1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


muhassil (soliq undiruvchi), tavochi


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

muhassil (soliq undiruvchi), tavochi (asosiy qo’shinlarni to’plash ishiga mutasaddi
amaldor), qorovulbegi, muhtasib (shariat qoidalari ijrosini, bozor tartiblarini nazorat
qiluvchi) va boshqalar bo’lgan.
Amir Temur davlatni boshqarishda qurultoy va kengashlar o’tkazishga alohida
e’tibo qaratgan. Ularda mamlakatning iqtisodiy va siyosiy ahvoliga oid masalalar
muhokama etilib, qarorlar qabul etilgan va tadbirlar belgilangan.
Mamlakatning iqtisodiy hayotida dehqonchilik asosiy o’rin tutgan. Shu bois
Amir Temur va temuriylar dehqonchilikning bosh omili bo’lgan sug’orish ishlariga katta
ahamiyat berishgan. Movarounnahr va Xurosonda yirik sug’orish tarmoqlari qazilib, suv
omborlari va hovuzlar barpo etilib, suv tanqis viloyat va vohalar, shahar, qishloqlarning
suv ta’minoti yaxshilangan.
Amir Temur va temuriylar davrida mulkchilik munosabatlari yanada
takomillashgan. Mulkning, asosan, 4 shakli: “mulki devon” (davlat yerlari), “mulk
(xususiy yerlar), “mulki vaqf” (madrasa va masjidlar tasarrufidagi yerlar) va “jamoa
yerlari” bo’lgan. Yerlarning katta qismi davlat mulki hisoblangan, ularni “suyurg’ol
yoki “tarxon” tarzida in’om qilish keng tarqalgan. Suyurg’ol yorlig’iga ega bo’lgan
viloyat hukmdorlari markaziy hokimiyatga nomigagina qaram bo’lib, odatda, ular deyarli
mustaqil bo’lishgan. Tarxonlik yorlig’ini olgan mulkdorlar barcha soliq, to’lov va
majburiyatlaridan ozod etilgan. Tarxonlik amirlar, beklar, saroy amaldorlari, sayyidlar va
boshqa yuqori tabaqa vakillariga berilgan.
Temuriylar davrida soliqning aasosiy turi “xiroj” bo’lgan. Xiroj yer solig’i
sifatida yilda ikki marotaba yig’ib olingan. Olingan hosilga qarab mahsulot yoki pul
holida qat’iy belgilangan miqdor hajmida soliq to’plash talab etilgan. Sug’orma


dehqonchilik yerlardan “mol” solig’i olingan. Mulk yerlarining bir qismi “ushr”
miqdorida soliq to’lagan. Tanobona solig’i bog’lardan olingan. Amalda jon solig’i,

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling