1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

V asr o’rtalarida tashkil topgan eftaliylar davlati VI asrning o’rtalariga kelib,
markaziy hokimiyatning zaiflashuvi va kichik-kichik mayda hukmdorlarning
raqobatlari natijasida asta-sekin yemirila boshladi.
-II-
Turk xoqonligiVI asrning o’rtalariga kelib Oltoy, Yettisuv va O’rta Osiyodagi
turli qabilalar va xalqlar birlashib katta Turk xoqonligi davlatini tashkil qildilar.
«Turk» so’zi – baquvvat, barkamol, odillik kabi ma’nolarni anglatadi.
VI asrning 2-yarmida Turk xoqonligiga qadar mintaqada ikkita yirik davlat:
Eftaliylar va Jujanlar davlati mavjud bo’lgan. VI asr boshlarida Oltoydagi turkiy
qavmlar orasida Ashin urug’ining mavqyei ko’tariladi. Ashin urug’iga mansub Asan va
Tuu 460-545 yillarda boshqa urug’larni o’zlariga bo’ysundiradilar va Oltoyda turkiy
qabilalar ittifoqiga asos soladilar. Tuuning o’g’li Bumin 545-yil Tele qabilasini ham
bo’ysundiradi. Bumin Jujan xonligiga tobelikdan chiqish uchun kurashadi va 551-yilda
Jujan xonining qo’shinlarini yengib, ularni o’ziga bo’ysundiradi. Xuddi shu yili Bumin
yangi davlat – Turk xoqonligiga (551-745) asos soladi. Bumin Ili daryosi bo’yida
hukmdor deb e’lon qilinib, «Ili qag’an» degan unvonni oladi. Endi hukmdor o’zini
xoqon (turkiycha – qag’an) deb yurita boshladi. Oltoydagi O’tikan shahri
xoqonlikning poytaxti qilib belgilandi.
553 yilda Buminxon vafot etgach, hokimiyatga uning katta o’g’li Mug’anxon
(553-572) o’tiradi. Mug’anxon 558 yilda jujanlarga so’nggi bor qaqshatqich zarba
berib, o’z davlati hukmronligini Tinch okeangacha bo’lgan hududlarda
mustahkamlaydi. Uning amakisi Istami (unga «Yabg’u» - bahodir unvoni ham
berilgan) bo’lsa, bu davrda xoqonlik hududini g’arbga tomon kengaytirib, Yettisuv,
Qashg’ar va boshqa hududlarni egallaydi. 563-567 yillar davomida Istami yabg’u
qo’shinlari eftaliylar davlatiga ketma-ket zarbalar berib, O’rta Osiyo va Kaspiy
dengizigacha bo’lgan yerlarni egallashga muvaffaq bo’ladi. Buning oqibatida
Eftaliylar davlati qulaydi. Turk xoqonligi O’rta Osiyo yerlarini ishg’ol etgach, uning
hududlari bevosita Eron chegarasiga tutashadi.Turk xoqonlari O’rta Osiyoda
hukmronlik qilsa-da, biroq o’zlari bu hududga ko’chib kelmaganlar. Ular Yettisuv va
boshqa hududlardagi bosh qarorgohlarida qolib, bo’ysungan hududlarni mahalliy
hukmdorlar orqali boshqarib, ulardan olinadigan soliq-o’lponlar va to’lovlar bilan
kifoyalanganlar. Bundan ko’rinadiki, Turk xoqonligi davrida bu hududdagi mavjud
mahalliy davlat tuzilmalari, ularning boshqaruv tizimlari saqlanib, ichki siyosat


bobidagi mustaqil faoliyatlari davom etgan. Xoqonlik istisno hollardagina o’lkaning
ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralashgan. Bu narsa ko’proq tashqi siyosat, xalqaro savdo-
sotiq masalalariga daxlli edi. 
Xitoy manbalarida ta’kidlanganidek, Zarafshon, Amudaryo va Qashqadaryo
vohalarida bu davrda 9 ta mustaqil hokimlik mavjud bo’lgan: Samarqand, Ishtixon,
Maymurg’, Kesh, Nahshab, Kushon, Buxoro, Amul va Andxoy shular jumlasidandir.
Ayniqsa Samarqand, Buxoro, Xorazm va Choch (Toshkent) hokimliklari o’zlariga
ancha mustaqil bo’lganlar. Shu bilan birlikda bu nisbatan mustaqil hokimliklar
o’rtasida o’zaro kurash, ichki ziddiyatlar ham to’xtovsiz bo’lib turgan. Bu esa
mahalliy aholi hayoti, turmushini nochor ahvolga duchor etgan. Masalan, 585-586

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling