1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet78/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

1864 y. 27 oktyabrda Toshkent shahrini qamal qilishdi. Toshkentga Qo’qondan
Alimqul lashkarboshi boshliq qo’shinlar yetib kelishdi. To’qnashuvlarda rus qo’shinlari
talofat ko’rishib, Chimkentga chekinishdi. 1865 y. 9 mayda M.Chernyayev Toshkentga
qayta hujum boshladi. Shahar ruslar tomonidan 42 kunlik qamaldan keyin egallandi.
Shahar oqsoqollari 15 iyunda sulh tuzishga majbur bo’ldilar. 
Rossiya imperiyasi bosqinchilik siyosatini davom etdirib, 1866 y. Xo’jand va
qattiq qarshiliklardan keyin Jizzax shahrini bosib oldi. Rossiya hukumati yangi bosib
olingan joylarni idora qilish va bosqinchilik harakatlarini davom etdirish maqsadida
1867 y. 11 iyulida Turkiston general-gubernatorligini ta’sis etdi. Birinchi general-
gubernator qilib K.P.Kaufman tayinlandi. 1868 y. 1 mayda Kaufman 8300 nafar
qo’shin bilan Samarqandga hujum boshladi. Cho’ponota tepaliklarida Buxoro amiri
qo’shinlari yengildi. 2 mayda Samarqand, 18 mayda Kattaqo’rg’on shaharlari ruslar
tomonidan egallandi. 2 iyunda Zirabuloq yaqinida amirning 15 ming otliq, 6 ming nafar
piyoda qo’shinlari 14 ta yengil zambaragi bilan ruslarga qarshi jangga tashlangan.
Ularga qarshi ruslarning 18 ta piyodalar rotasi 14 ta to’p va 600 ta kazaklari jangga
kirgan. 
Zirabuloq jangi davom etayotgan kunlarda Abdumalik to’ra, Jo’rabek,
Bobobeklar boshchiligida 50 mingga yaqin o’zbek, tojik, turkman, qoraqalpoq qavmlari
Samarqanddagi ruslar garnizoniga hujum uyushtirdilar. Ruslar og’ir vaziyatda amir
qo’shinlari bilan jangni davom etdirib Samarqandga qo’shin yubormadilar. Tajribasizlik
va uquvsizlik tufayli amir qo’shinlari jangda yengildi. Samarqand himoyachilari ham
ig’vo tufayli sodir bo’lgan parokandalik tufayli mag’lubiyatga uchradilar. 1868 y. 23
iyunda imzolangan sulhga ko’ra, Zirabuloqqacha bosib olingan yerlar chorizm
ixtiyoriga o’tdi. Buxoro amirligi qaram davlatga aylantirildi. Qo’zg’olonchilarning
markazi Qarshi shahriga general Abramov boshchiligida 6 ta rota, 8 ta to’p va 200


kishilik batareya yuborildi. Shahar to’plar yordamida vayron etildi, aholisi qirg’in
qilindi. 
Rossiyaning keyingi harakati Xiva xonligini bo’ysundirishga qaratildi. Rus
qo’shinlari Xivaga uch tomondan yurish uyushtirib, yo’lda uchragan barcha shahar va
qishloqlarni talab, 1873 y. 29 mayda Xiva ostonalarida paydo bo’lgan ruslar
mudofaachilarga qarshi janglarda o’sha davrning zamonaviy qurollaridan o’q uzishgan.
Muhammad Rahimxon (Feruz) Xivani vayron bo’lishini istamay uni tashlab ketdi. Rus
qo’shinlari Xivani egalladilar. 1873 y. 12 avgustda tuzilgan Gandimiyon
shartnomasiga ko’ra xonlik Rossiyaga qaram davlatga aylantirildi. Amudaryoning o’ng
sohilidagi yerlar Rossiya ixtiyoriga o’tdi.
Qo’qon xonligining bir qator shaharlarini egallab, ularni zo’rlik bilan o’z
tasarrufiga kiritib olgan Rossiya bilan Qo’qon xonligi o’rtasida 1868 y. 13 fevralda
imzolangan shartnomaga ko’ra rus savdogarlari xonlik xududlarida erkin savdo qilish,
o’z savdo agentliklarini tuzish huquqiga ega bo’ldilar. Xonlikka tegishli yerlarning katta
qismi Rossiya ixtiyoriga o’tdi. Shunday vaziyatda, Xudoyorxon mustamlakachilar bilan
kelishish yo’llarini izlar edi. Bu mahalliy mulkdorlar o’rtasida noroziliklarni keltirib
chiqardi. 1873 y. ko’tarilgan Po’lotxon qo’zg’oloni kuchaygach, Xudoyorxon unga
qarshi Iso Avliyo, Abdurahmon Oftobachi va Sarimsoq eshik og’asi boshchiligida 4
ming kishilik qo’shin jo’natdi. Ammo qo’shinlar 1875 y. 17 iyulida qo’zg’olonchilar
tarafiga o’tib ketishdi. Xonning o’g’li, Andijon hokimi Nasriddinbek, xonning ukasi
Sulton Murodbek o’z qo’shinlari bilan qo’zg’olonchilar tarafiga o’tib ketishdi.
Qo’zg’olonchilar O’sh, Namangan, Andijon, Asaka kabi shaharlarni egalladilar. 20
iyulda xonning kichik o’g’li Muhammad Aminbek 4 ming qo’shini bilan
qo’zg’olonchilar safiga qo’shildi. Yakkalanib qolgan Xudoyorxon taxtni tashlab
Xo’jandga, 1875 y. avgustida 500 ga yaqin hamrohlari, 40 arava xazinasi bilan
Toshkentga fon Kaufman huzuriga panoh izlab keldi. Xudoyorxonning taxtga o’tirgan
o’g’li Nasriddinbek qo’zg’olonchilarga xiyonat qilib, uni bostirish uchun ruslardan
yordam so’radi. 1876 y. fevralda rus qo’shinlari qo’zg’olonni shafqatsiz bostirgach,
Qo’qon xonligi tugatildi. Shunday qilib, Buxoro amirligi va Xiva xonliklari qaram
davlatlarga aylantirilgan bo’lsa, Qo’qon xonligi xududlari Turkiston general-
gubernatorligi ixtiyoriga o’tkazildi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling