1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


yillardagi yurishlari) va Shopur II ning (209-279)


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

yillardagi yurishlari) va Shopur II ning (209-279) kushonlarga bergan zarbalari hal
qiluvchi o’rin tutdi. M. III asrning 1-yarmi yoki o’rtalarida Kushon podsholigi
barham topgan.
4-MAVZU: O’ZBEK XALQINING ETNIK SHAKLLANISHI
Reja:
1. Urug’, qabila, elat, xalq va millat tushunchalari.
2. O’rta Osiyoning qadimgi aholisi.
3. O’zbek xalqining etnogenezi va uning shakllanish bosqichlari.
4. O’zbeklarning etnik tarixi. «O’zbek» atamasi.
Tayanch so’zlar va iboralar: Urug’, qabila, elat, xalq va millat tushunchalari.
Sug’diylar, baqtriylar (baxtariylar) xorazmiylar, saklar va massagetlar. O’zbek
xalqining etnogenezi, xioniylar, kidariylar (toxarlar), eftaliylar. O’zbek xalqining etnik
tarixi, «O’zbek» atamasi.


- I -
O’zbek xalqi uzoq va voqyealiklarga boy tarixga ega bo’lib, uning xalq sifatida
shakllanishi masalasini o’rganishda dastlab urug’, qabila, elat, xalq, millat
tushunchalari to’g’risida to’xtalib o’tamiz.
URUG’ (eski o’zbek) – bir ajdoddan tarqalib (bir ona yoki otadan), umumiy bir
nom bilan ataluvchi qon-qarindoshlik jamoasi. Qadimdan qon-qarindoshlik rishtalari
bilan bog’langan, bir ildizga borib taqaladigan, turmush tarzi, yashash sharoiti bir xil
bir necha oilalar birikuvidan hosil bo’lgan. Qarindoshlik hisobi ona (ona urug’i) yoki
ota (ota urug’i) bo’yicha olib borilgan. Urug’ jamoasining o’z yetakchisi – oqsoqoli
bo’lgan. Urug’ jamoasi hamma narsada, har bir masala-yu, say-harakatlarda
oqsoqolning izmida bo’lgan. Urug’lar qabilalarga birlashgan. Jamiyatda
tabaqalanishning paydo bo’lishi bilan urug’lar bo’linib ketgan. Urug’-qabilalarga
bo’linish qoldiqlari ba’zi xalqlarda saqlanib qolgan.
QABILA (arab.) – urug’, urug’-aymoq – bir ota-onadan tarqalgan bir nechta urug’
uyushmasi; qabila urug’ga nisbatan yirik bo’lib, bir nechta urug’larning birlashuvidan
hosil bo’ladi. Qabilaning o’ziga xos tili (lahzasi), hududi, qabila nomining
(etnonimining) bo’lishi va o’ziga xos qabila an’analarini, uning a’zolari tomonidan
bilishi bilan boshqa qabilalardan ajralib turadi. Qabila hayotiga doir ishlarga boshchilik
qiladigan qabila oqsoqoli saylangan, muhim masalalar bo’yicha qabila yig’inlari
o’tkazilgan.
Qabilalar o’rtasida xo’jalik, moddiy va madaniy aloqalar rivojlanishi natijasida
ular qo’shilishib, birlashib ketadilar. Natijada ularning yetakchi, nufuzli guruhi nomi
bilan yangi etnik birlik – elat yoxud xalq shakllanadi.
ELAT – mug’ulcha, turkiycha so’z bo’lib, kishilarning til, hudud, iqtisodiy va
madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan millatdan oldingi birligi. Elatning shakllanishiga
bir-biriga yaqin bir necha qabilalarning uyushuvi asos bo’lgan. Ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida qabilalar orasidagi etnik, xo’jalik, moddiy va
madaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida bir qancha qabilalar
birlashadilar. Natijada etnik birlikning yangi turi vujudga keladi. Bu elat deyilib,
ma’lum tarixiy sharoitda hududiy, iqtisodiy, til va madaniy umumiylik asosida
shakllanadi.
XALQ – 1) muayyan mamlakatning barcha aholisi; 2) tarixiy birlikning turli
shakllari (qabila, elat, millat). Xalqlarning kelib chiqqan tarixini (etnogenezini) va
shakllanish jarayonini o’rganishda ijtimoiy fanlarda «etnos» (yun. «xalq») va «etnik
birlik» iboralari qo’llaniladi. Xalq – bu biologik hosila emas, balki uzoq davom
etadigan etnogenetik jarayonlar mahsuli va etnik birliklar yig’indisidir. Etnos atamasi,


ya’ni xalq juda keng va tor ma’noda ishlatiladi. Masalan, keng ma’noda: O’zbekiston
xalqi, Rossiya xalqi, dunyo xalqi; tor ma’noda: o’zbek xalqi, qirg’iz xalqi, tojik xalqi.
Kichik bir guruh kishilariga nisbatan ham «xalq» iborasi qo’llaniladi. Kishilar
birlashuvining tabiiy negizi – hudud umumiyligi, shuningdek, ular tilining yaqinligi
yoki umumiyligi etnik birlikning, ya’ni xalqning vujudga kelishida asosiy shart
hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda xalqning shakllanishida iqtisodiy va madaniy
umumiylik omillari ham muhim rol o’ynaydi. Biroq ushbu ko’rsatilayotgan hududiy,
til, iqtisodiy va madaniy umumiylik bir paytning o’zida yuz bermaydi, aksincha
muayyan tarixiy bosqichlarda shakllanib tarkib topadi.
MILLAT (arab.) – til, ma’naviyat, milliy o’zlikni anglash, ruhiyati, urf-odatlar,
an’analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi ijtimoiy-
iqtisodiy aloqalar bilan bog’langan mustaqil subyekt sifatida o’ziga xos moddiy va
ma’naviy boyliklarni yaratuvchi kishilarning etnik birligi. Millat ma’lum hududda
barqaror yashab, tarixiy taraqqiyot davomida rivojlanib, kishilarning ma’naviy-ruhiy
salohiyat yagonaligi asosida shakllanadi. Mutaxassislarning fikricha, Yer yuzida uch
mingga yaqin millat bo’lib insoniyatning o’rta hisob bilan 96%ini birlashtiradi. Qolgan
4% elat va qabilalardir. Har bir millat nufuzi bir necha o’n mingdan bir necha yuz
milliongacha boradi. Millatlar besh yirik guruhga bo’linadilar: A) buyuk millatlar - yuz
milliondan ortiq aholi; B) katta millatlar - 50 milliondan 100 milliongacha; V) yirik
millatlar - 10 milliondan 50 milliongacha; G) o’rta millatlar – 1 milliondan 10
milliongacha; D) kichik millatlar – bir necha o’n mingdan 1 milliongacha.
- II -
O’lkamizning qadimgi aholisi tosh va bronza davrlarida qanday nom bilan
atalganliklari hozirda noma’lum. Yurtimizning qadimgi etnik guruhlari haqidagi
ma’lumotlar dastlab Sharq va yunon-rim manbalarida tilga olinadi. Bu manbalarning
guvohlik berishicha, m.a. VII-VI asrlarda O’zbekiston hududida sug’diylar,

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling