1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet59/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

Karl VI (1380-1422),  Angliya qiroli Genrix IV (1399-1413), hamda Kastiliya va Leon
qiroli Genrix III (1390-1407) tabriklab, unga o’z muboraknomalarini yubordi. Chunki
Sohibqiron endigina uyg’onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar
davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi.
Amir Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgach, 1404 yil 27 noyabrida 200
ming qo’shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Lekin yo’lda shamollab qoladi
va 1405 yil yanvar oyining o’rtalarida O’trorga to’xtashga qaror qilishdi. Shu yerda 18
fevral kuni buyuk jahongir Sohibqiron Amir Temur vafot etdi. Amir Temurning jasadi
Samarqandga olib kelinib dafn qilindi. 
-III-
Amir Temurning davlat boshqaruv tizimi butun hududda yagona markazlashgan
siyosiy tartib asosida qurilgan edi. Amir Temur hayotligi chog’idayoq saltanatni asosan
to’rt qismga (ulus) bo’lib, o’g’il, nabiralariga taqsimlab bergan: Xuroson, Jurjon,
Mozandaron va Seyiston (markazi Hirot) Shohruhga (1377-1447); G’arbiy Eron,
Ozarbayjon, Iroq va Armaniston (markazi Tabriz) Mironshohga (1366-1408); Fors,
ya’ni Eronning sharqiy qismi (markazi Sheroz) Umarshayx Mirzoga (1354-1394);
Afg’oniston va Shimoliy Hindiston (markazi G’azna, keyinchalik Balx)
Pirmuhammadga (1376-1407) suyurg’ol qilib berilgan.
Amir Temur davrida davlat o’z tarkibiy tuzilishiga ko’ra harbiy siyosiy tartiblarga
asoslangandi. Sohibqiron o’ziga qadar mavjud bo’lgan davlatchilikning sakkizta asosiga
amal qiladi:
- Davlat siyosiy jihatdan mustaqil bo’lishi.
- Davlat va jamiyatning siyosiy yaxlitligi buzilmasligi.
- Davlat va jamiyat muayyan qonunlar, tartiblar, mafkura asosida boshqarilishi.


- Boshqaruv tizimi muvofiqlashtirib turuvchi qoidalar shakllangan bo’lishi.
- Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ahvoli davlat e’tiborida bo’lishi.
- Fan va madaniyat ravnaqi to’g’risida doimiy qayg’urish.
- Har bir davlat shart-sharoiti, tartiblariga ko’ra davlat, jamiyat ichki taraqqiyoti
masalalarini tashqi dunyodagi mavjud omillardan foydalangan holda olib borishi.
- Davlat tepasida turgan kuchlar o’tmish, zamona va kelajakni teran tafakkur,
mustahkam iymon, g’oyat yuksak ma’naviyat va millatparvarlik ila anglamog’i.
Amir Temur davlatchilikning bu asoslariga to’qqizinchisini, ya’ni, jamiyat
rivojida barcha ijtimoiy tabaqalar manfaatlari ta’minlanishini qo’shdi.
Markaziy hokimiyat tizimida shayxulislom, qozikalon, qoziyi ahdos (odat
bo’yicha hukm chiqaruvchi qozi), qozi askar, sadri a’zam (vaqf yerlari, mulklari
mutasaddisi), dodxoh (shikoyatlarni ko’ruvchi), eshikog’a, saroy vaziri, yasovul
(hukmdorning shaxsiy buyrug’ini bajaruvchi), qalaqchi (xiroj miqdorini aniqlovchi),

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling