1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


baqtriyaliklar, xorazmiylar, sak va massaget


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

baqtriyaliklar, xorazmiylar, sak va massaget elatlari yashaganlar. Ular o’zbek
xalqining ham ajdodi hisoblanadi.
SUG’DIYLAR. Zarafshon vodiysi va Qashqadaryo vohasida dehqonchilik bilan
shug’ullanuvchi ko’plab aholi istiqomat qilgan. Bu hududda yashaydigan qadimgi aholi
sug’diylar, sug’dlar deb atalgan. Bu hudud Sug’da («Avesto»da), So’g’uda (Behistun
yozuvlarida), Sug’diyona (yunon-rim manbalarida) deb nomlangan. Bu mintaqada
sug’diylar etnik uyushma sifatida m.a. XII-XI asrlarda bo’lgan.
Sug’diylar har 2 vohada dehqonchilik va shahar madaniyatining shakllanishida
muhim rol o’ynagan. M.a. VIII-VII asrlarda Ko’ktepa, Afrosiyob, Uzunqir,
Yerqo’rg’on shahar xarobalari o’rnida bo’lgan qadimgi shaharlar Sug’d xalqi


shaharsozligining ilk yirik markazlari edi. Sug’diylar uzoq muddat turli saltanatlar
tarkibida bo’lib kelganlar. Jumladan, axomaniylar, yunonlar, kushonlar, xioniylar,
eftaliylar, kidariylar, Turk xokonligi davrida ham nisbiy mustaqillik ruhini saqlaganlar.
M.a. II-I asrlardan boshlab sug’diylar o’z hududlarida yangi konfederativ davlat
tizimi atrofida birlashdilar. Asosiy poytaxt shaharlar Samarqand boshchiligida Kesh,
Buxoro, Naxshab (Nasaf) kabilar edi. Ayni shu davrdan umumsug’d alifboli yozuvi
amal qila boshlagan va uning ko’plab yodgorliklari bizgacha yetib kelgan.
BAQTRIYALIKLAR. Sug’diylarning eng yaqin qo’shnilari baqtriyaliklar bo’lib,
ularning yurti Surxondaryo vohasi, Afg’onistonning shimoli, Tojikistonning janubiy
hududlarida joylashgan. Baqtriyada asosan oromiy yozuvidan va mahalliy tillardan
foydalanilgan.
XORAZMIYLAR (xorasmiy). Qadimgi Xorazmda (Amudaryoning quyi oqimi)
yashab, xorazmiy tilida so’zlagan xalq. Ularning yurti Xvarizam («Avesto»da),
Xvarazmish (Behistun yozuvlarida), Xorasmiya (yunon-rim manbalarida) deyilgan.
Taxminlarga ko’ra, xorazmiylar Hilmand vodiysi (Hirot atrofida)dan Amudaryoning
quyi oqimidagi yerlarga m.a. 1-ming yillik o’rtalarida ko’chib kelganlar.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling