1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1500 va 1501 yillarda
- 1505 yilning avgust oyida
- Ko’chkunchixon (1510-1530)
XVI asr boshlaridan Muhammad Shayboniy Movarounnahr va Xurosonni
birlashtirib markazlashgan davlat tuzish maqsadida asosiy harbiy harakatlarini boshlaydi. Xususan, Shayboniyxon qo’shinlari 1499 yildan Movarounnahrni istilo qilishga kirishdi. 1499 yilda Shayboniyxon Buxoro va Qorako’lni egallaydi. Shayboniyxon Buxoroga o’z hokimini tayinlab, uni o’zining bosh qarorgohiga aylantiradi. 1500 va 1501 yillarda Shayboniyxon ikki marta Samarqandni egallaydi. 1503 yilda Shayboniyxon Sirdaryo tomon yurish qilib Toshkent va Shoxruxiya shaharlarini egallaydi. 1504 yilda Farg’ona ishg’ol qilinadi. Shayboniyxon Samarqandni o’z davlatining poytaxti qiladi. 1504 yilda Shayboniyxon Hisor va Qunduzni bo’ysundiradi. So’ngra Xorazmga yurish qiladi va 1505 yilning avgust oyida Urganch taslim bo’ladi. Natijada butun Xorazm yerlari Shayboniyxon tasarrufiga o’tadi. Movarounnahr va Xorazm hududlari qo’lga kiritilgandan keyin Shayboniyxon Xurosonni zabt etishga jiddiy kirishdi. Shayboniyxon 1506 yilda Balxni egalladi. 1507 yilda Hirot shahri ham qo’lga olingandan keyin butun Xuroson Shayboniylar davlatiga qo’shib olindi. 1508 yili Muhammad Shayboniyxon Xurosonning Jom, Marv, Mashhad, Qandahor, Astrobod kabi muhim markazlarida o’z hukmdorligini o’rnatishga erishadi. Shunday qilib, Movarounnahr va Xuroson birlashtirildi va shayboniylar sulolasiga asos solinadi. Muhammad Shayboniyxon o’z qo’lida dunyoviy va diniy hokimiyatni birlashtirdi. -II- XV asr oxiri va XVI asr boshlarida O’rta Osiyo zaminida bunday o’zgarishlar yuz bergan bir davrda, Eronda ham katta siyosiy o’zgarishlar yuz beradi. G’arbiy Eronda hokimiyatga yangi siyosiy kuch – Ismoil Safaviy (1502-1524) boshchiligida safaviylar keladilar. Safaviylar va shayboniylar o’rtasidagi jangga qadar Shayboniyxon Eronni bosib olish uchun tayyorgarlik ko’rgan. 1509 yilda Marv shahrini egallagan Shayboniyxon Eronning ichki viloyatlariga yurish qiladi. Mashhad va Tus shaharlarini egallab, ulardagi muqaddas joylarni ziyorat qiladi va ta’mirlaydi. 1510 yilda Erondan orqaga qaytgan Shayboniyxon orqadan katta kuch bilan yetib kelgan Eron shohi Ismoil Safaviy qo’shinlari bilan Marv yaqinida, Movarounnahrdan yordam kelishini kutmasdan jangga kirishga majbur bo’ladi va son jihatdan ustunlikka ega bo’lgan safaviylar qo’shinidan mag’lubiyatga uchraydi. Muhammad Shayboniyxonning o’zi ham bu jangda halok bo’ladi. Muhammad Shayboniyxon o’limidan so’ng Ko’chkunchixon (1510-1530) taxtga chiqadi. Garchi u 20 yil mamlakatni boshqargan bo’lsa-da, ammo sulola ichida mavjud ba’zi bir qarama-qarshiliklar sabab shayboniylar Muhammad Shayboniyxon zamonidek qat’iy ichki va tashqi siyosat yurgiza olmaganlar. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling