1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

davlatini (IV-V asrlar) barpo qilishgan. Boshqa bir guruh tadqiqotchilar esa
xioniylarning dastlab Orol dengizi shimolida yashaganligi va yirik massaget qabilalar
ittifoqiga mansub bo’lib, xunnlar bilan aralashganligini ta’kidlaydilar. Ularning
fikricha, yunon va lotin tilidagi asarlarda xioniylar «oq xunnlar» deb atalgan. IV
asrning 70-yillarida xioniylar sosoniylar Eroniga qarshi hujum uyushtirib,
muvaffaqiyatga erishganlar. Shuningdek, sosoniy podsholar Varaxran (418-438),
Yazdigard II (438-457) davrlarida ular Eronning eng yirik raqibiga aylanganlar.
Xioniylar davlati 120-yildan oshiqroq hukmronlik qilgan.
Kidariylar. V asrning 20-yillarida sharqdan Sirdaryo va Orol bo’ylari orqali
Xorazm hamda Amudaryo havzasiga yana bir ko’chmanchi chorvador aholi – toxarlar
kirib keladi. Toxarlar kushonlarning avlodlaridan bo’lib, Kidar ismli hukmdori ularga
yo’lboshchi edi. Shuning uchun ular kidariylar nomi bilan tilga olinadi. Tez orada
kidariylar Amudaryo havzasi hamda g’arbiy va janubiy Sug’d yerlarini ishg’ol etib,
Xioniylar davlatining janubiy qismida o’z hukmronligini o’rnatganlar. Balx shahri esa
bu yangi davlatning poytaxtiga aylantirilgan.
V asrning 30-50 yillarida kidariylar bilan sosoniylar o’rtasida ziddiyat tobora
kuchayib, ular bir-biriga dushman bo’lib qolgan. Bu ikki davlat o’rtasida 456-yilda
bo’lib o’tgan navbatdagi to’qnashuvda sosoniylardan qaqshatgich zarbaga uchragan
kidariylar o’zini qayta tiklab ololmaydi. Buning ustiga tez orada kidariylar shimoldan
janubga tomon siljigan yana bir ko’chmanchi chorvador aholi – eftallar bilan
to’qnashadilar. Natijada, kidariylar O’rta Osiyoni tark etib, janubga – Shimoliy
Hindistonga chekinadilar. U yerlarda ular 75-yil hukmronlik qiladilar.
Eftaliylar. O’rta Osiyoning shimoli sharqidan Movarounnahrning ichki
viloyatlariga kirib, m. V asrda davlat barpo etgan qabila ittifoqi. Eftaliylar O’rta
Osiyo, Hindiston, Afg’oniston, Eron va Sharqiy Turkiston tarixida muhim rol
o’ynagan. V asrning o’rtalarida diyorimizga kirib kelgan eftallar yozma manbalarda
eftal, xaftal, xaytal degan nomlar bilan tilga olinadi. Eftaliylar davlati VI asrning 60-

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling