1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


) va Mir Alisher Navoiylarning (1441-1501)


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

1492) va Mir Alisher Navoiylarning (1441-1501) nomi bilan chambarchas bog’liqdir. 
Abdurahmon Jomiy O’rta Osiyo xalqlari ma’naviy olamida, diniy tafakkur
sohasida yuksak xizmatlar qilgan mutafakkirlardan biridir. Abdurahmon Jomiy temuriylar
davri dunyoqarashi, mafkurasi bo’lmish naqshbandiylikni qabul qilgan va uning
g’oyalarini targ’ib etgan. Naqshbandiychilik adolatni, o’z mehnati asosida bunyod etilgan
halol luqmani ma’qullagan, dabdabali hayotni rad etgan, g’irrom yo’llar bilan mol-mulk
to’plashni qoralagan. Bu ta’limot insonparvarlik, rostgo’ylik, halollik, mehnatsevarlik,
ma’naviy poklik, kamtarlik, samimiylik kabi chin insoniy fazilatlarni ulug’lagan. Uning
«Dil ba yoru, dast ba kor» - «Ko’nglim Ollohdayu, qo’lim mehnatda» degan shiori Jomiy


va Navoiy kabi mutafakkirlarni o’ziga jalb etgan. Shu sababli bu ikki ulug’ siymo
naqshbandiylik yo’lini qabul qilganlar va o’z ijodlarida uning g’oyalarini kuylaganlar.
O’zbek xalqining buyuk farzandi, mutafakkir, davlat arbobi, o’zbek adabiyoti va
tilining asoschisi Alisher Navoiy O’rta Osiyo ma’naviy va ma’rifiy fikr taraqqiyotida
alohida o’rin tutadi. U adabiyot, san’atning turli sohalariga oid qirqdan ortiq asar yaratdi.
«Chor devon», «Xamsa», «Mahbub ul-qulub», «Muhokamatul-lug’atayn», «Majolisun-
nafis», «Lison ut-tayr» va boshqalar shular jumlasidandir. Navoiy o’z asarlarida zolim,
mustabid, nodon, maishatparast shoh va hukmdorlarni qoralab, ularga qarshi insonparvar,
xalqparvar, odil, adolatli hukmdor obrazini qo’yadi. Navoiy sahovat va muruvattda
benazir inson bo’lgan. O’zining joylardagi yer-suvlari, mol-mulklaridan kelgan
daromadlarini to’laligicha xayriya ishlariga sarflagan. Birgina Xirot shahrida o’zining
jamg’armasi hisobidan ko’plab binolar, inshootlar barpo etgan, kambag’al, beva-
bechoralarni tekin ovqat bilan ta’minlagan. Muhtoj kishilarga har yili ikki ming po’stin va
kiyim-kechak tarqatgan. Bundan tashqari kanal qazdirib Mashhad shahriga suv keltirgan.
Navoiyning bundan qariyib 550 yil avval ilgari surgan g’oyalari asrlar osha ahamiyatini,
hayotiyligini yo’qotgani yo’q. 
Xulosa qilib aytganda, Temuriylar davri ilm-fan, ma’rifat, ma’naviyat va
madaniyati jahon sivilizasiyasi rivojiga ulkan hissa bo’lib qo’shildi. 

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling