1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
-MAVZU: V-XII ASRLARDA O’RTA OSIYODA IJTIMOIY-SIYOSIY
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar va iboralar
- «dehqon»
- Poykand yoki Balx
5-MAVZU: V-XII ASRLARDA O’RTA OSIYODA IJTIMOIY-SIYOSIY,
IQTISODIY VA MADANIY HAYOT Reja: 1. Eftaliylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot. 2. Turk xoqonligi davrida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy xayot. 3. Arab xalifaligi davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy xayot. 4. Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davlatlari. Tayanch so’zlar va iboralar: Dehqon, feodal munosabatlar, feodal yer egaligi, kadivarlar, kashovarzlar, chokar, eftallar, mazdakchilik, turk, Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, Qur’on, arablar istilosi, Movarounnahr, soliq siyosati, Muqanna, islom dinining yoyilishi, Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar. -I- M. IV-V asrdan O’rta Osiyo hududida yerga egalik munosabatlari, ya’ni feodal ishlab chiqarish munosabatlari qaror topa boshladi. «Feodal» lotincha – «katta yer egasi» ma’nosini anglatadi. Bu davrdan yerga bo’lgan munosabat o’zgarib bordi. Yangi yerlar o’zlashtirildi. Bu yerlarning asosiy qismi ma’lum bir kishilar – zodagonlar qo’lida to’planib bordi. Bu yirik yer egalari ziroatkor dehqonlar ustidan hukmronliklarini o’rnatdilar. Bu mulkdorlar ilk o’rta asrlarda «dehqon», ya’ni «qishloq hokimi» nomi bilan shuhrat topgan. Ularga qaram kishilar «kadivar», ya’ni «qishloq qo’rg’onlarida yashovchilar», deb atalgan. Ilk o’rta asrlarda kadivarlar (asosan, yersiz va yerga muhtoj qishloq mehnatkashlari) O’rta Osiyodagi asosiy ijtimoiy tabaqa hisoblangan. O’rta Osiyo hududida yerga egalik munosabatlarining shakllanishi jarayonida m. V asr o’rtalariga kelib, bu yerda yangi bir qudratli davlat – Eftaliylar (eftalitlar) davlati vujudga keldi. Uning hududi hozirgi Afg’onistonning katta qismi, O’rta Osiyo va Sharqiy Turkistonning sharqiy va janubiy-sharqiy viloyatlarini o’z ichiga olgan. Uning asosiy negizini Baqtriya – Toxariston tashkil etgan. Shu yerdan turib eftaliylar qo’shni mamlakatlarga yurishlar qilganlar. Eftaliylar davrida davlatning boshida podsho turgan. Ammo taxt otadan bolaga meros bo’lib qolmay, sulolaning eng loyiq deb topilgan kishisiga berilgan. Eftaliylarda aholining asosiy qismi dehqonchilik bilan mashg’ul bo’lgan, ayrim qismigina ko’chmanchilik asosida yashagan. Jamiyatda zodagonlarning mavqyei kuchayib borgan va ular ko’proq shaharlarga kelib yashay boshlaganlar. Eftaliylar davlatining siyosiy markazi – poytaxti qayerda bo’lganligi to’g’risida qat’iy aniq ma’lumotlar yo’q. Taxminiy fikrlarga ko’ra bunday markaz Poykand yoki Balx shahri bo’lgan deyiladi. Eftaliylar Eron, Vizantiya, Hindiston, Xitoy kabi mamlakatlar bilan elchilik, savdo-sotiq munosabatlarini olib borishgan. Bu savdo jarayonida sosoniy tangalar bilan bir qatorda mahalliy tangalar ham qo’llanilgan. Eftaliy podsholigida sug’d tilining keng qo’llanilganligi to’g’risida manbalar yetarli darajada ma’lumot beradi. Sug’d yozuvidan tashqari, undan biroz farq qiluvchi buxorocha yozuv, xorazmiy va eftallar yozuvi keng tarqalgan. Eftallar alifbosida 25 ta harf bo’lgan. Ushbu davlatda har xil diniy g’oyalarga e’tiqod qilish davom etgan. Eftaliylarda moddiy madaniyat taraqqiy etgan. Binokorlik, naqqoshlik, tasviriy san’at rivojlangan. Eftaliylar davri tarixiga oid ba’zi bir moddiy madaniyat yodgorliklari saqlanib qolgan. Bular eftaliy shohlari yozgi qarorgohi – Varaxsha yodgorligi (V asr), Xorazm viloyati hududidagi Firqal’a, Buxoro viloyatida Poykend, Termiz yaqinidagi Bolaliktepadan topilgan saroy va boshqalardir. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling