1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Oloviddin Tarmashirin (1326-1334)


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

Oloviddin Tarmashirin (1326-1334) Kebekxonning siyosatini davom ettirib, tashqi
va ichki savdoning rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib berdi. U islomni qabul
qilib, uni davlat dini darajasiga ko’tardi. 
Chig’atoy xonlarining so’nggi vakillaridan biri Qozonxon (1334-1346)
Movarounnaxr xududlarining birligini saqlash, tubjoy aholi manfaatlarini himoya
qilish uchun kurashdi. U mo’g’ul amirlarining fitnasi oqibatida 1346 yil qatl etiladi.
Xokimiyat tepasiga kelgan amir Qozog’on (1347-1358) avvalgi xonlardan farq qilib
mo’g’ul zodagonlarining manfaatlarini ko’zlab siyosat yurgizadi. Bunday xolat
siyosiy vaziyatning keskinlashuviga olib keladi. XIV asrning 40 yillarida Chig’atoy


ulusi ikki qismga: Yettisuv, Farg’onaning sharqiy qismi, sharqiy Turkiston
Mo’g’ulistonga, G’arbiy ulus ya’ni Movarounnahrga bo’linib ketdi. 
Bosqinchilar azaldan sivilizasiya o’chog’i bo’lgan, ajdodlarimizning aql-
zakovati bilan bunyod etilgan betakror obidalarni qanchalik yo’qotmasinlar bari bir
xalqning ijodkorlik salohiyatini sindira olmadilar. Oldingi mavqyeini tiklagan
Samarqand, Buxoro, Shosh, Termiz shaharlarida ilm-fan, ayniqsa tarixshunoslik
sohasida ham muhim yutuqlar qo’lga kiritildi. O’rta Osiyo xalqlari orasidan badiiy
adabiyotning yuksak namoyondalari yetishib chiqdi. XIV asrning birinchi yarmida
yashab ijod etgan Jaloliddin Rumiy (1207-1272), Muslihiddin Sa’diy Sheroziy
(1219-1293), Xusrov Dehlaviylarning (1253-1325) jahon adabiyotida o’rni
muhimdir. J.Rumiy o’zining 36 ming baytdan iborat «Masnaviy-ma’naviy» dostonini
yaratadi. U o’z asarining qahramonlarini hayvonlar nomi bilan atab, real g’oyalarni
ilgari suradi. Sa’diy esa Islom olamida o’zining «Guliston» va «Bo’ston» asarlari,
g’azallari bilan shuhrat qozonadi. U o’z asarlarida insonlarni hamjihatlikka, totuvlikka
undaydi. Ona Vatanga muhabbat, insonparvarlik, mehr-muhabbat g’oyalarini ilgari
suradi. 

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling