1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


nazariyasi, xalqning turmush tarzi, tili va milliy mentalitetini tasvirlashda etnografiya


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

nazariyasi, xalqning turmush tarzi, tili va milliy mentalitetini tasvirlashda etnografiya,
o’zbek tili va adabiyoti, dinshunoslik fanlari yutuqlaridan foydalaniladi.
Tarixshunoslik, manbashunoslik, arxeologiya, arxivshunoslik kabi maxsus fanlar
tarixni chuqur anglab yetishga ko’maklashadi.
-II-
1) O’zbekiston tarixi fanining nazariy-metodologik tamoyillari quyidagilardan
iborat:
- ilmiy xolislik (obyektivlik);
- tarixiylik;
- mantiqiy izchillik;
- vorislik va xronologik izchillik;
- g’oyaviylik va vatanparvarlik;
- qiyoslash, kuzatish, umumlashtirish;
- bahslashish, munozara yuritish va isbotlash;
- matematik hisoblash;
- shakllash va modellashtirish;
- ayrimlikdan umumiylikka (induksiya) va umumiylikdan ayrimlikka (deduksiya);
- etnografiya, arxeologiya, antropologiya, genealogiya va boshqa fanlarning
metodlaridan keng foydalanish va boshqalar.
2) O’zbekiston tarixi fanining nazariy-metodologik g’oyaviy asoslari:


- din bilan dunyoviylik o’rtasida mo’tadil munosabat bo’lishi va dunyoviylik aslo
dahriylik emasligi;
- tarixni milliy, umuminsoniy, muqaddas hodisa hamda qadriyat deb tushunmoq;
- tarixda hozirgi zamon sivilizasiyasi nuqtai nazari va bag’rikenglik asosida
yondashish;
- tarixiy taraqqiyot asosini evolyusion tadrijiy yo’l va islohotchilik tashkil etadi,
deb anglamoq;
- tarix, jamiyat va tabiat hamda insoniyat dialektika va sinergetika qonuniyatlari
asoslarida rivojlanishi haqiqat ekanligi;
- tarix milliy va umuminsoniy xotira, millat va xalqlarning joni, tani hamda
g’oyaviy-mafkuraviy muhofaza quroli ekanligi.
3) Metodlar:
- Dialektik metod. Dialektika (yunoncha – dialektike – rivojlanish to’g’risidagi
falsafiy ta’limot) olam yagona va yaxlit, unda sodir bo’ladigan hodisalar, voqyealar
umumiy va o’zaro bog’lanishi, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo’ladi, deb
ta’lim beradi. Bu degani olamda sodir bo’lgan hodisalar, voqyealar ma’lum bir
bog’lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyot jarayonida sodir bo’lishini
inobatga olmoq lozim. Demak, O’zbekiston tarixini o’rganar ekanmiz, uning jahon
tarixining bir bo’lagi ekanligini yodda tutmoq kerak.
Xolislik metodi. Tarixiy voqyea, hodisalarni o’rganish, tahlil etish va yoritishga
xolislik – haqqoniy, adolatli yondashuv muhim metodologik qoidadir. Xolislik qoidasini
tarixiy voqyea, hodisalarni o’rganayotganda ular bilan bog’liq bo’lgan barcha faktlarning
hyech bir istisnosiz butun majmui bilan birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga
asoslanishini talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda, o’zaro aloqada va
munosabatda deb o’rganish kerak.
- Tarixiylik metodi. Tarixiylik metodi o’rganilayotgan davr shart-sharoitlarini,
tarixiy muhitni inobatga olmoqni taqozo qiladi. Voqyea-munosabatlarni o’rganishda
tarixiy bog’lanish, tarixiy rivojlanish jarayoniga e’tibor qilmoq zarur. Har bir hodisa
qanday tarixiy sharoitda, muhitda bo’lganligini, bu hodisa o’z taraqqiyotida qanday
asosiy bosqichlarni o’tganligini, keyinchalik u qanday bo’lib qolganligini bilish tarixiylik
qoidasining asosiy talabidir.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling