1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Neandertal odami»
- 1 mln. yildan
- Ibtidoiy to’da
- «homo-habilis» - «ishbilarmon odam»
«Sinantrop» (lot. Sina – Xitoy va yunon. antropos – odam) bundan 600-500 ming yil
ilgarigi davrga oidligi aniqlangan. Undan tashqari eng qadimgi qazilma odam qoldiqlari Germaniyaning Geydelberg, Vengriyaning Budapesht shahri yaqinidan ham topilgan. 1856-1870 yillarda Germaniyaning Neandertal vodiysidan «Neandertal odami» (Germaniyaning Dyusseldorf shahri yaqinida; nomi shundan olingan) qoldiqlari topilgan. Hozirgi davrda olimlarning katta guruhi odamzodning dastlabki vatani Afrika degan fikrni ilgari sursa, yana bir guruh olimlar Yevropa deydilar. Boshqa bir guruh olimlar esa odam dastavval Osiyoning janubida paydo bo’lgan degan g’oyani ilgari suradilar. Yaqin yillarga qadar O’zbekiston hududlari eng qadimgi odamlar tomonidan 100 ming yillar ilgari o’zlashtirilgan deb hisoblanib kelinar edi. Ko’pchilik tadqiqotchilar O’rta Osiyo paleoliti haqidagi bahslarda bu jarayonni asosan Yevropa paleoliti bilan bog’lab kelar edilar. Ammo so’nggi yillarda O’zbekiston arxeologlari tomonidan olib borilgan ko’pgina tadqiqotlar bu masalaga ancha oydinlik kiritdi. 1980 yil arxeolog O’.Islomov boshchiligidagi tadqiqotchilar Farg’ona vodiysidagi Selung’ur (So’x tumani) g’oridan paleolit davri makonini ochishga muvaffaq bo’ldilar. So’nggi tadqiqotlar natijalariga qaraganda Selung’ur ilk paleolit davriga oid bo’lib, 13 madaniy qatlamdan iborat. Bu qatlamlardan juda ko’plab ibtidoiy tosh qurollar topilgan. Bu qurollar ko’p hollarda Olduvoy qurollariga o’xshab ketadi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda Selung’ur topilmalarining yoshi 1 mln. yildan ziyodroqdir. Selung’ur topilmalari orasidan eng qadimgi odam jag’ suyaklari, tishlari va yelka suyaklaridir. Fanda «Farg’ona odami» - «Fergantrop» deb nomlangan bu qazilma odam qoldiqlari eng qadimgi odam haqidagi tasavvurlarimizni yanada kengaytirish bilan birga O’rta Osiyo, xususan O’zbekistonning insoniyat paydo bo’lib rivojlangan o’choqlaridan biri ekanligini uzil-kesil isbotlaydi. -III- O’rta Osiyoning ibtidoiy jamoa tuzumi davrini o’rganishdagi eng katta muammolardan biri – uzoq tarixiy davrni tashkil etuvchi bu bosqichni davrlarga bo’lish muammosidir. Biroq so’nggi yillardagi olimlarning olib borgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko’ra, hozirgi paytda O’rta Osiyo hududi ibtidoiy jamoa tuzumi umumiy ko’rinishda paleolit – qadimgi tosh davri, mezolit – o’rta tosh davri, neolit – yangi tosh davri, eneolit – miss-tosh davri, bronza davri va temir davriga bo’linadi. 1) PALEOLIT – ibtidoiy mehnat qurollari toshdan yasalganligi sababli eng qadimgi davrni tarixchilar paleolit (grekcha «palaios-palayos» - qadimgi, «lithos-litos» - tosh degan ma’noni bildiradi) – qadimgi tosh davri deb ataydilar. Paleolit davri o’z navbatida uch bosqichdan – ilk paleolit, o’rta paleolit va so’nggi paleolitdan iborat. Hozirgi O’zbekiston hududida m.a.1,2-1 mln. avval – ilk paleolit davri boshlandi. Ilk paleolitning o’ziga xos tomoni shundaki, bu davrda odamlar va ularning dastlabki mehnat qurollari vujudga keladi. Biroq tosh qurollaridan boshqa mehnat qurollari bizgacha yetib kelmagan. Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham hozirgi qiyofadagi aql-idrokli odamlardan ajralib turadilar. Ular asosan to’da-to’da bo’lib, ya’ni ibtidoiy to’da shaklida termachilik va ovchilik bilan tirikchilik o’tkazganlar hamda tabiat oldida ojiz bo’lib, unda mavjud bo’lgan tayyor mahsulotlarni o’zlashtirib yashaganlar. Ibtidoiy to’da – turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasidir. Bu davrda odamlar o’rtasida oilaviy aloqalar hali aniq tartibga tushmagan. Markaziy Osiyoda bu davrda yashagan ibtidoiy odamlar sinantrop nomi bilan ataladi. Sinantroplar g’or va ung’urlar og’zidan makon topib turli jonzotlarni ovlash, o’simlik ildizlari va yovvoyi mevalarni terish bilan kun kechirganlar, olov hosil qilishni hali bilmaganlar. Ayni vaqtda toshdan mehnat qurollari yasab, ulardan ilg’itgich, urgich, chopg’ich, kavlagich va kesgichlar sifatida foydalanganlar. Shu tufayli ularni «homo-habilis» - «ishbilarmon odam» deyiladi. O’zbekiston hududlaridagi Selung’ur (Farg’ona vodiysidagi), Ko’lbuloq (Toshkent viloyatidagi), Uchtut (Buxorodagi) makonlari ilk paleolit davriga oiddir. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling