1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


- IV – O’zbeklarning etnik tarixi uning etnogenezi kabi uzoq davom etadigan etnomadaniy jarayon bo’lib, bu jarayon to XIX asrning o’rtalarigacha


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

- IV –
O’zbeklarning etnik tarixi uning etnogenezi kabi uzoq davom etadigan
etnomadaniy jarayon bo’lib, bu jarayon to XIX asrning o’rtalarigacha davom etadi.
O’zbek etnik tarixida XV asr oxiri XVI asrlar ham muhim davr hisoblanadi. Ushbu
bosqichda O’rta Osiyoga mang’it, qo’ng’irot, nayman, uyg’ur, kenagas, qirq va boshqa
Dashti Qipchoq o’zbek etnik guruhlarining navbatdagi to’lqini kirib keldi. Natijada
Movarounnahr aholisining etnik qiyofasida ularning alomatlari faollashgan.
Dashti Qipchoqdan 2 daryo oralig’i va Xorazmga kelib o’rnashgan etnik guruhlar
“o’zbek” nomi ostida mahalliy aholi etnik rang-barangligini birmuncha ko’paytirgan
bo’lsalar hamki, lekin uning etnik tarkibini tubdan o’zgartirib yubormagan. Ushbu
etnoslar shakllangan o’zbek xalqining tarkibiga kelib qo’shilgan navbatdagi etnik
komponent edi, xolos. Ular Movarounnahr va Xorazm aholisining turmush tarziga,


an’analariga, madaniyatiga, xo’jalik faoliyatiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan yangi tipdagi
madaniy qatlam hosil qilgan.
O’z o’rnida aytib o’tish lozimki, “o’zbek” etnonimining kelib chiqishi bo’yicha
fanda yakdil fikr mavjud emas. Ayrim mualliflar Dashti Qipchoqda ko’chib yurgan
turk-mo’g’ul qabilalarining bir qismi o’zlarini erkin tutganliklari sababli «o’zbek»,
ya’ni «o’z-o’ziga bek» deb atagan desalar, boshqalar «o’zbek» etnonimini Oltin O’rda
xoni O’zbekxon bilan bog’laydi. Yana bir guruh olimlar esa o’zbek nomi Oq O’rda
(Dashti Qipchoqning sharqiy qismi)da ko’chib yurgan turk-mo’g’ul qabilalariga
taalluqli degan fikrni ilgari suradilar.
Ba’zi olimlarning fikricha, o’zbek xalqi asosan ikki etnik qatlamdan tashkil
topgan. Birinchi qatlam O’rta Osiyo hududlarida shakllangan. Ikkinchi qatlam esa
Volga, Irtish daryolari bo’ylaridan tortib, to Xorazmning shimoli, Sirdaryoning o’ng va
quyi oqimigacha bo’lgan hududlarda shakllangan. Bu makon o’tmishda turlicha nomlar
bilan, xususan, Dashti Qipchoq, Oltin O’rda, o’zbek viloyati, o’zbek mamlakati, o’zbek
ulusi deb atalgan.
O’zbek xalqi ham elatdan millat darajasiga ko’tarilgan va jahon sivilizasiyasi
tarixida o’z o’rniga ega bo’lgan xalqdir. Hozirda o’zbek millati tarixining boshlanish
nuqtasini belgilash dolzarb muammoli masala hisoblanadi. Akademik A.Asqarov
o’zining «O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi» nomli asarida «o’zbek xalqining
millat tarixi XIX asr oxiri – XX asrning boshlaridan boshlanadi» deb ta’kidlaydi.
Bunda olim O’rta Osiyoda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, Rossiya
imperiyasining xonliklarga qilgan harbiy harakatlari asosida Turkiston hududiga turli
xalqlarning kirib kelishi jarayoni natijasida o’zbek xalqining etnik tarkibi o’zgarishi,
son jihatdan ko’payishi elat ko’rinishidan millat darajasiga o’tishini nazarda tutgan
bo’lsa kerak.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling