1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Burhoniddin Marg’inoniyning (1123-1197)


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

Burhoniddin Marg’inoniyning (1123-1197) xizmatlari beqiyosdir. Uning “Hidoya”
(“To’g’ri yo’l”) nomli asari musulmon mamlakatlarida dasturi amal bo’lib xizmat qildi.
Yurtimizda islomiy madaniyatning yuksalib borishi barobarida uning ulug’vor
g’oyalari, asl maqsadlarini keng tashviq, targ’ib qilish, ayniqsa, hadis ilmini asosli
tadqiq etish kuchayib bordiki, bunda yurtimizdan chiqqan qator buyuk muhaddis
olimlarning xizmati katta bo’ldi. Hadis (arab. - xabar, gap, yangilik) - Muhammad
payg’ambar aytgan so’zlari, qilgan ishlari, iqrorlari to’g’risidagi rivoyat. Islom dinida
Qur’ondan keyin ikkinchi manba hisoblanadi.
Movarounnahrda birinchi bo’lib Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy
hadis to’plamini tasnif etgan. Keyinchalik, milliy, siyosiy ixtiloflar natijasida,
payg’ambar nomidan yolg’on hadislar to’qish, fiqh va kalom ilmi sohasidagi
ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgo’ylik oqibatida ko’plab ishonarsiz, to’qima
hadislar yuzaga kelgan.
Davr o’tishi bilan hadislar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga solina
boshladi. IX-X asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan hadisning 6
ta to’plami vujudga kelgan. Bular: “Sahihi Buxoriy”, “Sahihi Muslim”, “Sahihi
Termiziy”, “Sunani Abu Dovud”, “Sunani Ibn Moja”, “Sunani Nasoiy”. Ulardan
“Sahihi Buxoriy” ko’proq e’zozlanadi. Bu 6 ta hadis to’plamini tuzgan muhaddislardan
2 tasi movarounnahrlik, ya’ni Imom al-Buxoriy (810-870) va Abu Iso at-Termiziy
(824-892), 4 tasi esa xurosonlik bo’lgan. Hadislar to’plami sunna deb nom olgan.
Hadislarni yig’uvchi, sharhlovchi, targ’ib etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan.
Imom al-Buxoriy va Abu Iso at-Termiziylar shu kunga qadar hadis ilmining eng ko’zga
ko’ringan, butun musulmon dunyosi tomonidan tan olingan allomalari darajasiga
ko’tarilgan zotlardir.
O’rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg’onish davrining yana bir muhim
jihati shundaki, bunda islom dini va uning asosiy tamoyillarini har tomonlama chuqur


tadqiq etish hamda rivojlantirishda tasavvuf, so’fiylik ta’limotining yuzaga kelishi va
kengayishi bilan uzviy bog’liqdir. Avvalo, tasavvuf, so’fiylik – islomda insonni ruhiy
va axloqiy jihatdan komillik sari yo’llovchi ta’limot. Tasavvuf so’zining o’zagi va
mazmuni haqida olimlar turli fikr va taxminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn
Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb e’tirof etilgan. U “Muqaddima” asarida
Tasavvuf “suvf” – “jun”, “po’stin” so’zidan olingan bo’lishi kerak, zero qadimdan
tarkidunyo qilgan zohidlar jundan to’qilgan kiyim yoki po’stin kiyib yurishni odat
qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi ahli dunyolardan farqli hayot tarzini
o’zlarida namoyon etganlar, deydi. Tasavvuf va “sufiy” so’zlari IX asrning boshlarida
yashagan Abu Hoshim Sufiydan boshlab joriy etilgan. Undan oldingi davrlarda bu
atama o’rnida “zuhd” (“zohidlik”, “tarkidunyochilik”), “taqvodorlik” kabi so’zlar
ishlatilgan.
O’rta Osiyoda tasavvuf ta’limotining rivojlantirishi ulug’ ajdodlarimiz – Xoja

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling