va Navoiy kabi mutafakkirlarni o’ziga jalb etgan. Shu sababli bu ikki ulug’ siymo
naqshbandiylik yo’lini qabul qilganlar va o’z ijodlarida uning g’oyalarini kuylaganlar.
O’zbek xalqining buyuk farzandi, mutafakkir, davlat arbobi, o’zbek adabiyoti va
tilining asoschisi
Alisher Navoiy O’rta Osiyo ma’naviy va ma’rifiy fikr taraqqiyotida
alohida o’rin tutadi. U adabiyot, san’atning turli sohalariga oid qirqdan ortiq asar yaratdi.
«Chor devon», «Xamsa», «Mahbub ul-qulub», «Muhokamatul-lug’atayn», «Majolisun-
nafis», «Lison ut-tayr» va boshqalar shular jumlasidandir. Navoiy o’z asarlarida zolim,
mustabid, nodon, maishatparast shoh va hukmdorlarni qoralab, ularga qarshi insonparvar,
xalqparvar, odil, adolatli hukmdor obrazini qo’yadi.
Navoiy sahovat va muruvattda
benazir inson bo’lgan. O’zining
joylardagi yer-suvlari,
mol-mulklaridan kelgan
daromadlarini to’laligicha xayriya ishlariga sarflagan. Birgina Xirot shahrida o’zining
jamg’armasi hisobidan ko’plab binolar,
inshootlar barpo etgan, kambag’al, beva-
bechoralarni tekin ovqat bilan ta’minlagan. Muhtoj kishilarga har yili ikki ming po’stin va
kiyim-kechak tarqatgan. Bundan tashqari kanal qazdirib Mashhad shahriga suv keltirgan.
Navoiyning bundan qariyib 550 yil avval ilgari surgan g’oyalari asrlar osha ahamiyatini,
hayotiyligini yo’qotgani yo’q.
Xulosa
qilib aytganda,
Temuriylar davri ilm-fan, ma’rifat, ma’naviyat va
madaniyati jahon sivilizasiyasi rivojiga ulkan hissa bo’lib qo’shildi.
Do'stlaringiz bilan baham: