1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

Mas’udbek (1238-1289) Movarounnahrdagi iqtisodiy yuksalishni savdo-
sotiqning jonlanishiga ancha harakat qildi. U o’zining ta’siri bilan mug’ul ulug’
xokonlari Guyukxon (1246-1248), Manguxon (1251-1260), Olg’uyxon (1261-1266)
larni Movarounnahrga nisbatan tinchlik o’rnatishga ko’ndira bildi. U pul isloxotini
o’tkazdi. Bu esa savdo-sotiq va xujalik ishlarini yuritishda muhim o’rin egalladi. 
Mas’udbek davrida Buxoro, Samarqand, Xujand, Toshkent, Termizda savdo-
sotiq, hunarmandchilik rivojlanib bordi. 
-IV-
Chingizxon bosib olgan xududlarni xayotligidayoq o’g’illariga taqsimlab
bergan edi. Irtish daryosining g’arbiy yerlari, Sirdaryoning quyi oqimi, Xorazmning
shimoli-g’arbi to’ng’ich o’g’li Jo’jiga, Yettisuv, Movarounnaxr yerlari 2 chi o’g’li
Chig’atoyga, G’arbiy Mug’uliston va unga tutash o’lkalar 3 chi o’g’li O’qtoyga
berildi. Kenja o’g’li Tuluy (Tule)ga Shimoliy Mug’ulistonni meros qilib berdi. 
Shunday qilib Yettisuv, Movarounnaxr yerlari Chig’atoyga berilib Chig’atoy
ulusi deb atalardi. 


Mo’g’ul xukmdorlari Movarounnaxrni boshqarishga kirishar ekan, ular xalqdan
ko’plab soliq va o’lponlar olishga harakat qildilar. Bu maqsadlarini amalga oshirishda
ular shu yerlik sotqin, xoinlar xizmatidan ustalik bilan foydalandilar. Ular qatoriga
Mahmud Yalovoch, Xasan Xoja, Ali Xuja, Amidlarni kiritish mumkin. Ular mo’g’ul
xukmdorlari bilan yaqindan hamkorlik qilishgan. Ular mahalliy aholidan quyidagi
soliqlarni olgan. 
1. Kalon yoki yer solig’i. 
2. Qopchur - chorvachilik va mol boshidan olinadigan soliq. 
3. Targ’u - hunarmandlar va savdogarlardan olinadigan soliq. 
Mo’g’ullar, batamom huquqsiz qullar mehnatidan ham foydalanishar edi. Ular
xukmronligi davrida yer egaligi xolati o’zgarib mo’g’ulcha suyurg’ol nomini olgan.
Bu davrda davlatmulk (xususiy yerlar), vaqf (diniy idoralar ixtiyoridagi) yerlarda
ko’pincha chorvakor dehqonlar mehnat qilishgan. Bir qismi ijarador o’rta hol
dehqonlarga berilgan. Movarounnahr xududlarida yuz bergan o’zgarishlarda
Chig’atoy ulusi tashabbusi bilan mo’g’ul shaxzodalarining 1269 yilda Talas
vodiysida qurultoyi bo’lib o’tdi. Qurultoyda mo’g’ul xonlari, aslzodalariga qayerda
yashashlaridan qat’iy nazar, maxalliy aholi xayotiga, turmush tarziga aralashmaslik,
belgilab quyilgan soliq, to’lovlar bilan qanoatlanish, ekin maydonlarini payxon
qilmaslik majburiyatini yukladi. Ularni Movarounnahr yerlariga ko’chib, asta-sekin
o’troq hayotga o’ta boshlashga da’vat etdi. XIII asrning ikkinchi yarmiga kelib
mug’ullarning mahalliy aholiga nisbatan munosabatlari keskin o’zgarib bordi. 
Bunday xolat turkiy urug’-qavmlarning Movarounnaxrga kelib joyla-shishiga
sabab bo’ldi. XIV asrdan boshlab Chig’atoy ulusida mug’ul xonlari boshqaruvida
muhim o’zgarishlar bo’ldi, Chig’atoy xonlaridan biri Kebekxon (1309, 1318-1326)
Movarounnaxrga ko’chib kelib qarorgohini Nasaf shahri yonida barpo etdi.
Keyinchilik bu saroy o’rnida Qarshi shahri yuzaga keldi. Kebekxonning ukasi

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling