1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
) Amir Temurning saltanatni barpo etish yo`lidagi harbiy yurishlari
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1381-1384 yillar
- “besh yillik”
- 1399-1404 yillarda
- Boyazid
2) Amir Temurning saltanatni barpo etish yo`lidagi harbiy yurishlari
. Biroq Amir Temur bu bilan qanoatlanmadi. Tez orada u qo’shni davlatlar va xalqlar ustiga yurish qilib, ularni o’ziga bo’ysundirish va markazlashgan buyuk saltanat barpo etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Bu davrda Oltin O’rda, Xuroson va Erondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat uning uchun juda qo’l keldi. Amir Temur harbiy yurishni Xurosondan boshladi. 1381 yil u Hirotni egalladi. Saraxs, Jom va Qavsiya shaharlari jangsiz taslim bo’ldi. Xuroson, xususan uning poytaxti Hirot strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’lib, Eron, Iroq, Shom va boshqa mamlakatlarga o’tishda ko’prik vazifasini o’tardi. 1381-1384 yillar davomida Amir Temur Eronning katta qismini egalladi. Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya) ustiga uch marta lashkar tortdi. Bu yurishlar tarixda “uch yillik (1386-1388)”, “besh yillik (1392-1396)” va “yetti yillik (1399-1404)” urushlar nomi bilan mashhur. Uch yillik harbiy yurishlar oqibatida Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Van ko’li atrofidagi yerlar egallandi. Amir Temurning “uch yillik” urushlari davrida Oltin O’rda tomonidan bo’layotgan tazyiqqa barham berish maqsadida To’xtamishga qarshi uch marta qo’shin tortishga majbur bo’ldi va To’xtamish qo’shiniga qaqshatgich zarba beradi. Amir Temurning To’xtamish ustidan qozongan g’alabasi faqat O’rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, Rus knyazliklarining birlashishlari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi. Shundan so’ng Amir Temur butun e’tiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo va Hindiston yerlarini uzil-kesil zabt etishga qaratdi. U “besh yillik” urush davomida G’arbiy Eron, Iroq va Kavkazni egalladi. Amir Temurning Hindiston ustiga qilgan urushi 1398 yil maydan - 1399 yil martigacha davom etgan. Qariyb o’n bir oy davomida Hindiston zabt etildi. Sohibqiron juda ko’p qullar va boyliklarni, shu jumladan 120 jangovar filni qo’lga kiritadi va ularni Samarqandga olib keldi. Amir Temurning 1399-1404 yillarda olib borgan harbiy yurishlari natijasida Shomning Halab, Xums, Dimishq kabi yirik shaharlari va Iroqning Ubuliston o’lkasi bilan Bag’dod, shuningdek Turkiyaning katta qismi zabt etildi. Keng ko’lamli harbiy yurishlar natijasida Amir Temur saltanatining chegarasi Usmonli turklar davlati chegarasiga borib taqaldi. Amir Temur bilan Usmonli turklar sultoni Boyazid qo’shinlari o’rtasidagi hal qiluvchi jang 1402 yil 20 iyulda Anqara yaqinida sodir bo’ldi. Bu jang tarixda “Anqara jangi” deb ataladi. Uch kun davom etgan bu jangda har ikki tomondan hammasi bo’lib 360 ming nafar askar qatnashadi. Uzoq davom etgan shiddatli jangda Sohibqiron kuchlari turk qo’shinini tor-mor etdi. Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g’alaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling