1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

usuliga asoslangan «Sharq yo’li» bo’lib, unda iqtisodiyotning asosini sug’orma
dehqonchilik tashkil etgan. Ishlab chiqarishning osiyocha usuli m.a. 5 ming
yillikdan m. I asrgacha daryolar vodiylarida joylashgan Misr, Bobil, Xitoy,
Hindiston, O’rta Osiyo kabi hududlarda yoyilgan. Davlat tuzilmasining «Yevropacha
yo’li» Yevropa hududida m.a. V asrdan boshlab m. III asrgacha qadimgi yunon
polislarida mavjud bo’lgan. Ularda xususiy mulkchilik shakllanishi tufayli kelib
chiqqan jamiyatning ijtimoiy-mulkiy tabaqalanishuvi jarayoni asosiy omil bo’ldi.
M.a. 4 ming yillik eneolit davridayoq O’rta Osiyoning janubida sug’orma
dehqonchilik vujudga keldi, aphorlar va ariqlar ochildi, unumdor yerlardan keng
foydalanib, turli o’simliklar ekildi, mevachilik ham rivojlandi. Bronza davrida esa
sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik O’rta Osiyo xo’jaligining asosini tashkil
etdi. Sug’orma dehqonchilikning yuqori unumdor shakllari jamiyatda hal qiluvchi
o’zgarishlarga olib keldi. Xususan, dehqonchilik rivoji natijasida qo’shimcha
mahsulot va xususiy mulk ko’rinishlari paydo bo’ldi.
4) Ilk davlatlarning paydo bo’lishida sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik
xo’jaligi bilan bir qatorda hunarmandchilik, o’zaro ayirboshlash, savdo-sotiq va
madaniy aloqalarning ham ahamiyati nihoyatda katta bo’lgan. Dastavval shuni aytish
joizki, O’rta Osiyo hududlarida yashagan aholi qadimgi davrlardan boshlab o’zaro
munosabatlarni rivojlantirib kelganlar. Bronza davriga kelib shimoldagi
ko’chmanchi chorvador qabilalar va janubdagi o’troq do’hqonchilik aholisi o’rtasida
o’zaro mol ayirboshlash va madaniy aloqalar yanada jadallashadi. Bu o’rinda o’sha
davrda shakllanib keyinchalik ancha rivojlangan qadimgi yo’llarning ahamiyati
beqiyos bo’ldi. O’rta Osiyo qadimgi aholisi mintaqadan tashqari qo’shni davlatlar
bilan ham o’zaro iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirganlar, bu jarayon ham ilk
davlatchilikning asosiy omillaridan hisoblanadi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling