1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1227 yilning
- 1231 yilning avgust oyida
- 1238 yilda Buxoroda Mahmud Torobiy
1223 yilning oxirigacha Xindistonda bo’lib, Xorazmiylarning azaliy yeri
bo’lgan Iroq va Eronni o’ziga qaratishga otlanadi. U mo’g’ullarga qarshi birgalikda kurash olib borish maqsadida Bag’dod xalifalari az-Zohir (1225-1226), Turkiston malikasi Rasuda va boshqalarga murojaat qiladi. Lekin ularning ko’pchiligi Jaloliddin xokimiyati kuchayib ketishidan qo’rqib, u bilan ittifoq tuzmaydilar. 1227 yilning oxirlarida mo’g’ullar Eronga bostirib kirishlariga Jaloliddin katta tayyorgarlik ko’rdi. Mo’g’ullarning 2000 kishilik qushinlari tor mor etilib, ulardan 400 tasi Isfahonda qatl etildi. 1228 yil 25 avgustda Taynalnuyon boshchiligidagi mo’g’ullar bilan Isfahon yonida hal qiluvchi jang bo’lib, u g’oliblikni qo’lga kiritdi. 1230 yil 10 avgustida Ko’niya Sultoni, Xims xokimi, Halab xokimi va Baynas xokimlarining birlashgan kuchlari Jaloliddinni mag’lub etadi. U (Hozirgi Turkiyaning Silvan viloyati) Aynaddar qishlog’iga keladi. U yerda u o’zini Sulton deb tanishtirgandan so’ng kurdlar uni o’ldirmaydilar. Ammo boshqa bir kurd o’lgan inisi xuni evaziga Jaloliddinni o’ldiradi, bu voqyea taxminan 1231 yilning avgust oyida ro’y beradi. Jaloliddinning xalq uchun, Vatan uchun mustaqillik yo’lida olib borgan kurashi yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda juda katta ahamiyatga egadir. “Urganchni bosqinchilardan himoya qilishda bayroq tutib jon bergan Najmiddin Kubroning qahramonligida, dunyoni to’fondek bosgan Chingizxon qo’shiniga qarshi o’n bir yil muttasil mardona kurash olib borgan. Jaloliddin Manguberdining jangovar ruhida ma’naviy jasorat tuyg’usi buyuk va ustuvor ahamiyat kasb etgani shubhasiz, albatta”, - degandi birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov. -III- Mug’ullar istilosidan keyingi davr Movarounnaxr va Xorazm xalqi hayotini ifodalash g’oyat darajada og’ir edi. Gullab, yashnab turgan shahar va qishloqlar yondirildi, hayot izdan chiqdi, aholisi gavjum bo’lgan vohalar, bo’sh bo’lib qoldi. Marvdagi suv bilan shaxarni ta’minlovchi Sulton band, Samarqanddagi suv to’g’onlarining hammasi Chingizxonning buyrug’i bilan buzib tashlandi. Natijada, dehqonchilik bo’lmagan, savdo yo’llari izdan chiqqan, ilm-fan, madaniyat namoyondalari ham xor-zorlikka mahkum etilgan. Xalqdan oladigan o’lponu soliqlarning miqdori yil sayin ortib borgan, Soliqlar xonlar tomonidan zo’rovonlik bilan undirilar edi. Bu davr ayniqsa hunarmandlarning hayoti og’ir bo’lgan. Tirik qolganlari o’z yurtida mahalliy xonlarning mulki sifatida ishlatilar edi. Mo’g’ullarning Movarounnahr xududlarini bosib olib xalqni talashi, xalqdan har xil soliqlarning olishini, o’lpon va to’lovlar to’lashga majbur etishi natijasida xalq qo’zg’oloni kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Ana shunday qo’zg’olon 1238 yilda Buxoroda Mahmud Torobiy boshchiligida boshlangan. U o’z atrofiga ming-minglab oddiy mehnat ahlini to’playdi. Ular Buxoroga kelib mug’ul amaldorlarini, maxalliy zodagonlarni yengib shaharni egallaydilar. Qo’zg’olonchilar mug’ullarni Karmanagacha quvib bordilar. Shu jangda 10,000 ta mug’ullar qirib tashlandi. Ammo bu zafar qo’zg’olonchilarga qimmatga tushdi, chunki shu jangda Mahmud Torobiy va Shamsiddin Mahbubiylar xalok bo’ladi. Qo’zg’olonni bostirishda sustkashlik qilgan deb Mahmud Yalavochni amalidan chetlashtirib Movarounnahrdan chiqarib yubordi. Movarounnahrga shundan so’ng uning o’g’li (Maxmud Yalovoch) Mas’udbek tayin etiladi, bu qo’zg’olonning muhim saboqlaridandir. Bu qo’zg’olon xalqimiz tarixida o’ziga xos iz qoldirdi. Bu ozodlik qo’zg’oloni bosqinchilar qanchalik shafqatsiz tuzum o’rnatmasinlar xalq xar doim o’z ona Vatanni ozodligi yo’lida kurashdan qo’rqmasligini ko’rsatdi, qo’zg’olondan keyin mug’ullar soliq va o’lponlarni tartibga solishga harakat qildilar. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling