “Katta musiqa” asarini yaratdi.



Forobiyning ilg'or fikrlarini Abu Ali ibn Sino yanada oliy darajaga ko'tardi. U Buxoroda (980-1037) tug'ilib o'sdi, so'ng O'rta Osiyo, Eronning juda ko'p shaharlarida bo'ldi, Xarnadonda vafot etdi.

Yevropada so'ngroq "Avitsenna" nomi bilan mashhur bo'lgan bu qomusiy olim o'z davrining barcha ilmlarini chuqur o'rgandi; 500 ga yaqin turli sohaiarga oid risolalar, she'rlar qoldirdi, ayniqsa, u falsafa, mantiqshunoslik va tibbiyot sohasidagi tadqiqotlari bilan madaniyat rivojida so'nmas iz qoldirdi, dunyoga mashhur bo'ldi.

U o'z asarlarini arab va fors-tojik tillarida yozdi, bu tilda ajoyib she'rlar, ilmiy dostonlar ham yaratdi. Uning eng yirik asarlari sirasiga "Kitob qonun fi-t tibb" ("Tib ilmi qonuni"), "Kitob ash-shifo" ("Ruhni davolash kitobi"), "Kitob an-insof ("Insof kitobi") kiradi. "Al-qonun"ning ikkinchi kitobida 800 ga yaqin dori-darmonlarning xususiyatlari, ularni tayyorlash va iste'mol silish usullari buning isboti bo’la oladi. "Donishnoma" asarlari ham mavjuddir. Ibn Sinoning tibbiyotdan tashqari ko’plab tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan faol shug’illaganligi, muhim yutuqlarga erishganligi ham ibrat bo’larlidir.

Ibn Sinoning zamondoshi o'z davrining buyuk qomusiy katta olimi Abu Rayhon Beruniydir (973-1048). Beruniy 150 ga yaqin turli sohalarga oid asarlar va risolalar muallifidir. Beruniyning "Hindiston", "Geodeziya", "Farmokognoziya", "Mineralogiya", "Ma'sud qonuni", "O'tmish aviodlar xotiralari" kabi katta hajmdagi asarlari o'zbek, rus tiliga tarjima qilingan.

Tabiiy va ijtimoiy fanlar rivojiga birdek katta hissa qo’shgan, geologiya, minerologiya, geodeziya, geografiya, farmakologiya fanlarining tamal toshini qo’yishga muvaffaq bo’lgan Abu Rayxon Beruniy ham ilm-urfon osmonining porloq yulduzlari sirasiga kiradi. Uning qalamiga mansub "Saiydona", "Astronomiya kaliti", "Quyosh kitobi" singari asarlari necha asrlar davomida turli yo’nalishlarda faoliyat yurituvchi dunyo olimlari uchun bitmas-tuganmas ilmiy xazina rolini o’tab keladi. Olimning chuqur ilmiy yirik fundamental asariga - Hindiston to’g’risida so’z yuritgan akademik V.R.Rozen "Sharq va g’arbning qadimgi va O’rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti o’rasida bunga teng keladigan asar yo’q", deb baho bergan.

Ma'lumki arablar Iroq, Misr va Suriyani istilo qilgunga qadar yunon alifbosiga asoslangan raqamlardan foydalanganlar. VII asrdan boshlab esa arab alifbosi harflari bilan ifodalanuvchi raqamlar qo’llanilgan edi. Al-Xorazmiy Hindistonda kashf qilgan 10 raqamidan sanoq, tizimini o’rgandi, soddalashtirdi va birinchi marta arab tilda bayon qildi. Al-Xorazmiy "Arifmetika"si bilan birga hind raqamlari ham arab dunyosiga kirib keldi. XII asrda Yevropaning boshqa mamlakatalriga tarqaladi. Arab raqami hanuz jahonda shunday deb yuritiladi. Uni jahonga tanitgan Al-Xorazmiy ekani Abu Rayxon Beruniyning "Hindiston" asarida ham aytib o’tilgan. U o’z davridagi Bagdod ilmiy Akademiyasi Faoliyatiga rahbarlik qilgan, bu esa uning nufuzining ko’tarilishiga katta ta'sir ko’rsatgan.

Astronomiya, geografiya va boshqa fan sohalarida muhim kashfiyotlar qilgan Axmad al-Farg’oniy nomi ham mangulikka daxldor. Chunonchi, olimning "Astronomiya asoslari haqida kitob", "Al-Farg’oniy jadvallari", "Yetti iqlimni hisoblash haqida" singari asarlari allomaga astronomiya ilmida jahoniy shuhrat keltirdi. U Yer sharining ilk bor xaritasini tuzgan birinchi buyuk geograf olim hamdir. U nafaqat Sharq dunyosida shuhrat qozonib qolmay, balki g’arb olimlari e'tirofiga ham sazovor bo’lgan. Shu bois u Yevropada "Alfraganus" nomi bilan mashhurdir. Bejiz yurtboshimiz Al-Fargoniyni "...kishilik tarixidagi ilk Uyg`onish davrining eng zabardast va yorqin namoyandalaridan biri, o’z zamonasi fundamental fan asoschilaridan edi.

Yaqin Sharq, Markaziy Osiyolik olimu fuzalolar islom ilmi rivojiga buyuk hissalarini qo’shar ekanlar, fanning bu jabhasida, sirlar sirida ish ko’rgan zamon ulamolari va fuzalolari orasida buyuk qobiliyat egasi Abu Mansur Moturidiy nomi alohida ajralib turadi. Uning mashhur asarlari jumlasiga "Tavhid" asarini nisbat berish mumkin. Ushbu asar o’sha zamon va davr extiyoji sifatida dunyoga kelgan. Sababi Moturidiy yashagan davr islom olamining "Oltin davri" hisoblangan. Ana shu davrda islom ilm markazi Bag’doddan O’rta Osiyoga ko’chgan, Samarqand "Oltin davr" markaziga aylangan.

Moturidiy islom ilmidagi yuksak ilmiy muvoffaqiyatlari evaziga "Abu Mansur", ya'ni "Rolib ota" martabasiga musharraf bo’ldi. Islom shariati besh diniy-huquqiy mazhabdan iborat. Sunniylikda: xanafiya, molikiya, shofi'iya, hanbaliya mazhablari, shialikda esa ja'fariya mazhabi bor.

Tasavvuf - bu odamlarni xalollik, poklik, tenglik, inson qadr -qimmatini ulug’lash, o’z mehnati bilan kun ko’rish, boshqalar kuchidan foydalanmaslik va ijtimoiy adolat qoidalariga da'vat etuvchi ezgu ta'limotdir. Xuroson va Movarounnahr aholisi o’rtasida tasavvuf - falsafiy ilmiy taraqiyatida Yusuf Hamadoniy katta obru-e'tibor va hurmat qozongan. U asosan Buxoro shahrida yashab ijod qilgan, yoshlarga tasavvufdan saboqlar bergan hamda juda ko’plab shogirdlar tarbiyalagan. Yusuf Hamadoniy pir tutgan muridlaridan 213 tasi mashhur shayxlar bo’lib yetishganlar. Xoja Hasan Andog’iy, Xoja Abdulloh Barrahiy, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Abduholiq G’ijduvoniylar uning to’rt zabardast xalifasi hisoblanadi.

Yurtimizda ildiz otgan: Yassaviya (Ahmad Yassaviy), Kubroviya (Najmiddin Kubro), Naqshbandiya (Xoja Bahovuddin Nakshband) ta'limotlari, mohiyatan shunday olijanob g’oyalar ruhi bilan sug’orilgan. Jumladan, "Yassaviya" tariqatining bir qator asosiy qoidalari (odoblari)ga nazar tashlar ekanmiz, bunda insonlarning Alloh visoliga yetishish yo’lida tinimsiz izlanishlari hayotning turli-tuman sinov-sinoatlariga dosh berishlari, o’z e'tiqodlarida sobit, ezgulik haq yo’lida hamisha sa'i-harakatlarida bo’lishlari kerakligiga alohida urg’u berganligidir. Shu bois (Yassaviy "Hikmat"larida poklik, halollik, to’g’rilik, mehr-shavqat, o’z kuchi, peshona teri va halol mehnati bilan kun kechirish, Alloh taolo visoliga yetishish yo’lida insonni botinan va zohiran har tomonlama takomillashtirish kabi ilg’or umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilgan. Xuddi shunday yuksak g’oyalar Kubroviya, Nakshbandiya singari tariqatlarning mazmuni, mundarijasini tashkil etadi. Mamnuniyat bilan tilga olish lozimki, Najmiddin Kubro qalamiga mansub "Favo'ix al-Jamol va fatvoix al-Jalol", "Al-Usul al- ashora", "Risolatut-turyujabi” kabi 30 ga yaqin noyob asarlar mavjud. Uning tariqatida diniylik bilan dunyoviylik chambarchas bog’lanib ketgan. Uning asarlaridagi kishilarning halollik, odamiylik, molu-dunyoga hirs qo’ymaslik, o’z nojo’ya ishlaridan tavba qilishdek axloqiy-g’oyaviy, tarbiyaviy talab-qoidalar bizning kunlarimizda ham g’oyatda muhim ahamiyatga molikdir.O’z davrining komil insoni Bahovuddin Naqshband haqida gapiradigan bo’lsak, avvalo u asos solgan Nakshbandiylikning asosiy mohiyati "Qo’l ishda, Alloh dilda", "Kam yegil, kam uxla va kam gapir! " degan ulug’ nasihatlari o’ta hayotiydir. Naqshbandiya ta'limoti halol mehnat qilishga, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq, ilm-ma'rifat, xattotlik, badiiy adabiyot, musiqa bilan shug’ullanish kabi foydali kasb-hunarli va xayrli ishlar sari da'vat etadi16.




Download 53.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling