1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

Tayanch so’z va iboralar: Mo’g’ullar davlati. Qurultoy, xon, Chingizxon.
“Yaso”(yasoq) qonunlari. Mo’g’ullar bosqini, Jaloliddin Manguberdi. Ulus, Chig’atoy
ulusi. Soliq va o’lponlar. Madaniy xayot.
-I-


Chingizxon lashkarlari tomonidan yurtimizning zabt etilishi bilan xalqimiz
tarixida to’rtinchi bor qaramlik davri (XIII asr 20 yillaridan 1370 yilgacha)
boshlanadi. Chingizxon va uning avlodlari nafaqat Turkistonni, balki o’sha,
zamondagi dunyoning ma’mur-obodon o’lkalarining aksarini bosib olishga muvaffaq
bo’lgandilar. Ular asos solgan saltanat Markaziy Yevropadan Yapon dengizigacha,
O’rta yer dengizdan Hindistongacha bo’lgan ulkan hududni o’z ichiga olgandi. 
Mo’g’ullar haqida Xitoyning Tan sulolasi solnomasida ilk bor ma’lumot
beriladi (618-908). Mo’g’ul atamasi haligacha ilmiy isbotga ega emas. X-XI asrlarda
Amudaryo buylarida yashagan 16 ta urug’larga bo’lingan tatarlarning tarkibiy qismi
sifatida ularning bir urug’idan moxe (mo’g’ul) qabilasi vujudga kelgan deyiladi. 
XII asrlar o’rtalarida Baykal ko’li, hozirgi Mo’g’uliston xududlarida
yashovchi turkiy va tungus-manchjur qabilalarining ko’pchiligi mug’ullar boshlig’i
Yesugay bahodir ta’siriga o’ta boshlaydilar. Uning vafotidan so’ng o’g’li
Temuchinning ta’siri kuchayadi. 
U davlatni boshqarishda harbiylashgan tizimga asoslandi: o’n jangchiga bir
boshchi, shuningdek 100, 1000 va tumanboshilar boshchilik qilardi. Temuchin
tumanlarni, viloyatlarni boshqarishni o’g’illari: Jo’chi, Chig’atoy, (O’qtoy) O’gedey,
Tuluyxonlarga topshirdi. Qurultoygacha (1203) hali bir tizimga ega bo’lmagan
qonunlar to’plami vujudga kelgan edi. Unda mo’g’ullarning urf-odatlari, an’analari
patriarxal harbiy tuzumni o’zida aks ettirgan edi. Uning asosiy yo’nalishlari: 
1. Hukmdor (xon) qonunga itoat etishi xususida qasamyod qilish. 
2. Diniy erkinlik berilishi. 
3. Ayollar naslni davom ettiruvchisi sifatida urush vaqtida ularning gunohlarini
kechishi. 
4. O’lim jazosini qo’llash. 
5. Bosib olingan xalqlarga rahm-shafqat qilmaslik. 
Chingizxon 10 ta oliy xokimiyat lavozimini ta’sis etadi, 150 kishidan iborat
shaxsiy gvardiya (keyinchalik ularning soni 10 ming kishigacha yetkazildi). Sharqda
XIII asr boshlariga kelib kuchli davlat tuzdi 
O’sha davrda Xorazmshox o’zini «Iskandari samiy», «Xudoning yerdagi
soyasi» deb bilar, ammo amalda uning sulolasi ichidan yemirilmoqda edi. Uning
siyosatidan onasi Turkon Xotun va qavmlari ham norozi edi. Maxalliy xokimlar,
amaldorlar o’rtasida ham sotqinlik avj olib borayotgan edi. Bunday vaziyat
Chingizxonga qo’l keldi. Ayni chog’da u bahona axtarib o’z savdogarlarini, 450
kishilik karvonni sovg’alar (tillo-kumush) bilan Xorazm shoxiga yuboradi. Ular


O’trorga kelishi bilan Xorazmshoxning buyrug’i bilan karvon yo’q qilinadi. Bu
voqyea Chingizxonning o’ylagan maqsadini amalga oshirishini tezlashtirdi. 
1219 yil O’trorga hujum boshlandi. Mudofaa 5 oy davom etadi. Shahar xokimi
Inolxon shaharni saqlab qolishga qanchalik urinmasin, Muhammad Xorazmshoh
siyosatidan norozi bo’lgan ximoyachilarning yarmi mug’ullarga taslim bo’ldi. 
1220 yil katta qushin bilan Chingizxon Buxoroga keladi, 12 kun ichida shaxarni
egallaydi. Shaxarning madaniy-me’morchilik yodgorliklari oyoq osti qilinadi,
minglab aholi hunarmand-me’mor, fozil-olimlar Mug’ulistonga olib ketiladi.
Buxorodan so’ng Samarqandga yurish boshlaydi. 5 kunlik jangdan so’ng
xukmdorlarning mas’uliyatsizligi, o’zaro ittifoqning yo’qligi tufayli Samarqandni
ham egallaydilar, shahar talanadi, 30 mingga yaqin aholi qul qilib olib ketiladi. 
Chingizxon o’z nigohini Xo’jandga qaratdi. Xo’jand xokimi Temur Malik
boshchiligidagi mudofaa kuchlar 5 oy mobaynida dushmanga zarba berib o’z yurtini
himoya qildilar, ammo ilojsiz xolda yonayotgan shahar qal’asini tark etishga majbur
bo’ladilar. Ular maxsus kemalarda Sirdaryodagi orolchaga joylashib dushmanga
mardlarcha zarba berib turdi. Temur Malik Xorazm va ona yurtining boshqa
xududlarini himoya qilishda davom etdi. Xorazm poytaxti Gurganj qamali 7 oy
davom etdi. Mo’g’ullar bu yerda mislsiz vaxshiyliklarni, ya’ni bolalarni qilich bilan
yo’q qildi, to’g’onni ochib butun shaharni suv ostida qoldirdi. 1221 yili Chingizxon
birin-ketin Balx, Termiz, Marv, Nishopur, Xirot shaxarlarini bosib oldi. Bu davrda
vaziyat juda og’ir edi. Ana shunday og’ir vaziyatda mamlakatning katta qismi
mo’g’ullar tomonidan istilo etilgan, Sulton mamlakatni o’z holicha tashlab qo’ygan
bir vaqtda tarix sahnasida Jaloliddin paydo bo’ldi. Buvisi Turkon xotun tomonidan
xokimiyatdan chetlatilgan bo’lsa ham otasi unga alohida muhabbat bilan qarar va
o’zidan uzoqlashib ketishini xohlamas edi. 1220 yil o’zi quvg’inlikda vaqtida
Xorazmshox Sulton o’limi oldidan Jaloliddinni taxt vorisi deb e’lon qilib sultonlikni
unga topshiradi. Shoh shu yili vafot etadi. 
-II- 
Xorazmshox Muhammaddan taxt vorisligi olgan Sulton Jaloliddin Temur Malik
bilan birga 300 ta kishini yig’ib Xurosonga yo’l oladi va butun xayrixohlarni o’z
atrofiga to’plab, Vatanni dushmandan ozod qilishga kirishadi. Nihoyat 1221 yil Sind
daryosi bo’yida uch kunlik hal qiluvchi jang boshlanadi. Chingizxon Jaloliddinni
tiriklayin qo’lga olishga bo’yruq beradi. Jaloliddin qo’shinni yorib chiqib, Sind
daryosi bo’yiga yetib kelishga muvaffaq bo’ladi va oti bilan suvga sakrab, daryoning
narigi beti - Hindiston tomon suzib o’tadi. Tarixchilarning (Rashididdin) yozishicha
Jaloliddinning jasoratiga qoyil qolib, Chingizxon o’z o’g’illariga qarata: «Otaning


faqat shunday o’g’li bo’lishi lozim. U olovli jang maydonidan o’zini qutqarib,
halokatli girdobdan najot qirg’og’iga chiqdimi, undan hali ulug’ ishlar va qiyomatli
isyonlar keladi?» - dedi va uning orqasidan ta’qib etishni ta’qiqladi. Daryoning u
tomoniga o’tib olgan xorazmliklarni mahalliy Hind Shatrani qirib tashlash uchun
yetib keladi. Faqat Jaloliddinning qahramonona xarakati tufayli Shatra o’ldiriladi,
qo’shini orqaga chekinadi. Tez orada Dehli Sultonlari Jaloliddin hoki-miyatini tan
olishadi. 

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling