1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

boshlarida Xorazm hokimi Ma’mun va uning o’g’li Ali mustaqil davlat tuzishga
urinib ko’rdilar. Biroq, qudratli qoraxoniylar, g’aznaviylar va saljuqiylar davlatlari
ularning bu niyatlarini amalga oshirishga yo’l qo’ymas edilar. 1017 y. Xorazm
yerlarini Sulton Mahmud G’aznaviy bosib olgan bo’lsa, 1044 y. bu yerlar saljuqiylar
ixtiyoriga o’tdi. XII asr o’rtalarida shimoli-sharqdan bostirib kelgan qoraxitoylar


Movarounnahrni keyin Xorazmni ham ma’lum vaqtgacha o’zlariga qaram qilib
turdilar. Saljuqiylar hukmdori Malikshoh davrida Xorazmni mustaqil boshqarish
huquqini qo’lga kiritgan Anushtagin, uning avlodlari Qutbiddin Muhammad (1097-
1127) va Jaloliddin Otsiz (1127-1156) davrida Xorazm ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan
ancha rivojlandi. Usta diplomat va mohir sarkarda bo’lgan Otsiz mustaqil tashqi
siyosat olib bordi. U Sirdaryoning quyi oqimi va Mang’ishloq atroflarini bosib olib,
Xorazm yerlarini ancha kengaytirdi. Biroq, saljuqiylarga qarshi bir necha marta
(1138, 1142, 1148) isyon ko’tarishiga qaramasdan mustaqillikka erisha olmadi.
Otsizning vorisi El Arslon mustaqillik uchun qoraxitoylarga qarshi kurash olib bordi.
El Arslon vafoti (1172)dan so’ng qoraxitoylar Xorazmga bostirib kirib aholini o’lpon
to’lashga majbur etdilar. Xorazm taxtini egallagan Takash (1172-1200) tadbirkorlik
bilan o’z qo’shinlari safini kengaytirib bordi va qariyb 150 mingga yetkazdi. U 1187-
1193 yillarda Nishopur, Ray va Marv shaharlarini bosib oldi. U 1194 y. saljuqiy
Tug’rul II qo’shinlariga zarba berib, Hamadon shahrini egalladi. Xorazmshohlarning
kuchayib borayotganidan xavfsiragan halifa Nasr Takashga qarshi qo’shin yubordi.
1196 y. Takash qo’shinlari xalifa qo’shinlarini yengdi. Shu tariqa Eronning katta
qismi Xorazmshohlar qo’liga o’tdi. 
Takash hokimiyatida
oliy idora - devon bo’lib, davlatning ichki va tashqi siyosatini vazir boshqargan.
Davlat boshqaruvida Takashning xotini Turkon xotun va uning urug’lari –
qipchoqlarning ta’siri katta bo’lgan. Takash o’limidan keyin, 1200 y. hokimiyatni
egallagan Alouddin Muhammad qoraxitoylar yordami bilan Xurosonni egallab oldi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling