1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


-MAVZU: O’ZBEKISTON HUDUDLARINING XONLIKLARGA BO’LINIB


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

9-MAVZU: O’ZBEKISTON HUDUDLARINING XONLIKLARGA BO’LINIB
KETISHI, UNING SABABLARI VA OQIBATLARI
Reja:
1. XV-XVI asr boshlarida Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat.
2. Shayboniylar sulolasining o’rnatilishi. Buxoro xonligining tashkil topishi.
3. Ashtarxoniylar (joniylar) hukmronligi davrida Buxoro xonligining ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy va madaniy ahvoli.
4. Buxoro amirligi, uning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti.
5. Xiva va Qo’qon xonliklarining tashkil topishi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy hayoti.
Tayanch so’z va iboralar: Dashti Qipchoq, Shayboniylar, Buxoro xonligi,
Ashtarxoniylar, Buxoro amirligi, mang’itlar. Xiva xonligi, qo’ng’irotlar. Qo’qon xonligi,
minglar. Davlat boshqaruvi, davlat lavozimlari. Moddiy madaniyat. O’zaro va ichki
kurash.
-I-
Amir Temur vafotidan so’ng uning yirik davlati parchalana boshladi. Temuriy
shahzodalarning taxt uchun o’zaro kurashlari qudratli saltanatning bo’linishiga asosiy


sabablardan biri bo’ldi. XV asrning 90-yillarida Movarounnahrning markaziy
viloyatlarida o’zaro kurashlar va ichki nizolar tufayli temuriylar davlati tobora zaiflashib
borayotgan edi. Bu davrda Movarounnahrdagi temuriylar saltanati amalda mustaqil
boshqaraladigan kichik-kichik viloyatlarga bo’linib ketgan edi. Shunday bir shart-
sharoitda Muhammad Shayboniyxon butun Turkistonda markazlashgan qudratli
hokimiyat o’rnatish g’oyasi bilan tarix sahnasiga chiqdi.
Muhammad Shayboniyxon (1451-1510) Abulxayrxonning nabirasi, Shohbudog’
sultonning o’g’li edi. Abulxayrxon unga Shohbaxt deb laqab qo’ygan. U Abulxayrxon
vafotidan so’ng Dashti Qipchoqning asosiy hududida o’z hukmronligini o’rnatish
maqsadida harbiy yurishlarni olib borib, nihoyat, 1487-1488 yillarda O’tror, Sayram,
Yassa, Sig’noq shaharlarini bosib oldi. Shayboniyxon juda katta hududni qo’lga kiritib,
Xorazmga ham tahdid sola boshladi.
Samarqand hokimi Ahmad Mirzo mo’g’ullarning qilib turgan hujumidan
charchab Shayboniyxonga yordam so’rab murojaat qiladi. Shu bahona bilan
Shayboniyxon Movarounnahrga kirish imkoniyatini qo’lga kiritdi. U 1497 yilda
Movarounnahrga o’zining dastlabki hujumini uyushtirdi. U katta kuch bilan
Samarqandga yurish qildi, lekin shaharni ololmasdan, Qarshi va Shahrisabzga hujum
qilib katta o’lja bilan qaytib ketdi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling