Xiva xonligining tashkil topishi va siyosiy tarixi. 1510 yilda Shayboniyxon vafotidan so‘ng Xorazm hududi Eron shohi Ismoil tomonidan bo‘ysundirildi. 1510-1512 yillarda Xorazmni Eron shohining noiblari idora qildilar
Download 204 Kb.
|
1 2
Bog'liqXiva xonligining tashkil topishi va siyosiy tarixi
Xiva xonligining tashkil topishi va siyosiy tarixi. 1510 yilda Shayboniyxon vafotidan so‘ng Xorazm hududi Eron shohi Ismoil tomonidan bo‘ysundirildi. 1510-1512 yillarda Xorazmni Eron shohining noiblari idora qildilar. Ammo, 1512 yilda Xorazm hududlarida eroniylarga qarshi halq xarakatlari boshlandi. Ushbu harakatga Vazir shahrining (Ustyurtda, Ko‘xna Urganchdan 60 km uzoqlikda joylashgan bu shaharni XVasrda o‘zbek xonlardan bo‘lgan Mustafoxon barpo etgan) qozisi Umar Shayx boshchilik qildi. Qo‘zg‘olonchilar Xorazmning Vazir, Urganch, Xiva, Xazorasp shaharlaridagi eroniy noiblar va ularning qo‘shinlarini qirib tashladilar. 1512 yilada Xorazmning obro‘li shayxlaridan bo‘lgan Shayx Ota avlodlari ko‘chmanchi o‘zbeklarning Berka sulton avlodidan bo‘lgan Elbarsxonga maktub yo‘llab, uni Xorazm taxtiga taklif qildilar. Elbarsxon taxtga o‘tirgach, eroniylarni mamlakat hududidlaridan butunlay haydab chiqarib, amalda mustaqil xonlikka asos soldi. U mamlakat hududlarini hozirgi Turkmanistonning janubiy qismi, Eronning shimolidagi Seraxs viloyati, Mang‘ishloq, Abulxon, Durun hisobiga ancha kengaytirdi. Ammo, o‘zbek sultonlari va shahzodalar o‘rtasida siyosiy birlik yo‘q edi. Tez orada ular o‘rtasida hokimiyat uchun o‘zaro kurashlar avj olib ketdi. Ushbu kurashlardan foydalangan Buxoro hukumdori shayboniy Ubaydullaxon 1537 – 1538 yillarda, qisqa muddat Xorazmni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Mag‘lubiyatga uchragan Avanishxon oilasi bilan shayboniylar tomonidan qatl etildi. Ubaydullaxonning hukumronligi uzoqqa cho‘zilmadi. Ubaydullaxon zulmiga chiday olmagan xorazmliklar Anushaxonning vorislari boshchiligida buxoroliklarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Ubaydullaxon 1538 yilda yana Xorazmga qo‘shin tortdi. Xazorasp bilan Xiva shaharlari oralig‘idagi Kardaronxos degan joyda Buxoro qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchradi. Shayboniylardan ozod bo‘lgan Xorazmda endi ichki kurashlar avj olib ketdi. Shuningdek, Urganch, Kat, Yangi shahar, Xiva, Xazorasp kabi shaharlar va viloyatlar hukmdorlarining markazdan qochuvchi harakatlari kuchayib, ular amalda o‘zlarini mustaqil hisoblar edilar. Ayrim shaharlar bir vaqtning o‘zida ikkta hukmdor tomonidan (mas., Xivada Po‘lat Sulton va Temir Sulton) boshqarildi. O‘zaro kurashlar ayniqsa Elbarsxon va Anushaxon avlodlari o‘rtasida kuchayib ketdi. XVI asrda Abdulg‘oziy ma’lumotlariga ko‘ra, bunday kurashlar natijasida qisqa muddatga hokimiyatdan o‘nlab xonlar almashganlar. Natijada markaziy hokimiyat deyarli inqirozga uchragan edi. O‘zaro kurashlar va siyosiy tanglik, o‘z navbatida iqtisodiy hayotning ham izdan chiqishiga sabab bo‘lgan edi. Download 204 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling