1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

ulog’begor kabi soliqlar ham bo’lgan.
XIV asrning oxiri va XV asrning 1-yarmida Temuriylar davridagi iqtisodiy
taraqqiyotga (hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo) mamlakatda o’tkazilgan pul
islohotlari turtki bo’lgan. Dastlab, Amir Temur, so’ngra ayrim Temuriylar mamlakatda
yagona pul birligini joriy etishgan.
Amir Temur davlatida ham huquqiy munosabatlar Qur’oni Karim va Hadisi
sharifda bayon qilingan, tartib-qoidalarga asoslangan. Uning huquq va qonun unsurlari
“Temur tuzuklari”da o’z aksini topgan. Temur tuzuklari – adolatli hamda kuchli davlat
barpo etishdagi muhim qonun-qoidalar sifatida Amir Temurning harbiy va siyosiy
faoliyatidan ma’lumot beruvchi tarixiy asar hisoblanadi.
Asar ikki qism, 56 ta banddan iborat. Birinchi qismda Amir Temurning yetti
yoshidan vafotiga qadar kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, uning
Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qo’lga kiritishi, ijtimoiy tarqoqlikka barham
berishi va markazlashgan davlat tuzishi, qo’shni yurt va 27 mamlakatni, jumladan, Eron,
Afg’oniston, Ozarbayjon, Gruziya va Hindistonni o’z tasarrufiga kiritishi, Oltin O’rda
hukmdori To’xtamish, turk sultoni Boyazid I Yildirimga qarshi harbiy yurishlari, ulkan
saltanatni mustahkamlash uchun turli ijtimoiy tabaqalarga nisbatan qanday munosabatda
bo’lganligi buyuk sohibqiron tilidan ixcham tarzda bayon etilgan.
Ikkinchi qismida Sohibqironning nomidan aytilgan va uning toju taxt vorislariga
atalgan o’ziga xos vasiyat va pandu nasihatlardan iboratdir. Unda davlatni idora qilishda
kimlarga tayanish, toju taxt egalarining burchi va vazifalari, vazir va qo’shin
boshliqlarining burch va vazifalari, amirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida
ko’rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va hokazolar xususida gap boradi.
Shu bilan birga “Tuzuklar”da Amir Temurning boshqaruv faoliyatini kuchli
nazorat qilish, odamlardan unumli foydalanish, ularni o’z atrofiga to’plash va
birlashtirish, katta-kichik tadbirlarni tashkil etish bo’yicha olib borgan ishlari haqidagi
ma’lumotlar ham saqlangan.
Amir Temur o’z oldiga ulug’ davlatning ichki siyosati va ishchan davlat tizimini
qadimiy tajribalardan ijodiy foydalangan holda tuzish, harbiy siyosatni zamon talabi
asosida takomillashtirib, mo’g’ul istilosi asoratlarini tezda bartaraf etib, xo’jalikni
oyoqqa turg’izish, savdo-sotiq, hunarmandchilikni bir me’yorga tushirish va
rivojlantirish, aholi manfaatlarini himoya qilish, islom diniga rivoj berish, ilm-fan,
madaniyat, me’morchilikni tubdan rivojlantirish, obodonlashtirish ishlarini keng
ko’lamda jadallashtirish kabi dolzarb vazifalarni qo’ygan edi. Uniig bunday sa’yi


harakatlari katta kuch-g’ayrat, mablag’, bilim va oqilona tadbirlarni talab etar edi. Temur
yetuk siyosatdon va mohir davlat arbobi bo’lib, u o’zidan avval o’tgan hukmdorlardan
farqli ravishda, davlat va mamlakatni boshqarishda bir yoki ikki tabaqaga emas, balki
aholining barcha tabaqalariga suyangan.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling