1363 yil Tug’luq Temur vafot etib, Mo’g’ulistonda xonlik taxtini Ilyosxo’ja
egalladi. Shu yili Amir Xusayn va Amir Temur Amudaryoning chap sohilida, Qunduz
shahri yonida umumiy dushman ustidan g’alaba qozondi. Keyingi ikkki yil davomida
ittifoqchilar Ilyosxo’ja qo’shinlari bilan bir necha marta jang qildilar. Nihoyat
1364 yili
oxirida ular mo’g’ullarni Movarounnahrdan quvib chiqaradilar.
Biroq Movarounnahrni qo’ldan chiqarishni istamagan Ilyosxo’ja
1365 yilning
bahorida yana Movarounnahr ustiga qo’shin tortadi. Ikki o’rtadagi jang Toshkent bilan
Chinoz o’rtasidagi Chirchiq daryosi bo’yida
1365 yil 22 mayda sodir bo’ladi. Tarixda u
“
Loy jangi” nomi bilan shuhrat topadi. Jangda Amir Xusaynning
xiyonati oqibatida
mag’lubiyatga uchraydilar va bu hodisa ularning ittifoqiga raxna soladi.
Samarqandni ishg’ol qilmoqchi bo’lgan Ilyosxo’ja esa sarbadorlardan
mag’lubiyatga uchrab, chekinadi. Ikki amir kelib, Samarqandni egallaydi. Sarbadorlar
boshliqlarining Amir Xusayn tomonidan qatl etilishi o’rtadagi
ittifoqning barxam
topishiga sabab bo’ladi.
1370 yil Amir Temur qo’shinlari Balxda Amir Xusaynni
mag’lubiyatga uchratdi va shu yerda amirlar qurultoyida
Amir Temur Movarounnaxr
xukmdori etib saylandi. Amir Temur xukmronligi yillarida Chingizxon naslidan
Do'stlaringiz bilan baham: