Vobkent va Jarqo’rg’on minoralari va ko’pgina boshqa binolar o’sha davr
me’morchiligining namunalaridandir.
IX-XII asr boshlarida me’morchilik bilan birga naqqoshlik va o’ymakorlik
san’ati ham ancha rivoj topadi. Imoratni o’ymakor ustun va to’sinlar, devorlarini
bo’yoqli yoki ganchkori naqshlar bilan bezash keng tarqaladi. Bu davrga kelib
naqqoshlik va tasviriy san’at o’zgacha tus oladi. Endilikda jonli mavjudotlarni
tasvirlashdan murakkab geometrik va gulli naqshlar ishlashga o’tiladi.
Naqqoshlik san’atining taraqqiyoti o’z navbatida kulolchilik, miskarlik va
zargarlikning ravnaqiga yordam beradi. Samarqand, Buxoro, Toshkent va boshqa
shaharlar kulolchilik va zargarlik rivoj topgan markazga aylanadi. XI-XII asrlarda,
ayniqsa sirli sopol buyumlar ishlab chiqarish keng yo’lga qo’yiladi. Bu davr sopol
buyumlari nihoyatda sifatli bo’lib, chet mamlakatlarga ham olib chiqilgan. Bu davrda
xattotlik xalq san’atining muhim va keng tarqalgan sohalaridan biri edi. Hali kitob
bosish kashf etilmaganligi, qo’lyozma kitoblardan nusxalar xattotlar tomonidan faqat
qo’lda ko’chirilishi tufayli xattotlik san’ati ancha rivoj topadi. Turli uslubda husnixat
bilan bitilgan xattotlik namunalari me’moriy naqshlarda ham hayotiy mazmun va
estetik zavq beruvchi bezak sifatida ishlatiladi.
Odatda, imoratlarning peshtoqi, eshigi va devorining ayrim qismlari turli
mazmundagi bitiklar bilan qoplanar edi. Shunday qilib, IX-XII asr me’morchiligi va
unda ishlanilgan me’moriy naqsh uslublari o’z navbatida mehnatkash aholining did-
nafosat va binokorlik g’oyalari bilan chambarchas bog’langan xalq me’morlari
sermazmun ijodini namoyish etadi.
7-MAVZU: MO’G’ULLAR ISTILOSI VA ZULMIGA QARSHI KURASH.
JALOLIDDIN MANGUBERDI – VATAN HIMOYACHISI
Reja:
1.
Markazlashgan mo’g’ullar davlatining tashkil topishi. O’rta Osiyoning
mo’g’ullar tomonidan bosib olinishi
2.
Mo’g’ullarga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi - Vatan himoyachisi.
3.
Mo’g’ullar istilosidan keyingi siyosiy vaziyat.
4.
Chig’atoy ulusi davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot.
Do'stlaringiz bilan baham: |