Dastlabki davlatlar sug’oriladigan dehqonchilik hududlari – Misr, Mesopotamiya,
Elam (hoz. Eron hududida), Hindiston va Xitoyda bundan
4-5 ming yillar muqaddam
vujudga keldi. Davlatning tashkil topish jarayonida piramida shaklida bunyod etilgan
jamiyat vujudga keldi:
- eng yuqorida yagona hukmdor (podshoh, fir’avn, xon va h.k.):
- quyiroqda – uning eng yaqin safdoshlari, maslahatchilari (vazirlar, amirlar);
- ulardan keyin
quyi martabali amaldorlar;
- piramidaning asosini esa qishloq jamoalari tashkil etadi.
Davlat, davlatchilik o’z mohiyati bilan insonlarning
dolzarb talablarini, tub
ehtiyojlarini amalga oshirishga, ularning
huquqlarini himoya qilishga, jamiyatda
barqarorlik o’rnatish va uni saqlashga mo’ljallangan tashkilot, u muayyan jamoa, elat,
xalq tomonidan tashkil etilgan maxsus guruh bo’lib, uning ma’lum huquqlarga ega
bo’lgan vakillari mavjud. Davlat siyosiy tashkilot
sifatida jamiyatni uyushtiradi,
hokimiyat bilan xalqni uyg’unlashtirishga harakat qiladi.
Davlatchilik quyidagi shart-sharoitlar bilan xarakterlanadi: 1)
muayyan hudud; 2)
Do'stlaringiz bilan baham: