1839, 1841 va 1858 yillarda Qo’qon xonligiga bostirib kelib, aholini qirg’in qildi va
boyliklarini taladi. 1842 va 1843 yillarda Buxoro bilan Xiva xonliklari o’rtasida harbiy
to’qnashuvlar bo’ldi.
-V-
1. Xiva xonligi. 1505 yilda Temuriylar tasarrufida bo’lgan Xorazm hududi ham
Shayboniyxon tomonidan bosib olindi. Shayboniyxon vafotidan keyin Xorazm Eron
safaviylari qo’l ostida o’tgan. Xorazmda Eron shohi Ismoilshoh hukmronligi uzoqqa
bormadi. Xorazmda Ismoilshoh hukmronligiga qarshi harakat boshlangan. Xorazmliklar
ikki yil deganda eroniylarni o’z yurtidan haydab chiqaradilar.
Hukmdorlarni Dashti Qipchoq vakillariga almashtirish jarayonida xorazmliklar
Jo’ji avlodidan bo’lgan Berka sultonning o’g’li Elbarsni 1511 yili Vazir shahriga
(Ko’hna Urganch yaqinida) taklif qildilar. Elbars o’z ukasi Beybars bilan Xorazmda
kelayotganini eshitgan aholi eroniylarga qarshi qo’zg’olon ko’tarib ularni butunlay qirib
tashlashdi va 1511 yil Vazir shahrini egallagan shayboniylardan Elbars Xorazm
hukmdori deb tan olindi. Ushbu sana tarixchi olimlar tomonidan Xiva xonligining
tashkil topishi deb baho beriladi. 1512 yilda Xorazm mustaqil davlatga aylandi. Aynan
shu davlat zaminida Xiva xonligi shakllandi. 1920 yilgacha faoliyat ko’rsatgan Xiva
xonligi taxtida asosan ikki sulola vakillari: 1511-1770 yillar orasida Arabshoh naslidan
tarqagan shayboniylar sulolasi, 1770-1920 yillarda esa qo’ng’irotlar sulolasi o’tirgan.
Elbarsxon davridayoq (1512-1516) Xorazm davlati zaminida bo’lajak Xiva
xonligining siyosiy geografiyasi shakllandi. Zero, bu paytda u g’arbda Kaspiy dengizi,
shimolda Orol dengizi havzasi, janubda Atrek daryosi va Saraxs atrofigacha bo’lgan
hududni o’z ichiga olgandi.
Poytaxt dastlab Vazir shahri, so’ngra – Ko’hna Urganch edi. XVI asr oxiri –
Do'stlaringiz bilan baham: |