1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8



1-MAVZU: O’ZBEKISTON TARIXI FANINING PREDMETI, UNI
O’RGANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Reja:
1.
O’zbekiston tarixi fanining predmeti va tadqiqot obyekti.
2.
O’zbekiston tarixini o’rganishning nazariy-metodologik tamoyillari va
g’oyaviy asoslari.
3.
O’zbekiston tarixining dolzarb muammolari, davrlashtirish va tarixni
o’rganishda manbalarning ahamiyati.
4.
O’zbekiston tarixi fanining yoshlarni har tomonlama ezgu fazilatlar
ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati.
Tayanch so’z va iboralar: Tarix fani predmeti va obyekti. Metodologik
tamoyillar. Dialektik metod. Milliy istiqlol g’oyasi. Vatan tarixini davrlashtirish. Moddiy
manbalar. Yozma manbalar. Tarixiy xotira.
-I-
O’zbekiston tarixi umumjahon insoniyat tarixining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu
fan xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi, aks ettiruvchi ko’zgu, ijtimoiy, siyosiy,
tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar majmuasidir. 
Tarixiy haqiqat to’la ro’yobga chiqishi, haqqoniy tarix yozilishida tarix fanining
predmeti va obyektini to’g’ri belgilanishi o’ta muhim ahamiyatga ega.
Tarix fani o’z xususiyatiga ko’ra:
- Birinchidan, o’zining butun diqqat e’tiborini faqat o’tmishga qaratadi, undan
saboq beradi, xulosa chiqaradi, ajdodlarimizning hayot tarzini, ular yaratgan moddiy-
madaniy, ma’naviy-mafkuraviy qadriyatlarni o’rganadi.
- Ikkinchidan, tarixiy voqyea va hodisalar qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik –
xronologik asosda o’rganiladi.
- Uchinchidan, O’zbekiston tarixi fani o’tmishdagi iqtisodiy-ijtimoiy hayotning
ahvoli, rivojlanishi va tanazzulining sabab hamda oqibatlarini o’rganadi, ulardan kelajak
uchun saboq va xulosa chiqaradi.
- To’rtinchidan, O’zbekiston tarixi fani ko’p qirralik va xilma-xillik xususiyatiga
ega. U jamiyat taraqqiyoti va inqirozlarining faqat bir tomonigina emas, balki
jamiyatning hamma tomonlarini uzviy o’zaro bog’liklikda, bir butunlikda o’rganadi.
O’zbekiston tarixining o’rganish predmetiga mana shu makondagi jamiiyki
xilma-xil voqyea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda
qonuniyatlar hodisasi va jaryonlar, umuman xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyati
kiradi.


O’zbekiston tarixi fanining o’rganish obyekti O’zbekistonning tarixidir. Tarixiy
obyektga nisbatan O’zbekiston tarixi fanining maqsadi, vazifasi, yo’nalishi va faoliyati
doirasi yoki chegarasi belgilanadi. Ma’lum bir ma’noda obyekt bilan predmet bir-biriga
juda yaqin tushuncha bo’lsada, ular tarix fanida tutgan o’rni va vazifasi bilan farqlanadi.
Obyekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar,
ma’lum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog’liq bo’lib, shular doirasidagi voqyea
va hodisalarni bir butun va yaxlitlikda o’z ichiga oladi.
Predmet esa mana shu bir butun obyekt ichidagi aniq tarixiy-madaniy, ijtimoiy-
iqtisodiy jarayonlardan iboratdir. O’zbekiston tarixi fani fan sifatida ijtimoiy-siyosiy,
umuminsoniy fan bo’lib, inson va millat, o’z o’tmishini bilishi, o’zligini o’zi anglashi
hamda kelajagini belgilashida asosiy dasturamal hisoblanadi.
O’zbekiston tarixi fani yakka holda rivojlanmaydi. U ijtimoiy-gumanitar fanlar
bilan doimo o’zaro aloqada turadi. Insoniyat hayotining ma’no-mazmunini va jamiyat
taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari haqida fikr yuritganda falsafa, davlat qurilishi va
jamiyatni boshqarish masalalarida politologiya, iqtisodiy hayotni yuritishda iqtisodiyot

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling